Mavzu: Qurilish materiallarini maydalash qonuniyati


-MA’RUZA: Mavzu: Jag‘li maydalagichlar xarakteristikasi va ishlatilishi


Download 1.74 Mb.
bet5/9
Sana03.05.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1423449
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Uskuna M 1

4-MA’RUZA:
Mavzu: Jag‘li maydalagichlar xarakteristikasi va ishlatilishi.

    1. Jag‘li va konusli maydalagichlarning ishlashi va ularning qo‘llanilishi

    1. Jag‘li maydalagichning konstruksiyasi va turlari.

    1. Konusli maydalagichning konstruksiyasi va turlari.

    1. Jag‘li maydalagichlarning ishlashi va ishlatilishi.

Tayanch iboralar: shkiv, maxovik, jag‘li maydalagich, konusli maydalagich, ekssetrik val, ishlash prinsipi, qamrash burchagi.


Jag‘li va konusli maydalagichlarning qo‘llanilishi
Tayyor mahsulotga va unga bo‘lgan talab mashinalarning modeli, turi, yana ularda ishlatiladigan materiallar xarakteristikasi, texnologik talablarga va texnik ko‘rsatkichlarga bog‘liq.
Yirik maydalash uchun jag‘li konusli (KKD) va urib ta'sir ko‘rsatuvchi maydalagichlardan foydalaniladi. Mashinalarni o‘lchami va turi birinchi maydalash uchun tosh bo‘laklarining o‘lchamlaridan kelib chiqgan holda aniqlanadi. Birinchi maydalashda tosh materiallarni, teng ko‘rsatgichlarda, jag‘li maydalagichlardan foydalangan afzaldir, u oddiy konstruksiyali, ishlashda va xizmat doirasida ishonarliroqdir. Konusli maydalagich xuddi jag‘li maydalagichdakadir, lekin uni yirik maydalovchi zavodlarda ishlatgan afzaldir. Maydalash uchun turi kam uchraydigan kichik va o‘rtacha qattiqlikdagi materiallarni urib maydalaydigan maydalagichlardan ishlatish mumkin (yirik bolg‘ali yoki rotorli). Bo‘laklari o‘lchami 800 mm dan oshmagan holda.
Birinchi bor maydalash uchun maydalagichlarni tanlashda, maydalagichlar sonini kamaytirishga harakat qilish kerak, ko‘proq ishlab chiqarish mashinalarini tanlash hisobiga, bu esa korxonani texnologik sxemalarini soddalashuviga olib keladi, xizmat qilayotgan ishchilar sonini kamaytiradi va ekspluatatsion harajatlarni ham kamaytiradi. Yirik maydalaydigan maydalagichlarda maydalanish darajasi odatda quyidagicha bo‘ladi: jag‘ligida 3 dan 6 gacha, konusligida 5 dan 8 gachadir.
Agar katta darajada maydalash zarur bo‘lsa, unda maydalashni ikki turda olib borish kerak, qachon maydalangan mahsulot kattaligi 15-25 mm dan katta bo‘lmasa uch turda.
Ikkinchi, uchinchi stadiyadagi maydalagichlar mahsulotni tayyor maydalangan holda berishi kerak. Ikkinchi darajali maydalashda jami maydalagichlar, konusli, valli va urib ta'sir ko‘rsatadigan maydalagichlar ishlatilinadi.

Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling