2.3 JADVAL
Yuk tashish mashinalari boʼyicha eskirishni qoldiq qiymatdan hisoblash usuli
Йиллар
|
Амортизация-ланадиган қиймат
|
Амортизация
меъёри, %
|
Йиллик амортизация
суммаси
|
Жамланган амортизация
суммаси
|
Қолдиқ қиймат
|
1
|
12000000
|
40
|
4800000
|
4800000
|
7200000
|
2
|
7200000
|
40
|
2880000
|
7680000
|
4320000
|
3
|
4320000
|
40
|
1728000
|
9408000
|
2592000
|
4
|
2592000
|
40
|
1036800
|
10444800
|
1555200
|
5
|
1555200
|
-
|
1355200
|
11800000
|
200000
|
Qurilish tashkilotlarida ishlab chiqarish maqsadidagi barcha asosiy vositalarning hisoblangan eskirishi summasini bevosita asosiy ishlab chiqarish schyotiga olib borib boʼlmaydi. Bunga sabab shundaki, ishlab chiqarish maqsadidagi asosiy vositalar qurilish tashkiloti tomonidan olib borilayotgan barcha qurilish ishlariga bir vaqtning oʼzida xizmat qilishi mumkin. Shu bois, ishlab chiqarish maqsadidagi asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya summalari dastlab 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish» schyotida yoki 2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotida alohida ochilgan analitik schyotlarda aks ettiriladi.
Hisobot oyi oxirida yuqoridagi schyotlarda aks ettirilgan amortizatsiya ajratmalari qurilish ishlari olib borilayotgan obʼektlar oʼrtasida maxsus hisob-kitob asosida taqsimlanadi. Аmortizatsiya xarajatlarini qurilish obʼektlari oʼrtasida taqsimlab chiqish turli usullarda amalga oshirilishi mumkin. Ular ichida eng keng tarqalganlari boʼlib quyidagilar hisoblanadi:
(1) amortizatsiya summasini har bir obʼekt boʼyicha olingan sof tushumning jami sof tushumdagi hissasiga qarab taqsimlash;
(2) amortizatsiya summasini asosiy vositalarning hisobot davrida har bir obʼektda ishlagan ish vaqti (bajargan ishi)ni jami ishlagan ish vaqtidagi (yoki jami bajargan ishlaridagi) hissasiga qarab taqsimlash;
3)amortizatsiyasi summasi qurilish tashkilotlari hisob siyosatida belgilangan boshqa tartiblarda taqsimlash.
Ushbu maʼlumotlarga va yuqorida izohi berilgan tartibga koʼra ishlab chiqarish maqsadidagi asosiy vositalar amortizatsiyasi taqsimotini quyidagicha hisob-kitob qilish mumkin .
Bunday taqsimot maʼlumotlari RT-7 shakldagi ishlov qaydnomasida oʼz aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |