Mavzu: Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda energiyani tejash muammolari Reja


Download 0.78 Mb.
bet3/8
Sana16.10.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1704885
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda energiyani tejash muammolari

Quyoshdan himoyalovchi oyna– o‘z xususiyatlariga ko‘ra, quyosh nurlaridan himoyalash vazifasini bajaradi. Bu oynalar, quyosh nurlarini qaytarish barobarida yozning jazirama haroratini xonaga o‘tkazmaydi. Yozning chillasida tashqarida 45-50 daraja bo‘lganda, bu oynalar o‘rnatilgan xona harorati ko‘pi bilan 25-27 daraja bo‘lishi ta'minlanadi. Bundan tashqari, mazkur oynalar bilan jihozlangan romlar xona yoki bino ichkarisida qulaylikni barpo etadi. Bu oynalar bilan siz quyoshdan himoyalovchi qo‘shimcha vositalar (jalyuzi, parda)ga zarurat sezmaysiz. Shuningdek, quyoshning ultrabinafsha kabi zararli nurlarini saqlaydi. Qimmatbaho gilamlar, mebellaringiz o‘z tashqi ko‘rinishini o‘zgartirmaydi.
Bugungi kunda IMZO GLASS kompaniyasi esa, mijozlariga Energiya tejovchi –oynani ham tavsiya qilmoqda. Ushbu mahsulotlar qatoridan foydalanish qishning qahraton sovug‘i va yozning jazirama issig‘ida ham eng talabchan mijoz uchun qulaylik taqdim etadi.

Ko‘pfunksiyali oyna - Bu eng universal hamda aksar xaridorlarga ma'qul kelayotgan mahsulotdir. Chunki, unda harorat saqlash va quyoshning zararli nurlaridan saqlash xususiyatlari ajoyib tarzda mujassamlashgan. Shunga ko‘ra, samaradorlik ham 2 marta oshadi! U yoz mavsumida xonani isib ketishdan, qishda sovib ketishdan saqlaydi hamda yilda 365 kun xonada qulay haroratni ta'minlab beradi. Bundan tashqari, quyoshning zararli nurlarining xonaga kirishidan asrashi barobarida yorug‘lik va shaffoflikni yetarli darajada ta'minlaydi. Yilning sovuq kunlarida issiqlikning derazalar orqali tashqariga chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu bilan issiqlik uchun sarflanadigan mablag‘lar tejalishiga imkon beradi. Bu turdagi oynalarni qulaylik bilan bukish (turli shakllarga keltirish) hamda toblash ham mumkin.

Uning turli xil rang va shaffoflikdagi assortimentlari mavjud. Ko‘pfunksiyali oyna bilan bino va inshootlar fasadlarini qoplash ayniqsa foydali va samaralidir.
Bu hali hammasi emas. Kompaniya oynani bukish, oyna chetlariga ishlov berish, turli binolar fasadlariga oynalarni o‘rnatib berish (do‘konlarga keng hajmli oynalar o‘rnatish) kabi keng qamrovli xizmat turlarini ham taklif qiladi.

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling