1. Qurilish mashinalari va mexanizlari ish faoliyatining hisobi
Qurilish tashkilotlari asosiy vositalarini boshqa belgilari boʼyicha ham tasniflash mumkin. Chunonchi, soliq solishga munosabatiga koʼra ular mol-mulk soligʼiga tortiladigan va mol-mulk soligʼiga tortilmaydigan asosiy vositalarga ajratiladi. Аmortizatsiya qilinishiga koʼra ular Soliq kodeksida belgilangan turli meʼyorlar boʼyicha eskirishi hisoblanadigan va mos ravishda turli muddatlarda (5 yildan 20 yilgacha) xizmat koʼrsatadigan asosiy vositalarga boʼlinadi.
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar tarkibiga kiritilmaydi:
• qiymatidan qatʼiy nazar xizmat muddati bir yildan kam boʼlgan buyumlar –
stol ustiga qoʼyiladigan kalьkulyatorlar, yoritgʼichlar, yozuv uskunalari, taqvimnomalar;
• vaqtinchalik foydalanish uchun qurilgan yoʼlkalar va boshqa moslamalar
(notitul inshoatlar).
Qurilish tashkilotlari oʼzlarining asosiy vositalari qiymatini 5-son BHMS «Аsosiy vositalar»da keltirilgan tartibda baholashlari, shuningdek joriy hisobda ularni boshlangʼich (tiklangan) qiymatida, buxgalteriya balansida esa qoldiq qiymatida aks ettirishlari lozim.
Аsosiy vositalarning boshlangʼich qiymati ularni sotib olish baholari (oʼz kuchi bilan qurish yoki ishlab chiqarish tannarxi) hamda barcha sotib olish, tashib keltirish, rasmiylashtirish, oʼrnatish, ishga tushirishga doir qoʼshimcha xarajatlardan tashkil topadi. Boshlangʼich qiymatni topish maxsus «Аsosiy vosita boshlangʼich qiymatining hisob-kitobi»ni tuzish asosida amalga oshiriladi. Ushbu hisob-kitobning yaxlit shakli respublikamizning harakatdagi meʼyoriy hujjatlarida belgilanmagan. Uni quyidagi shaklda tuzish maqsadga muvofiq
1.1 JADVAL
Аsosiy vosita boshlangʼich qiymatining hisob-kitobi
Nomi- beton qorish mashinasi
Do'stlaringiz bilan baham: |