Mavzu: Qurilish mashinalari va mexanizmlari ish faoliyatining hisobi reja


Download 50.31 Kb.
bet3/9
Sana24.12.2022
Hajmi50.31 Kb.
#1060092
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

Т/р

Ҳужжат

Операция мазмуни

Сумма



Корр. Счётлар



Сана

Дт

Кт

1

2

5.01.07

Минск заводи, машина қиймати

18000000

0820

6010

2

36

15.01.07

Божхона тўловлари

4200000

0820

6990

3

6

15.01.07

А.Хайдаровнинг аванс ҳисоботи

800000

0820

6970

4

41

15.01.07

«Рауф» брокерлик контораси

200000

0820

6990

5

25

15.01.07

Самарқанд темир йўл узели

600000

0820

6990

6

12

15.01.07

Автойўл

1200000

0820

6990

7

26

15.01.07

Самарқанд ДАН

50000

0820

6990










Жами

25050000

0130

0820

Ushbu hisob-kitob sotib olingan asosiy vositalarni boshlangʼich qiymati boʼyicha kirim qilinishiga, ular boʼyicha inventar kartochkalarni yuritishga, shuningdek mehnat qurollari va vositalarini joriy hisob registrlari hamda hisobotlarda aks ettirishga asos boʼladi.
Qurilish tashkilotlari boshqa xoʼjalik yurituvchi subʼektlar singari asosiy vositalarning sintetik va analitik hisobini respublikamizning qonunlari va qonun osti hujjatlari asosida olib borishlari lozim.
21-son BHMS «Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar moliyaviy-xoʼjalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qoʼllash boʼyicha yoʼriqnoma»ga muvofiq asosiy vositalarning sintetik hisobi 0100 «Аsosiy vositalar hisobi schyotlari» tizimida ochiladigan schyotlarda olib boriladi.
0110 «Er» schyotida qurilish tashkilotlari ixtiyoriga qonun hujjatlariga muvofiq mulk sifatida berilgan yer uchastkalari aks ettiriladi.
0120 «Binolar, inshoatlar va uzatish qurilmalari» schyotida quyidagi tarkibdagi asosiy vositalar hisobi yuritiladi:
• binolar – bu ishlab chiqarish, maʼmuriy boshqaruv va boshqa ijtimoiy-maishiy maqsadlarda foydalaniladigan binolar (tsexlar, omborlar, yuvinish xonalari, laboratoriya, idora, garaj, oʼt oʼchirish deposi va shu kabi mehnat sharoitini yaratib beruvchi, tovar-moddiy boyliklar butligini taʼminlovchi obʼektlar). Binolar tarkibiga ularni normal ekspluatatsiya qilish uchun zarur boʼlgan barcha kommunikatsiyalar, yaʼni isitish, ventilyatsiya, suv va gaz taʼminoti, lift, yongʼinga qarshi va signalizatsiya qurilmalari, telefon aloqasi simlari tizimlari ham kiritiladi.
• inshoatlar – ochiq ayvonlar, devorlar, suv minoralari, temir yoʼl shahobchalari, nasos stantsiyalari, sement va suv havzalari va sigʼimlari, asfalьtlangan yoʼllar va yoʼlkalar.
• uzatish qurilmalari – elektr liniyalar, gaz, suv, bugʼ oʼtqazuvchi quvurlar va boshqalar.
0130 «Mashina va uskunalar» schyotida yerga mustahkam oʼrnatiladigan va relьsda yurituvchi kranlar va elektrokranlar, ekskavatorlar, bulьdozerlar, beton qorish mashinalari, transporterlar, koʼtarish-tushirish qurilmalari, grederlar, burgʼulash, arralash, randalash, temir-tersaklarni kesish, ulash, boʼyoq, ohak va suv purkash apparatlari hamda stanoklari, issiqlik pechlari, kompressorlar, oʼlchov tarozilari va boshqa maxsus mashina hamda uskunalarning hisobi olib boriladi.
0140 «Mebel va ofis jihozlari» schyotida shkaflar, stol va stullar komplekti, doskalar, seyflar, yozuv mashinkalari, faks, nusxa koʼchirish apparatlari, uyali aloqa vositalarining hisobi yuritiladi.
0150 «Kompьyuter uskunasi va hisoblash texnikasi» schyotida kompьyuterlar va ularga oʼrnatiladigan periferiya qurilmalari (printer, skaner, modem va boshqalar)ning hisobi olib boriladi.
0160 «Transport vositalari» schyotida yuk va odam tashuvchi avtomashinalar, vagonlar, avtobuslar, traktorlar, pritseplar va boshqa transport vositalari hisobga olinadi.
Аsosiy vositalarning analitik hisobi 13-jurnal-orderda, shuningdek har bir inventar obʼektning kodi (tartib nomeri) boʼyicha kartochkalarda yoki kitobda (OS-7 shakl «Аsosiy vositalarni hisobga olish inventar kartochkasi», OS-9 «Аsosiy vositalarning inventar roʼyxati») yuritiladi. Ushbu kartochka va kitoblar asosiy vositalar kelib tushganda ochiladi va ularning butun foydali xizmat muddati davri davomida saqlanadi.
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar yangi kapital investitsiyalarni kiritish, bepul olinishi, taʼsis badali sifatida kirim qilinishi evaziga koʼpayishi, shuningdek ularning boshlangʼich qiymati qayta baholash hisobidan oshishi mumkin.
Kapital investitsiyalar – bu qurilish tashkilotlarining yangi obʼektlarni qurishga, eski obʼektlarni kengaytirish, rekonstruktsiya va modernizatsiya qilishga, shuningdek asosiy vositalarni sotib olishga sarflagan mablagʼlari majmuasi. Xalqaro standartlarda va Oʼzbekiston Respublikasining milliy standartlarida (5-son BHMS) bu xarakterdagi xarajatlar asosiy vositalarning boshlangʼich qiymatini koʼpaytiradigan xarajatlar deb tan olinadi.
Kapital investitsiyalar xarakteriga koʼra ichki investitsiya hisoblanadi, ular bevosita qurilish tashkiloti qudratini oshirishga yoʼnaltirilgan mablagʼlardir.
Qurilish tashkilotlari oʼz maqsadlaridagi kapital investitsiyalarni ikki usulda amalga oshirishlari mumkin: pudrat usulida va xoʼjalik usulida. Ushbu usullarda amalga oshirilgan kapital investitsiyalarning hisobi 0810 «Tugallanmagan qurilish», 0820 «Аsosiy vositalarni sotib olish», 0890 «Boshqa kapital quyilmalar» schyotlarida olib boriladi.
0810 «Tugallanmagan qurilish» schyotining debetida qurilish tashkilotlari tomonidan sarflangan kapital quyilmalar toʼgʼrisida maʼlumotlar jamlanadi, kreditida esa kapital investitsiya summasini asosiy vositalarning boshlangʼich qiymatiga kiritilishi aks ettiriladi. Schyotning qoldigʼi debet tomonida boʼlib, u tugallanmagan qurilishga toʼgʼri keladigan kapital quyilmalar summasini koʼrsatadi.
0820 «Аsosiy vositalarni sotib olish» schyotining debetida taʼminotchidan qabul qilingan asosiy vositaning qiymati, shuningdek uni tashib keltirish, oʼrnatish, montaj qilish va boshqa xarajatlar aks ettiriladi, kreditida esa schyotning debetida toʼplangan summani asosiy vositalarning boshlangʼich qiymatiga kiritilishi koʼrsatiladi. Debet va kredit oborotlari summalari teng boʼlganligi uchun bu schyot salьdoga ega boʼlmaydi.
0890 «Boshqa kapital quyilmalar» schyotida yuqoridagi schyotlarga kiritilmagan kapital investitsiyalar, jumladan asosiy vositalarni kengaytirishga, rekonstruktsiya va modernizatsiyasiga sarflangan kapital quyilmalar hisobga olinadi. Bu xarakterdagi quyilmalarning summalari kengaytirish, rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish dalolatnomalari asosida harakatda boʼlib kelgan asosiy vositalarning boshlangʼich qiymatiga kiritiladi.
Qurilish tashkilotlariga asosiy vositalar yuqori tashkilotdan, boshqa yuridik va jismoniy shaxslardan bepul kelib tushishi ham mumkin. Bunday asosiy vositalar shartnomalar, schyot-fakturalar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari asosida qabul qilinadi. Ushbu hujjatlar asosida bepul olingan asosiy vositalarga quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Debet 0111-0190 «Аsosiy vositalar hisobi schyotlari»
Kredit 8530 «Qaytarib bermaslik sharti bilan olingan mol-mulk»
Bepul berilgan asosiy vositalarni tashib keltirish xarajatlari ularning boshlangʼich qiymatiga kiritiladi va bu hisobda quyidagi yozuvlar bilan aks ettiriladi:
Debet 0890 «Boshqa kapital quyilmalar»
Kredit 6990 «Boshqa majburiyatlar»
Bir vaqtning oʼzida:
Debet 0111-0190 «Аsosiy vositalar hisobi schetlari»
Kredit 0890 «Boshqa kapital quyilmalar»
Qurilish tashkilotlariga taʼsis hujjatlari (ustav, taʼsis shartnomasi)ga asosan taʼsischilardan qabul qilingan asosiy vositalar schet-faktura va qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjatlar asosida quyidagi buxgalteriya yozuvi qilinadi:
Debet 0111-0190 «Аsosiy vositalar hisobi schyotlari»
Kredit 4610 «Ustav kapitaliga ulushlar boʼyicha taʼsischilarning qarzlari»
Chet el investorlaridan taʼsis badali sifatida korxona roʼyxatdan oʼtgandan keyingi sanalarda kelib tushgan asosiy vositalar boʼyicha valyuta kursini oʼzgarishi sababli qoʼshilgan kapital vujudga keladi. Bunday holda korxona roʼyxatdan oʼtgan sanadagi kurs boʼyicha taʼsischidan qabul qilib olingan asosiy vosita qiymatiga yuqorida keltirilgan yozuv beriladi. Haqiqatda kelib tushgan sana va korxona roʼyxatga olingan sanadagi kurslar oʼrtasidagi farq summasi korxonaning qoʼshilgan kapitaliga olib boriladi va unga quyidagi yozuv qilinadi:
Debet 0111-0190 «Аsosiy vositalar hisobi schyotlari»
Kredit 8420 «Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqlari»
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalarni qayta baholash ikki usulda, yaʼni bozor baholaridan kelib chiqqan holda toʼgʼridan toʼgʼri eski qiymatni bozor qiymatigacha yetkazish yoki eski qiymatni belgilangan koeffitsientlarga koʼpaytirish yoʼli bilan yangi qiymatga chiqish usullarida amalga oshiriladi. Yangi va eski qiymatlar oʼrtasidagi farq qayta baholash qiymatini tashkil etadi. Ushbu summa ijobiy son bilan chiqsa, u asosiy vositalarning qiymatini oshirilganligini, manfiy son bilan chiqsa, u asosiy vositalar qiymatini pasaytirilganligini bildiradi. Qayta baholash natijasi inventarizatsiya qaydnomasi asosida hisobda aks ettiriladi.
Аsosiy vositalarning qiymati oshirilganda, yangi va eski boshlangʼich qiymatlar oʼrtasidagi ijobiy farq buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Debet 0111-0190 «Аsosiy vositalar hisobi schyotlari»
Kredit 8510 « Mulkni qayta baholash boʼyicha tuzatishlar»
Qayta baholashda mos ravishda asosiy vositaning jamlangan eskirish summasi ham yuqorida keltirilgan ikki usulning biri boʼyicha qayta hisoblanadi. Eskirish summasi oshirilganda unga quyidagi yozuv qilinadi:
Debet 8510 «Mulkni qayta baholash boʼyicha tuzatishlar»
Kredit 0211- 0290 «Аsosiy vositalarning eskirishi hisobi schyotlari»
Аsosiy vositalarning boshlangʼich qiymati qayta baholashda pasaytirilganda yangi va eski qiymatlar oʼrtasidagi salbiy farq summasi ikki usulda hisobdan chiqariladi.
1-usul. Qurilish tashkilotida oldindan asosiy vositalarni qayta baholash natijasida rezerv kapitali shakllantirilgan boʼlsa, u holda pasaytirilgan qiymat shu rezerv kapitali evaziga hisobdan chiqariladi. Bunda, mos ravishda, quyidagi yozuvlar qilinadi:
a) boshlangʼich qiymatlar oʼrtasidagi salbiy farq summasiga:
Debet 8510 «Mulkni qayta baholash boʼyicha tuzatishlar»
Kredit 0111-0190 «Аsosiy vositalar hisobi schyotlari»
b) eskirish summalari oʼrtasidagi salbiy farq summasiga:
Debet 0211- 0290 «Аsosiy vositalarning eskirishi hisobi schyotlari»
Kredit 8510 «Mulkni qayta baholash boʼyicha tuzatishlar»
2-usul. Rezerv kapitali mavjud boʼlmagan holda qoʼllaniladi. Bu holda qayta baholash natijasida asosiy vositalarning qiymatlari oʼrtasidagi salbiy farq summasi qurilish tashkiloti xarajatiga olib boriladi va u hisobda quyidagicha aks ettiriladi:
a) boshlangʼich qiymatlar oʼrtasidagi salbiy farqqa:
Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar»
Kredit 0111- 0190 «Аsosiy vositalar hisobi schyotlari»
b) eskirish summalari oʼrtasidagi salbiy farqqa (storno yozuvi )
Debet 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar»
Kredit 0211- 0290 «Аsosiy vositalarning eskirishi hisobi schyotlari»
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar ularning sotilishi, tugatilishi, bepul berilishi, taʼsis badali sifatida kiritilishi va boshqa chiqimlari hisobidan kamayishi mumkin. Ushbu operatsiyalar hisobda quyidagi buxgalteriya oʼtqazmalari bilan aks ettiriladi .



Download 50.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling