Mavzu: Qurilish materiallarini maydalash qonuniyati
Ma'ruzani mustahkamlash uchun savollar
Download 1.74 Mb.
|
Uskuna M 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-MA’RUZA: Mavzu: Texnologik uskunalarning tasniflari.
- Tayanch iboralar
Ma'ruzani mustahkamlash uchun savollar
Maydalangan mahsulotlarning o‘lchamlariga qarab qanday fraksiyalarga bo‘linadi? Maydalashning qanday asosiy qonunlari bor? Maydalash uchun ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan usullar? Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar qanday sikllarda ishlashi mumkin? 3-MA’RUZA: Mavzu: Texnologik uskunalarning tasniflari. Reja: Maydalovchi va kukunlovchi mashinalar klassifikatsiyasi Kukunlovchi mashinalar konstruksiyasiga ko‘ra turlari Jag‘li maydalagichlarning ishlashi va ishlatilishi Konusli maydalagichlarning ishlashi va ularning qo‘llanilishi. Tayanch iboralar: maydalovchi kukunlovchi mashinalar, jag‘li maydalagich, konusli maydalagich, ishlash prinsipi. 1. C Qurilish materiallarini maydalash quyidagicha amalga oshiriladi: a) mexanik usulda maydalash, bunda qurilish materiallari maydalashgichni harakatdagi detallari yordamida maydalanadi (yoki harakatdagi detal va qo‘zg‘almas statika). b) portlatish usulida maydalash, bunda qurilish materiali bo‘laklari gaz bosishining keskin pasayishi yoki uchqun razryadi ta'siri ostida suvda portlash tuskining ta'siri natijasida (elektrogidravlik hodisa) dars (siniq) ketgan yerlardan maydalaniladi. v) elektrotermik maydalash, bunda materiallar tokning yuqori chastotasi yordamida ayni bir joyni chizdirish natijasida maydalaniladi. Qurilish materiallari sanoatida asosan mexanik usulda maydalovchi maydalagichlar qo‘llaniladi va ular quyidagi asosiy tiplarga bo‘linadi a) Jag‘li maydalagichlar, bunda materiallar harakatsiz 1 va harakatlanuvchi 2 jag‘lar orasida maydalanadi. Bu vaqtda harakatlanuvchi jag‘lar oddiy yoki murakkab shaklda harakatlanishi mumkin, birinchi holatda material maydalanishi ezilish hisobiga bo‘lsa, ikkinchidan esa ezilish ishqalanish hisobiga amalga oshiriladi.
a) Barabanli kukunlovchilar, bunda maydalovchi jismlar bilan aylanayotgan barabanda 1 materiallarning maydalanishi maydalovchi jismlar bilan urish va qisman ishqalanishi hisobiga amalga oshadi. b) Doiraviy sharli kukunlovchilar, bunda materiallarni maydalash harakatsiz 1 va aylanuvchi 2 doira va sharlar 3 orasida amalga oshiriladi. Sharlar aylanuvchi doiraga purjinalar yordamida qisib qo‘yilgan. v) Doiraviy rolikli kukunlovchilar, bunda materiallarning maydalanishi aylanib turuvchi o‘qga o‘rnatilgan harakatlanuvchi roliklar 1 va harakatlanmaydigan doira 2 o‘rtasida amalga oshadi. g) Diskali kukunlovchilar, bunda materiallarning maydalanishi bir-biriga qisib o‘rnatilgan harakatdagi 1 va harakatsiz disklar o‘rtasida amalga oshiriladi. d) Urib kukunlovchilar, bunda materiallar dinamik kuchlar va qisman ishqalanish ta'sirida maydalanadi. ye) Tebranma kukunlovchilar, bunda maydalash sharlarning materialga davomli ta'siri ostida amalga oshiriladi. j) Oqimli kukunlovchilar, bunda materiallar zarralari havoning turbulent oqimida o‘zaro urilib maydalovchi kamera devoriga ishqalanib maydalanadi. Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling