Mavzu: Qurilish mashinalari va mexanizmlari ish faoliyatining hisobi reja


JADVAL 20__ yil ___________ oyi uchun amortizatsiya ajratmalarini qurilish obʼektlari oʼrtasida taqsimlash hisob-kitobi


Download 50.31 Kb.
bet7/9
Sana24.12.2022
Hajmi50.31 Kb.
#1060092
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

2.4 JADVAL


20__ yil ___________ oyi uchun amortizatsiya ajratmalarini qurilish obʼektlari oʼrtasida taqsimlash hisob-kitobi





Асосий воситалар гуруҳи

Жами
амортиза-ция
суммаси

Шу жумладан объектлар бўйича

А

Б

В

%

Сумма

%

сумма

%

сумма

1

Бино ва иншоатлар

200000

15

30000

25

50000

60

120000

2

Машина ва асбоб-ускуналар

600000

100

600000

-

-

-

-

3

Юк ташиш транспортлари

300000

10

30000

30

90000

60

180000

4

Автобуслар

150000

20

30000

40

60000

40

60000

5

Бошқа асосий воситалар

400000

5

20000

80

320000

15

60000




Жами

1650000




710000




520000




420000

Yuqorida keltirilgan taqsimot asosida aniqlangan amortizatsiya xarajatlari mos ravishdagi qurilish obʼektlari tannarxiga kiritiladi va 2010 «Аsosiy ishlab chiqarish» schyotiga ochilgan analitik schyotlarda aks ettiriladi.



XULOSA.
Qurilish tashkilotlarida maxsus mashina va mexanizmlar ish faoliyatini alohida hisobga olib borishning obʼektiv va subʼektiv sabablari mavjud. Ularning asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin:
birinchidan, maxsus qurilish mashina va mexanizmlarining qimmat turishi ulardan unumli va samarali foydalanish talabini qoʼyadi;
ikkinchidan, qurilish mashina va mexanizmlaridan qurilish ishlarini bajarishda faqat tegishli bosqichlarda va maqsadlarda ishlatilishi ular ish faoliyatini har bir qurilish obʼekti boʼyicha hisobini olib borishni taqozo etadi;
Qurilish tashkilotlari asosiy vositalarini boshqa belgilari boʼyicha ham tasniflash mumkin. Chunonchi, soliq solishga munosabatiga koʼra ular mol-mulk soligʼiga tortiladigan va mol-mulk soligʼiga tortilmaydigan asosiy vositalarga ajratiladi. Аmortizatsiya qilinishiga koʼra ular Soliq kodeksida belgilangan turli meʼyorlar boʼyicha eskirishi hisoblanadigan va mos ravishda turli muddatlarda (5 yildan 20 yilgacha) xizmat koʼrsatadigan asosiy vositalarga boʼlinadi. Qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarni belgilangan muddatlarda tugatilishi va buyurtmachilarga topshirilishida muhim omillardan biri boʼlib qurilish tashkilotlarida turli xildagi hamda tegishli miqdordagi materiallarning mavjudligi hisoblanadi. Ularga qurilish materiallari, yoqilgʼi, moylash materiallari, xoʼjalik inventarlari va boshqalar kiradi.
Qurilish tashkilotlarining moddiy taʼminot boʼlimlari materiallarni oʼz vaqtida va kerakli miqdorda kelib tushishini taʼminlashlari, moddiy javobgar shaxslar esa ularning butligini va sifatini buzmasdan saqlashlari hamda qurilish maydonchalariga talab qilingan muddatlarda va miqdorlarda yetkazib berishlari lozim.
Qurilish tashkiloti buxgalteriyasiga materiallarning holati va harakati ustidan uzliksiz nazoratni olib borish, ularni toʼgʼri va oʼz vaqtida tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilganligini taʼminlash, bu boyliklarning sintetik va analitik hisobini yuritish, ular toʼgʼrisidagi axborotlarni foydalanuvchilarga oʼz vaqtida berish kabi muhim vazifalar yuklatiladi.
Qurilish tashkilotlarida foydalaniladigan materiallarni turli belgilari boʼyicha tasniflash va tavsiflash mumkin. Materiallar hisobini toʼgʼri yuritishda, ayniqsa, ularni quyidagi belgilari boʼyicha tasniflash muhim ahamiyat kasb etadi. Qurilish tashkilotida kelib tushgan materiallar rahbarning farmoyishiga koʼra omborlarga yoki bevosita qurilish maydonchalaridagi maxsus joylarga miqdor va sifat jihatdan qabul qilinadi. Tashib keltirishda turli qoʼshimcha xarajatlar qilingan materiallar boʼyicha qurilish tashkiloti buxgalteriyasi maxsus «Kirim dalolatnomasi»ni tuzadi. Ushbu hujjat materiallarni sotib olish qiymati (tannarxi) boʼyicha hisobga olish uchun asos boʼladi.
Omborlardan materiallar qurilish maydonchalariga talabnomalar, ichki naklodnoylar, limit-zabor qaydnomalari asosida beriladi. Bu hujjatlar ikki nusxada tuziladi hamda masʼul xodimlar (bosh injener, hisobchi), shuningdek materiallarni bergan va olgan moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi.
Qurilish maydonchalarida omborlardan olingan materiallar uchun moddiy javobgar shaxslar boʼlib masterlar, prorablar yoki brigadirlar hisoblanadi. Ushbu moddiy javobgar shaxslar boʼynidagi materiallarning qurilish ishlariga sarflanishi maxsus hisobot (M-29 shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Ishlatilmagan materiallar qurilish maydonchalaridan omborlarga ichki nakladnoylar bilan qaytariladi


Download 50.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling