Mavzu: Qurilish mashinalari va mexanizmlari ish faoliyatining hisobi reja
JADVAL Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar chiqimiga doir operatsiyalarni schyotlarda aks ettirish
Download 50.31 Kb.
|
kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Операциянинг мазмуни Сумма Дебет счет Кредит счет
- 2.Асосий воситаларнинг тугатилиши
- 3.Асосий воситаларнинг бепул берилиши
- 4.Асосий воситаларнинг таъсис бадали сифатида киритилиши
- 2. Qurilish mashinalari va mexanizlari ish faoliyatining hisobi hamda ularni ekspluatatsiya qilish xarajatlarining hisobi
1.2 JADVAL
Qurilish tashkilotlarida asosiy vositalar chiqimiga doir operatsiyalarni schyotlarda aks ettirish
Umumdavlat soliqlarini toʼlovchi qurilish tashkilotlarida sotilgan asosiy vositalarning sotish qiymati (Sq) qoldiq qiymat (Qq)dan katta boʼlsa (Sq Qq), u holda ular QQS toʼlovchi hisoblanadi. Аgar sotish qiymati (Sq) qoldiq qiymat (Qq)dan kichik boʼlsa (Sq Qq) yoki ular oʼzaro teng boʼlsa ( Sq = Qq), u holda qurilish tashkilotlari QQS toʼlovchi hisoblanmaydilar. Аsosiy vositalarni taʼsis badali sifatida kiritilishi ham Soliq kodeksiga muvofiq QQSga tortilmaydi. Аsosiy vositalarni sotishdan koʼrilgan zararlar, agar bu asosiy vositalar 3 yildan kam ishlatilgan boʼlsa, Soliq kodeksiga muvofiq (22–modda) foyda soligʼi boʼyicha soliq bazasiga qayta qoʼshiladi. Аsosiy vositalarni tugatish ularning toʼliq amortizatsiya qilinganligi yoki qilinmaganligidan qatʼiy nazar ekspluatatsiya qilish holati yoʼqotilgan hollarda amalga oshiriladi. Buning uchun qurilish tashkiloti rahbari buyrugʼi bilan likvidatsiya komissiyasi tuziladi. Likvidatsiya komissiyasi tarkibiga korxona xodimlaridan tashqari qiziquvchi organlar (hokimiyat va boshqalar) vakillari ham kiritilishi mumkin. Komissiya likvidatsiya natijalarini maxsus likvidatsiya dalolatnomasi (OS-4 shakl) bilan rasmiylashtiradi. Ushbu dalolatnoma likvidatsiya natijalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida yuqorida keltirilgan tartibda aks ettirishga asos boʼladi. 2. Qurilish mashinalari va mexanizlari ish faoliyatining hisobi hamda ularni ekspluatatsiya qilish xarajatlarining hisobi. Qurilish tashkilotlarida maxsus mashina va mexanizmlar ish faoliyatini alohida hisobga olib borishning obʼektiv va subʼektiv sabablari mavjud. Ularning asosiylariga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchidan, maxsus qurilish mashina va mexanizmlarining qimmat turishi ulardan unumli va samarali foydalanish talabini qoʼyadi; ikkinchidan, qurilish mashina va mexanizmlaridan qurilish ishlarini bajarishda faqat tegishli bosqichlarda va maqsadlarda ishlatilishi ular ish faoliyatini har bir qurilish obʼekti boʼyicha hisobini olib borishni taqozo etadi; uchinchidan, ularning qurilish maydonchalariga yetkazib kelinishi, oʼrnatilishi va ishlatilishi maʼlum texnika va mehnat xavfsizliklari shartlariga qatʼiy amal qilishni, maxsus tayyorgarlikni, kasbiy mahoratni, shuningdek bu maqsadlar uchun qoʼshimcha sarf-xarajatlarni talab qiladi. Taʼkidlash joizki, respublikamizda qurilish mashinalari va mexanizmlari ish faoliyatini hisobga olish uchun maxsus meʼyoriy hujjatlar qabul qilingan emas. Qurilish tashkilotlarida bugungi kunda qurilish mashinalari va mexanizmlari ish faoliyatining hisobiga doir dastlabki hujjatlar, ularni tuzish, ishlovdan oʼtkazish sobiq SSSR davrida tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlarga asoslanilgan holda amalga oshirilmoqda. Qurilish mashina va mexanizmlari ish faoliyatini aks ettiruvchi boshlangʼich hujjatlar boʼlib quyidagilar hisoblanadi: • koʼtarish krani ishi haqida bildirgi (ESM -1 shakl); • qurilish mashinasi yoʼl varaqasi (ESM-2 shakl); • qurilish mashinasi va mexanizmi ishi toʼgʼrisida bildirgi (ESM-3 shakl); • qurilish mashinasi va mexanizmi ishi toʼgʼrisida bildirgi-naryad (ESM-4 shakl); • qurilish mashinasi (mexanizmi) ishi hisobi kartasi (ESM-5 shakl); • qurilish mashinalari (mexanizmlari) ishi hisobi jurnali (ESM-6 shakl); • bajarilgan ishlar (xizmatlar) toʼgʼrisida maʼlumotnoma (ESM-7 shakl). ESM-1 shakl, ESM-2 shakl, ESM-3 shakldagi hujjatlar balansida maxsus qurilish mashinalari va mexanizlariga ega boʼlgan va ular yordamida boshqa tashkilotlarga xizmat koʼrsatishga ixtisoslashgan qurilish tashkilotlarida qoʼllaniladi. Koʼtarish krani ishi haqida bildirgida (ESM -1 shakl) uning qaysi obʼektda ishlagani va bajargan ishining turlari, miqdori, sarflagan vaqti va boshqa maʼlumotlar keltiriladi. Ushbu bildirgi asosida koʼtarish krani tomonidan bajarilgan ishning qiymati toʼgʼrisida maʼlumotnoma tuziladi. Maʼlumotnoma bosh pudratchi tomonidan imzolanadi va uning muhri bilan tasdiqlanadi. Ushbu hujjat bosh pudratchi va koʼtarish kranida ishlarni bajargan ixtisoslashgan qurilish tashkiloti oʼrtasida hisob-kitoblarni amalga oshirishga asos boʼladi. Qurilish mashinasi yoʼl varaqasi (ESM-2 shakl) mashinistga obʼektga yetkazish oldidan toʼldiriladi. Unda mashinaning nomi, texnik maʼlumotlari, mashinistning ismi-sharifi, unga berilgan topshiriqlar, topshiriqni bajarishga kirishish va uni yakunlash muddatlari koʼrsatiladi. Qurilish mashinasi va mexanizmi ishi toʼgʼrisida bildirgi (ESM-3 shakl)da xuddi (ESM -1 shakl)dagidek boshqa qurilish mashinalari (beton qorish, ekskavator, bulьdozer, greder vash u kabilar) tomonidan har bir obʼektda bajarilgan ishlarning turlari, miqdori, sarflagan vaqti va boshqa maʼlumotlar keltiriladi. Ushbu bildirgi qurilish mashinalari tomonidan bajarilgan ishning qiymati toʼgʼrisida maʼlumotnomani tuzishga asos boʼladi. Bu maʼlumotnoma ham bosh pudratchi tomonidan imzolanadi, uning muhri bilan tasdiqlanadi hamda bosh pudratchi va ixtisoslashgan qurilish tashkiloti oʼrtasida hisob-kitoblarni amalga oshirishga asos boʼladi. ESM-4 shakl, ESM-5 shakl va ESM-6 shakldagi hujjatlar oʼz balansida qurilish mashinalari va mexanizmlari boʼlgan barcha turdagi qurilish tashkilotlarida qoʼllaniladi. Qurilish mashinasi va mexanizmi ishi toʼgʼrisida bildirgi-naryad (ESM-4 shakl) natural oʼlchov birliklarida oʼlchanadigan topshiriqlar va bajarilgan ishlarni rasmiylashtirish va hisobga olish uchun qoʼllaniladi. Bu bildirgi qurilish tashkilotida qurilish mashinalari va mexanizmlari uchun masʼul boʼlgan shaxs tomonidan bir nusxada tuziladi va mashinstlar qoʼliga topshiriladi. Topshiriqlar va ishlar haqiqatda bajarilgach, buyurtmachi korxona bildirgida topshiriq va ishlarni qabul qilib olganligini imzolaydi va muhr bilan tasdiqlaydi. Ushbu bildirgi nafaqat bajarilgan ishlarni hisobga olishga, balki mashinistlarga ish haqini hisoblash uchun ham asos boʼlib hisoblanadi. ESM-5 shakl va ESM-6 shakldagi hujjatlar yirik va kichik qurilish mashina va mexanizmlarining har kunlik ish faoliyatini hisobga olish va nazorat qilish uchun ishlatiladi. Bajarilgan ishlar (xizmatlar) toʼgʼrisida maʼlumotnoma (ESM-7 shakl) maxsus qurilish mashinalari va mexanizmlari tomonidan bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. U pudratchi va buyurtmachilar (bosh pudratchi va subpudratchilar) oʼrtasidagi oʼzaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun asos boʼluvchi schyot-fakturalarga ilova qilinadi. Qurilish mashinalari va mexanizmlari tomonidan bajarilgan ishlar ushbu texnika yordamida xizmat koʼrsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar uchun daromad olishning asosiy manbai hisoblanadi. Bunday tashkilotlarda qurilish mashinalari va mexanizmlari tomonidan bajarilgan ishlar ularni tasdiqlovchi hujjatlar (ESM-7, schyot-faktura) asosida hisobda quyidagicha aks ettiriladi: Debet 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» Kredit 9030 «Bajarilgan i shva xizmatlardan olingan daromadlar» Qurilish, qurilish montaj va boshqa ishlarni olib borayotgan pudratchi tashkilotlarda qurilish mashinalari va mexanizmlari tomonidan bajarilgan ishlar qiymati umumpudrat ishining tarkibiy qismi hisoblanadi va uning tannarxiga kiritiladi. 21-son BHMS «Xoʼjalik yurituvchi subʼektlar moliyaviy-xoʼjalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qoʼllash boʼyicha yoʼriqnoma»ga muvofiq pudratchi tashkilotlar qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiya qilish xarajatlari hisobini 2500 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotida olib borishlari lozim. Qurilish tashkilotlari ushbu maqsadda oʼzlarining ishchi schyotlar rejasida maxsus schyotni, masalan, 2510 «Qurilish mashinalarini saqlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlari» schyotini ochishlari ham mumkin. Ushbu schyotga qurilish mashina va mexanizmlarining turlari yoki guruhlari boʼyicha alohida analitik schyotlarni ochish maqsadga muvofiq. Bu schyotlarning debetida qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiya qilishga doir barcha xarajatlar guvohlik beruvchi hujjatlar asosida toʼplanadi, kreditida esa sarflangan xarajatlarni hisobdan chiqarilishi, yaʼni ularning tegishli obʼekt tannarxiga kiritilishi aks ettiriladi. Qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiya qilish xarajatlari oʼz ichiga quyidagi moddalarni oladi: • qurilish mashinalari va mexanizmlarini boshqaruvchi xodimlar (mashinistlar, haydovchilar)ga hisoblangan ish haqi; • ish haqiga nisbatan ijtimoiy sugʼurtaga ajratmalar; • material xarajatlari (yoqilgʼi, moylash materiallari, ehtiyot qismlar, xoʼjalik materiallari vash u kabilar); • amortizatsiya xarajatlari; • joriy va kapital taʼmirlash; • turli xizmatlar (elektr energiya, suv, gaz, isitish, bugʼ, transportirovka, ijara va boshqa xizmat turlari). Qurilish mashinalari va mexanizmlarini ekspluatatsiyasiga doir ushbu turdagi xarajatlar hisobda quyidagicha aks ettiriladi . Download 50.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling