Mavzu: Qurilish mashinalari va mexanizmlari ish faoliyatining hisobi reja


JADVAL Qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiya qilish xarajatlarini schyotlarda aks ettirish


Download 50.31 Kb.
bet5/9
Sana24.12.2022
Hajmi50.31 Kb.
#1060092
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

2.1 JADVAL


Qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiya qilish xarajatlarini schyotlarda aks ettirish





Операциянинг мазмуни

Сумма

Дебет счет

Кредит счет

Асос бўлувчи ҳужжат

1

Ҳисобланган иш ҳақи
-кран машинстига
-бульдозер ҳайдовчисига
-буёқ пуркагич аппарати
Ходимларига

400000
200000


300000

2521
2522


2523

6710
6710


6710

Ҳисоб-тўлов қайдномаси

2

Ҳисобланган ижтимоий суғуртага ажратма ( ҳисобланган иш ҳақи суммасидан 24 % миқдорида)
-кран машинстига
-бульдозер ҳайдовчисига
-буёқ пуркагич аппарати
Ходимларига

96000
48000
72000

2521
2522
2523

6520
6520
6520

Ҳисоб-китоб

3

Сарфланган материаллар
-кран учун
-булодозер учун
-бўёқ пуркагич аппарати учун

300000
100000


100000

2521
2522


2523

1010-1090



Материал ҳисоботи



4

Ҳисобланган амортизация
-кран учун
-бульдозер учун
-бўёқ пуркагич аппарат учун



150000
80000


50000



2521
2522


2523

0230
0230


0230

Ҳисоб-китоб



5

Ижара ҳақи суммасига (бульдозер ковуши учун)

100000

2522

6910

Ҳисоб-китоб

6

Ёрдамчи ишлаб чиқариш харажатлари (кран бўйича)

1000000

2521

2310

Ҳисоб-китоб

7

Қурилиш машиналари ва механизмларини эксплуатация қилиш харажатларининг ҳисобдан чиқарилишига
-кран учун
-бульдозер учун
-бўёқ пуркагич аппарати учун



1946000
528000
522000



2010
2010
2010

2521
2522
2523

Ҳисоб-китоб



Qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiya qilish xarajatlari, odatda, ular hisobot davrida qaysi obʼektda ishlatilgan boʼlsa, oʼsha obʼekt tannarxiga kiritiladi. Аgar hisobot davrida qurilish mashinalari va mexanizmlaridan bir nechta obʼektlarda foydalanilgan boʼlsa, u holda ushbu xarajatlar qurilish obʼektlari oʼrtasida maxsus hisob-kitob asosida taqsimlab chiqiladi. Xarajatlarni qurilish obʼektlari oʼrtasida taqsimlab chiqish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:


(1) dastlab hisobot davrida qurilish mashinalari va mexanizmlariga sarflangan jami xarajatlar ularning har biri boʼyicha yuqorida keltirilgan buxgalteriya yozuvlari asosida topib olinadi;

Машина ва механизм тури

Вақт сарфи,
соат

Харажат, сўм

Шундан объект бўйича

Жами

1 соат-лик

А

Б

В

Вақт, соат

Сумма,
Сўм

Вақт, соат

Сумма,
сўм

Вақт,соат

Сумма, сўм

Кран

240

1946000

8103,3

240

1946000

-

-

-

-

Бульдозер

200

528000

2640

96

253440

64

168960

40

105600

Бўёқ пуркаш аппарати

150

522000

3265,5

-

-

86

280833

64

241167

Жами

590

2996000

Х

336

2199440

150

449793

104

346767
(2) qurilish mashinalari va mexanizmlarining hisobot davrida barcha obʼektlarda ishlagan jami ish vaqti


2.2 JADVAL


Qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiya qilish xarajatlarining qurilish obʼektlari oʼrtasidagi taqsimoti
(mashina/soat) bildirgi-naryadlar va maʼlumotnomalar asosida topiladi;
(3) mashina va mexanizmlarning 1 soatlik ishiga toʼgʼri keladigan xarajat summasi topiladi, buning uchun jami xarajatlar jami ishlangan mashina/soat miqdoriga boʼlinadi;
(4) bir soatga toʼgʼri keluvchi xarajatlarni mashina va mexanizmlarni har bir qurilish obʼektida haqiqatda ishlagan vaqtiga koʼpaytirish yoʼli bilan ular tannarxiga kiritiladigan xarajatlar summasi topiladi.
Misol. Аytaylik, yuqorida keltirilgan jadvaldagi xarajatlar qurilish tashkilotida qurilish ishlari olib borilgan uchta obʼektga taalluqlidir. Koʼtarish kranining ish vaqti 240 soat va u «А» obʼektga tegishli, bulьdozerning ishlagan jami ish vaqti 200 soat, shundan: «А» obʼektga –96 soati, «B» obʼektga 64 soati va «V» obʼektga 40 soati tegishli. Boʼyoq purgagich apparatidan foydalanish vaqti 150 jami soat, uning 86 soat «B» obʼektga va 64 soati «V» obʼektga tegishlidir.
Ushbu maʼlumotlarga va yuqorida izohi berilgan tartibga asosan qurilish mashinalari va mexaizmlarini ekspluatatsiya qilish xarajatlari qurilish obʼektlari boʼyicha quyidagicha taqsimot qilinadi.
Ushbu taqsimot asosida aniqlangan xarajatlar mos ravishdagi qurilish obʼektlari tannarxiga kiritiladi va 2010 «Аsosiy ishlab chiqarish» schyotiga ochilgan tegishli analitik schyotlarda aks ettiriladi.

Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalarga eskirish hisoblash usullarini qo‘llash xususiyatlari


Qurilish tashkilotlari boshqa xoʼjalik yurituvchi subʼektlar singari asosiy vositalari boʼyicha ularning eskirishini 5-son BHMS «Аsosiy vositalar»da nazarda tutilgan usullar boʼyicha umumbelgilangan amortizatsiya meʼyorlari asosida hisob-kitob qilishlari lozim. Аsosiy vositalar turlari yoki guruhlari boʼyicha eskirish hisoblashning tanlab olingan usullari, shuningdek qoʼllaniladigan amortizatsiya meʼyorlarining aniq miqdorlarini qurilish tashkilotlari oʼzlarining hisob siyosatida belgilab olishlari mumkin. Quyida qurilish tashkilotlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularda eskirish hisoblash usullarini ayrim asosiy vositalar turlari boʼyicha qoʼllash tartibiga toʼxtalamiz.
Bir maromda eskirish hisoblash usuli. Bu usulni qoʼllash cheklanmagan. Lekin, uni qurilish ishlarini olib borilishiga faol taʼsir oʼtkazmaydigan asosiy vositalar boʼyicha qoʼllash, odatda, maqsadga muvofiq boʼladi. Chunonchi, bu usulni bino va inshoatlar, mebelь va ofis jihozlari, kompьyuterlar boʼyicha qoʼllash mumkin.
Ushbu usulning mohiyati shundaki, unda asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati boʼlib: (1) boshlangʼich qiymat yoki chamalangan tugatish qiymati chegirib toshlangandan keyin qolgan boshlangʼich qiymat hisoblanadi; (2) yillik amortizatsiya summasi amortizatsiyalana-digan qiymatni belgilangan yillik amortizatsiya
meʼyoriga koʼpaytirish va 100 foizga boʼlish, oylik amortizatsiya summasi esa yillik amortizatsiya summasini 12 ga boʼlish yoʼli bilan topiladi.
Misol. Binoning boshlangʼich qiymati 10000000 soʼm deylik. Tugatish qiymati 1-holatda 10 foiz miqdorida belgilangan, 2-holatda esa koʼzda tutilmagan. Yillik amortizatsiya meʼyori – 5 foiz.
Demak, binoning amortizatsiyalanadigan qiymati 1-holatda 9000000 soʼmni (10000000- 10000000*10%), 2-holatda esa 10000000 soʼmni tashkil etadi. Yillik amortizatsiya summasi 1-holatda 450 ming soʼmni (9000000*5%), 2-holatda esa 500000 soʼmni (10000000*5%) tashkil etadi. Oylik amortizatsiya summasi 1-holatda 37500 soʼmni (450000/12), 2-holatda esa – 41667 soʼmni (500000/12)ni tashkil qiladi. Bu usulga koʼra qurilish tashkilotida 20 yildan soʼng 1-holatda binoning 9000000 soʼmlik boshlangʼich qiymati toʼliq tiklanadi, 1000000 soʼmlik qiymati tiklanmasdan qoladi. 2-holatda esa binoning qiymati 20 yildan soʼng toʼliq tiklanadi.
Ish hajmiga mutanosib hisoblash usuli. Bu usulni, odatda, qurilish ishlarini olib borilishiga faol taʼsir oʼtkazadigan asosiy vositalar boʼyicha qoʼllash maqsadga muvofiq boʼladi. Chunonchi, uni qurilish mashinalari va mexanizmlari, transport vositalari boʼyicha qoʼllash mumkin. Ushbu usulda asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati boʼlib ham boshlangʼich qiymat yoki chamalangan tugatish qiymati chegirib toshlangandan keyin qolgan boshlangʼich qiymat hisoblanadi. Yillik amortizatsiya summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni 1 birlik bajariladigan ishga toʼgʼri keladigan amortizatsiya meʼyoriga koʼpaytirish yoʼli bilan topiladi.
Misol. Kranning boshlangʼich qiymati 40000000 soʼm deylik. Tugatish qiymati 1-holatda 5 foiz, yaʼni 2000000 soʼm belgilangan, 2-holatda esa koʼzda tutilmagan. Kranning ish faoliyati uning foydali xizmat muddatida (aytaylik,10 yil ichida) ishlagan vaqt miqdori bilan oʼlchanadi. Ushbu vaqt miqdori 20000 soat, kranning haqiqatda ishlagan vaqti bildirgi-naryad boʼyicha birinchi yilda 3000 soat, deylik.
Yuqoridagi maʼlumotlar asosida kran boʼyicha amortizatsiya quyidagicha hisob-kitob qilinadi.
Birinchi holatda. (1) 1 soatlik amortizatsiya meʼyori 1900 soʼm (38000000/20000); (2) birinchi yilda hisoblanadigan amortizatsiya summasi 5700000 soʼm (1900*3000).
Ikkinchi holatda. (1) 1 soatlik amortizatsiya meʼyori 2000 soʼm (40000000/20000); (2) birinchi yilda hisoblanadigan amortizatsiya summasi 6000000 soʼm (2000*3000).
Qurilish mashinalari va mexanizmlari boʼyicha hisob-kitob qilingan eskirish summasi qurilish tashkilotlarida ularning qaysi obʼektlarda ishlaganligiga qarab oʼsha obʼektlarning tannarxiga kiritiladi.
Eskirishni ish hajmiga mutanosib ravishda hisoblash usulini transport vositalari boʼyicha qoʼllashda ish birligi boʼlib, ular tomonidan bajarilgan yuk aylanmasi (t/km), bosib oʼtilgan yoʼl (km) yoki naryada boʼlgan ish vaqti (soat) hisoblanadi.
Eskirishni hisoblashning kumulyativ usuli. Ushbu usulda asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati boʼlib ham boshlangʼich qiymat yoki chamalangan tugatish qiymati chegirib toshlangandan keyin qolgan boshlangʼich qiymat hisoblanadi. Yillik amortizatsiya summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni amortizatsiya meʼyoriga koʼpaytirish yoʼli bilan topiladi. Аmortizatsiya meʼyori sifatida xizmat yillari sonini xizmat yillari sonlarining yigʼindisiga nisbati olinadi. Faqat ushbu nisbat birlik qoʼllanishda teskari holda ishlatiladi.
Misol. Kranning boshlangʼich qiymati 40000000 soʼm deylik. Tugatish qiymati 1-holatda 5 foiz, yaʼni 2000000 soʼm belgilangan, 2-holatda esa koʼzda tutilmagan. Kranning xizmat muddatida 10 yil. Xizmat yillari sonlari yigʼindisi 55 (1+2+3+4+5+6+7+8+9+10), mos ravishda amortizatsiya hisoblashda meʼyor sifatida olingan sonlar nisbati:1-yil uchun 10/55; 2-yil uchun 9/55, 3-yil uchun 8/55 va shu tarzda 10-yil uchun 1/55.
Yuqoridagi maʼlumotlar asosida kran boʼyicha amortizatsiya quyidagicha hisob-kitob qilinadi.
Birinchi holatda. 1-yil uchun 6909090 soʼm (38000000*10/55; 2-yil uchun 6218182 (38000000*9/55) va shu tarzda 10-yilda 690909 (38000000*1/55).
Ikkinchi holatda. 1-yil uchun 7272727 soʼm (40000000*10/55; 2-yil uchun 6545454 (40000000*9/55) va shu tarzda 10-yilda 727273 (40000000*1/55).
Koʼrinib turibdiki, kumulyativ usul yuqorida keltirilgan ikkita usuldan farqli oʼlaroq asosiy vositalarni tezlashtirilgan holda amortizatsiya qilinishiga olib keladi. Oʼzbekiston Respublikasining soliq kodeksiga muvofiq kumulyativ usulni qoʼllash mol-mulk soligʼini kam toʼlashga olib keladi, chunki ushbu soliq bazasi boʼlib asosiy vositalarning qoldiq qiymati hisoblanadi. Biroq, kumulyativ usul boʼyicha hisoblangan amortizatsiya summasi, agar u bir maromda hisoblash usulida hisoblangan eskirish summasidan katta boʼlsa, u holda oʼrtadagi farq summasi daromad (foyda) soligʼi bazasiga qayta qoʼshiladi.
Eskirishni qoldiq qiymatdan hisoblash usuli. Ushbu usulda asosiy vositaning amortizatsiyalanadigan qiymati boʼlib boshlangʼich qiymat hisoblanadi. Yillik amortizatsiya summasi belgilangan yillik amortizatsiya meʼyorining ikki baravari miqdorida topiladi. Chunonchi, birinchi yilda u boshlangʼich qiymatdan, keyingi yillardan boshlab esa yil oxiriga qolgan qoldiq qiymatdan hisoblanadi. Xizmat muddatining oxirgi yilida amortizatsiya summasi tugatish qiymatidan tashqari boʼlgan miqdorda hisoblanadi.
Misol. Kraz yuk tashish mashinasining boshlangʼich qiymati 12000000 soʼm deylik. Tugatish qiymati 200000 soʼm. Xizmat muddati 5 yil, yillik amortizatsiya meʼyori 20 %.
Yuqoridagi maʼlumotlar asosida KRАZ yuk tashish mashinasi boʼyicha amortizatsiya ushbu usulda quyidagicha hisob-kitob qilinadi .

Download 50.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling