Mavzu: qurilish konstruksiyalarini hisoblash va loyihalash tartibi


Download 275.45 Kb.
bet2/4
Sana05.05.2023
Hajmi275.45 Kb.
#1432097
1   2   3   4
QURILISH KONSTRUKSIYALARIGA
QO‘YILADIGAN TALABLAR

Qurilish konstruksiyalari ularga qo‘yiladigan funksional, texnik, iqtisodiy, estetik va boshqa talablarni hisobga olgan holda loyihalanadi.


Funksional talablarga ko‘ra har bir konstruksiya qanday maqsadga mo‘ljallangan bo‘lsa, shunga mos bo‘lishi hamda bino yoki inshootda bajarilayotgan texnologik jarayonlarning qulay va xavfsiz bo‘lishini ta’minlashi lozim.

TEXNIK TALABLAR
Konstruksiyaning zarur mustahkamligi, bikrligi 9 va uzoqqa chidashini ta’minlashga qaratiladi. Qurilish konstruksiyalariga qo‘yiladigan muhim talablarga tayyorlash va ishlatishdagi tejamliligi, industrialligi va texnologiyabopligi kiradi. Zavodlarda tayyorlangan elementlardan iborat yig‘ma konstruksiyalar bu talablarni to‘liq qanoatlantiradi.
Iqtisodiy talablar konstruksiya materiali, uning tipi (masalan, fermalar yoki to‘sinlar) va asosiy o‘lchamlari (masalan, to‘sin balandligi va eni) ni tanlashga katta ta’sir ko‘rsatadi.
Konstruktiv yechimlar konstruksiyalarni muayyan shartsharoit-larda ishlatishning texnik-iqtisodiy jihatdan maqsadga muv-ofiqligiga asoslangan holda, material va energiya sarfini, shuningdek, sermehnatligini hamda qurilish obyekti narxini maksimal darajada kamaytirishni hisobga olgan holda tanlangan bo‘lishi kerak. Bunga quyidagilarni amalga oshirish orqali erishish mumkin:samarali qurilish materiallari va konstruksiyalaridan foydalanish; - konstruksiyalarning massasini kamaytirish; - materiallarning fizik-mexanik xususiyatlaridan to‘liq foydalanish; - mahalliy qurilish materiallarini ishlatish; - asosiy qurilish materiallarini tejamkorlik bilan sarf qilishga oid tegishli talablarga rioya qilish. Loyihalashda yechimlarning bir necha variantlari tuzilib, ularda konstruksiyalarni tayyorlash va qurishdagi materiallar, energiya, mehnat sarfi, qurilish narxi va muddatlariga oid ko‘rsatkichlar aniqlanadi; konstruksiyaning me’moriy ko‘rkamligi ham e’tiborga olinadi. Variantlarni taqqoslash orqali eng maqbul yechim tanlab olinadi.
Konstruksiyalarning tejamliligi ularga qo‘yiladigan asosiy talablardan biri hisoblanadi.
Tejamlilik – materiallar sarfi va tannarxi, konstruksiyalarni tayyorlash, qurilish maydoniga tashib keltirish, montaj qilish va ulardan foydalanishdagi xarajatlarga bog‘liq bo‘ladi.



Download 275.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling