Mavzu: Qurilish gipsi Reja: Gips turlarini ishlab chiqarish texnologiyasi Ularning xossalari va xususiyatlari


Download 20.87 Kb.
bet1/4
Sana11.10.2023
Hajmi20.87 Kb.
#1698284
  1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu.docxC


Mavzu: Qurilish gipsi
Reja:
1. Gips turlarini ishlab chiqarish texnologiyasi
2. Ularning xossalari va xususiyatlari
3. Aylanma pechlarda gips ishlab chiqarish.

Qurilish gipsi, Umumiy ma'lumotlar.
Qurilish gipsi - bog‘lovchi modda tarkibi -yarim suvli gipsdan iborat. Uni tabiiy gipsni kuydirib mayda kukun holatgacha tuyib olinadi. Qurilish gips issiqlik uskunalarda kuydiriladi va kristallangan suv bug‘ ko‘rinishida CaSO4∙2H2O dan ajraladi va asosan -yarim gidrat quyidagi reaksiya bo‘yicha xosil bo‘ladi. \ CaSO4∙2H2O =CaSO4∙0,5H2O+1,5H2O
Qurilish gipsni ishlab chiqarish.
Ishlab chiqarish jarayoni asosan gipsni un xoliga keltirish va gipstoshni suvsizlashtirishdan iborat. Gips toshni suvsizlantirish pishirish qozonlarida, aylanma, shaxta pechlarida, bug‘latgich asboblarida va boshqa uskunalarda amalga oshiriladi. Shaxta pechlarga gipstoshi 70-300mm o‘lchamda uzatiladi, aylanma pechlarga 10-35 mm o‘lchamda, bug‘latuvchi asboblarga gipstosh 400 mm bo‘lgan bo‘laklarda beriladi. Gipstosh lunjli, konusli, bolg‘ali maydalagichlarda maydalanadi va shaxta, aerobil sharli tegirmonida un xolatiga keltiriladi. Kuydirilgan moddani asosan sharli va zarbali tegirmonda maydalanadi. Quritilgan gips oson maydalanadi va kam elektr quvvat sarflanadi. Qurilish gipsni ishlab chiqarish asosiy usullari uch guruxga bo‘linadi:
1. Xom-ashyo oldindan quritiladi, maydalanadi, kukun xolatigacha, so‘ng gips pishirish qozonlarida suvsizlantiriladi.
2. Quritish, maydalash, kuydirish jarayonlarini birlashtirib ishlab chiqarish.
3. Gipstoshini xar xil o‘lchamdagi zarrachalarini shaxta aylanma va boshqa pecharda kuydirish.
Qurilish gipsni aylanma pechlarda kuydirish.
Aylanma pechlarda gipsni kuydirish uchun to‘g‘ri va qarshi oqimdan foydalaniladi. Birinchi usulda gipstosh kuydirish boshlanishida yuqori xaroratga uchratiladi. (950-10000C), ikkinchi usul, ya'ni qarshi tokda esa kuydirish oxirida (750-8000C) xarorat boriladi. Pechdan chiqqan moddani tindirish bunkeriga yuborish yoki tuyish maqsadga muvofiqdir. Un kabi maydalash gipsning xossasini yaxshilaydi, chunki oxirgi maxsulotning sifati qolgan ikki gidratning suvsizlantirish xisobiga yaxshilanishi tezroq boradi. Yuqori sifatli qurilish gipsi olish uchun aylanma barabanlarda bir xil o‘lchamdagi zarrachali maydalangan gips tosh kuydirilishi kerak. Gips ishlab chikarishni texnologik jarayoni uzluksiz bo‘lgani uchun uni avtomatik boshqarish mumkin. Aylanma pechlarda olingan gipsni suvga talabchanligi kam (48-55%) bo‘ladi va quyidagi sxema bo‘yicha o‘tadi
Quydirilgan gips №02 li elakda qoldig‘i 10-12% qolguncha sharli tegirmonda maydalanadi. Qurilish gipsi dumaloq diametri 6-10m li saqlanadi.

Download 20.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling