Mavzu: Qurilish materiallarini maydalash qonuniyati


Ma'ruzani mustahkamlash uchun savollar


Download 1.74 Mb.
bet9/9
Sana03.05.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1423449
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Uskuna M 1

Ma'ruzani mustahkamlash uchun savollar

  1. Jag‘li maydalagichlar qanday turdagi materiallarni maydalash uchun ishlatiladi?

  2. Jag‘li maydalagichlarni tog‘ jinslarini maydalashning qaysi bosqichida foydalanish maqsadga muvofiq?

  3. Jag‘li maydalagichlarning ish unumdorligi maydalanish jarayonlarining qanday jixatlariga bog‘liq?


5-MA’RUZA:
Mavzu: Konusli maydalagichlar xarakteristikasi va ishlatilishi.
1. Konusli maydalagichlar konstruksiyasi.
Konusli maydalagichlar - tog‘ jismlarni maydalovchi yuqori unumdorli mashinalardir. Konusli maydalagichda materiallar siqish, ishqalash va ezilishi hisobiga maydalanadi.
Materiallarni konusli maydalagichlarda maydalash, jag‘li maydalagich kabidir, lekin konusli maydalagichda yuk tushurish uzluksiz amalga oshiriladi. Maydalash zapasini ketma-ket aylanma bo‘ylab bo‘lishi maydalagichni ish unumdorligi yuqori bo‘lishini ta'minlaydi.
Bundan tashqari konusli maydalagichlarning ustunliklariga quyidagilar kiradi:

  • harakatdagi qismlarning yuqori sokinligi;

  • maydalagichning ishga tushirilishi materiallar to‘lig‘ida ham;

  • ish vaqtidagi ishonchlik va boshqalar.

Konusli maydalagichlar quyidagi xususiyatlari bilan bo‘linadi.
Texnologik jihatdan:

    1. Yirik maydalovchi maydalagichlar (YMM) yuklash (qabul qilish) qismining kengligi bilan xarakterlidir va o‘lchamining kattaligiga qarab 400 dan 1200 mm gacha tog‘ jinslarini qabul qilishi mumkin. Chiqarishni qismining kattaligiga 75 dan 300 mm gacha bo‘lishi mumkin. Ish unumdorligi esa 150 dan 2300 m3/soatgacha.

    2. O‘rta me'yorli maydalagichlar 60 dan 300 mm gacha bo‘lgan bo‘laklarni qayta ishlaydi. Chiqish qismining kattaligi 12 dan 60 mm gacha. Ish unumdorligi 12 dan 580 m3/soat gacha bo‘ladi.

    3. Kichik me'yorli maydalagichlar 35 dan 100 mm gacha bo‘lgan bo‘laklarni qayta ishlaydi. Chiqish qismi kattaligi 5 dan 15 mm gacha. Ish unumdorligi esa 12 dan 220 m3/soat bo‘ladi.




Rasm.. konusli maydalagichda maydalash jarayoni:
1 – tashqi qo‘zg‘almas konus; 2 – ichki eksentrik o‘qqa maxkamlanshag qo‘zg‘aluvchan konus
Konstruksiyasi jihatidan:
1. Vali ko‘tarilgan maydalagichlar.
2. Inersion maydalagichlar.
3. Vali konsol bo‘lagi maydalagichlar.


Hisoblash asoslari.
Konusli maydalagichda maydalash protsessi jag‘liklik kabidir, lekin undagi jarayon uzluksizdir. Ammo jag‘li maydalagichlar uchun keltirilgan aylanish sonini aniqlash, ish unumdorligi va energiya sarfini aniqlash formulalarini ba'zi bir o‘zgarishlar bilan konusli maydalagichlarga (materiallari o‘z og‘irligi bilan tushuvchilariga uzun konsulli) qo‘llash mumkin.
Vali konsol joylashgan maydalagichlarni hisoblashda bu formulalar qo‘llanilmaydi.
Birikmalarni qamrab olish konusli maydalagichlarda jag‘lilarga nisbatan qulay. Shuning uchun konuslar orasidagi qamrash burchagining chegarasi 21 - 23 deb olinishi mumkin.
Maydalanishni unumdorli bo‘lishi uchun maydalash kamerasining yuqori qismida (1) tenglik saqlanishi kerak.
2 r0 ≥ 0.1 A (1)
Bu yerda, 2 r0 - maydalash kamerasi yuqorida konusning harakat uzunligi:
A - konusli maydalagich yuklash qismining kengligi:
Maydalovchi konusning yuk tushurish qismidagi harakat yo‘li
2r=(0.25-0.3) B (2)
Bu yerda, V - yuk tushirish qismining kengligi, m
Uzun konusli maydalagichlarda maydalovchi konusning aylanish soni jag‘li maydalagichlarning aylantiruvchi vali tezligi kabi aniqlanadi. Ikki holatda ham maydalangan material o‘z og‘irlik kuchi natijasida tushadi.
gt2
h = ----- (3)
2
Bu yerda, h - maydalangan materialning tushish balandligi, m
g - erkin tushish tezlanishi, m/s2
t - erkin tushish vaqti, s
Materialning h balandlikdan erkin tushish vaqti t, s
(4)
Ish unumdorligini aniqlash.
Konusli maydalagichlarda ish unumdorligi o‘z og‘irligi bilan tushadigan materiallar bo‘lsa, ayni jag‘li maydalagichlar kabidir.
Bunda tushayotgan maydalangan mahsulot maydalovchi konus ta'siri ostida V hajmga ega bo‘lgan butun aylana bo‘ylab yursa F abcd, o‘rta diametri dSR bo‘lgan va maydalovchi konusning aylanishi soni (n) bo‘lganda ish unumdorligi quyidagicha aniqlanadi.
Qv = V.n (5)
Konusning bitta aylanishi natijasida tushayotgan material hajmi V = Pdsr Favcdga teng. Aylanma maydalangan material kesim AVSD trapetsiya yuzasi deb qabul qilamiz.

ye +(s1 + ye + s2). 2e + s1 + s2


FAVSD =-------------------- h = ------------. h (6)
2 2
unda
2e +s1 + s2
V =p dsr-----------. h (7)
2
2r
s1 + s2 = 2r va h =--------- ni hisobga olsak, unda
tgα1+tg α2

Pdsr 2r (ye+2)
Qv =-----------------. n. k (8)
tg α1 + tg α2

Qp = Qv. P Di = dsr (9)


Bu yerda, K - tayyor mahsulotning g‘ovaklik koeffitsienti, k= 0,3-0,65
ye - maydalagichning yuk tushirish qismining konuslar yaqinlashgandagi o‘lchami, m
Dn- maydalovchi konustning pastki diametri, m
r - konusning tebranish eksetsentriteti, m
n -maydalvchi konusning tebranish soni
r - materialning hajmiy og‘irligi, kg/m.
O‘rta va kichik maydalovchi konusli maydalagichlarning ish unumdorligi:
Qv = V. k. n = d. L. PDn. K.n (10)
Qv = V. k. n = d. L. PDn. K.n (11)


Yirik maydalovchi konusli maydalagichlarning quvvat sarfini aniqlash.
Maydalagichlarning quvvat sarfining aniqlash formulasining "Kripicheva-Kika" gipotezasi qo‘yilgan va shunga asosan maydalashdagi bajarilgan ish:
σ2SJ.V
A =---------- (12)
2E
Bu yerda, σ2SJ - materialni ishqalanishdagi mustahkamlik chegarasi, Pa
V - material hajmi, m
ye - maydalayotgan materialning bikirlik moduli, Pa
Maydalagichning quvvatini quyidagi tenglik bilan aniqlash mumkin, vt
An π2 σ2SJ Dn. n
N =-------- yoki N = ---------------------- (D2 –d2) (13)
2 12 yeη

Bu yerda, η - maydalagichning F. I. K.


n - harakatdagi konusning aylanish soni, ayl/s


Ma'ruzani mustahkamlash uchun savollar



  1. Konusli maydalagichlarning ish unumdorligiga ta'sir etuvchi omillar nima?

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling