Mavzu: Qovunni zararkunandalardan himoya qilish choralari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 42.85 Kb.
bet9/10
Sana08.03.2023
Hajmi42.85 Kb.
#1250950
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Qovundi zararkunandalardan himoya qilish choralari 111

Hosilni yig‘ish. Shirinligi tilni yoradigan qovunni pishib-yetilganlarini tanlab olinib, palagidan uziladi. Qovun hosili odatda bir mavsumda ikki-uch marta yig‘ib olinadi. Kech muddatda ekilgan kechki navlar esa bir marta yig‘ishtiriladi. Ushbu hosilni uzoq muddat saqlash uchun, dalada uzilgandan keyin 3-4 kun quyoshda toblab, so‘ngra omborxonalarga joylanadi. Har 15-20 kunda mahsulotlar holati qarab boriladi.
Urug‘i va ko‘chatidan yetishtirish. Tarvuzdan mo‘l va sifatli hosil olish uchun, navdorligi 99% va unuvchanligi 90-95% dan kam bo‘lmagan urug‘lar ekiladi. Urug‘larning unib chiqishini tezlashtirish va 100 foiz natijaga erishish uchun ekish oldidan mis kuporosi 0,5-1,0% li eritmasida 1 soat davomida ivitib olinadi.
Tarvuzni parvarishlash. Ushbu poliz ekinini parvarishlash o‘simliklarni yaganalash, tuproqni yumshatish, ekinni oziqlantirish, chopiq qilish, sug‘orish, palaklarni to‘g‘rilash, begona o‘tlar va zararkunandalarga qarshi kurashishdan iborat.
Ertaki tarvuz mahsulotlarini tuproqni mulchalash, ekinni ko‘chatdan ekish, vaqtinchalik plyonka-yopqich ostida ko‘chatidan va urug‘idan mulchalab ekish, himoyalangan isitiladigan va isitilmaydigan issiqxonalarda yetishtirish kabi usullar yordamida yetishtiriladi.Tarvuz qurg‘oqchilikka juda chidamli bo‘lishiga qaramay, respublika sharoitida uni sug‘orib, parvarishlash kerak. Biroq haddan tashqari sernam tuproq tarvuz ekiniga salbiy taʼsir etadi. Sernam tuproqda mevadagi qand moddasi kamayadi, po‘sti qalinlashadi, har xil zamburug‘ kasalliklariga, jumladan, fuzarioz-so‘lish kasaliga chalinadi.
Navlari. Davlatimizda tarvuzning bir nechta navlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasi Davlat reyestrida tarvuzning 47 ta navlari hududlashtirilgan. Shulardan 15 ta mahalliy, qolgani chet el navlaridir. “Dilnoz”, “Manzur”, “Qo‘ziboy-30”, “Hayit Qora”, “Shirin Sharq neʼmati” kabi navlar mahalliy hisoblanadi.
Hosilni yig‘ishtirish. Birinchi hosil iyun oyining uchinchi dekadasida, ikkinchi hosil iyun oyining birinchi yarmida va uchinchisi may oyining uchinchi o‘n kunligida olinadi. Takroriy muddatda ekilgan tarvuz sentyabr oyining uchinchi o‘n kunligida yetiladi va yoppasiga terib olinadi. Albatta, tarvuzni pishib yetilish davri ob-havo, tuproq sharoiti, ekish muddatlari, navlarning erta yoki o‘rtapisharligiga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin.

Download 42.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling