Konstruktorlar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg`ulot-
dan tashqari konstruktorlardan (taxtali, plastmassa, metal va keramika)
foydalanadilar. Bu to'plamlar orqali turli konstruksiyalar yasash
mumkin. Tarbiyachi rahbarligida bolalar oddiy birlashtirish usulidan
suratlar bo'yicha turli xil harakatli konstruksiyalar yasaydilar. Asosiy
diqqat bolalarda ma'lum qismlarini birlashtirish malakalarini
shakllantirishga qaratiladi. Bunda bolalar qo'llarining muskullari ishtirok
etadi, bu yoshda qo'l muskullari hali yaxshi rivojlanmagan bo`ladi.
Tarbiyachi avval konstruktor yig'ishning metodik ko'rsatmalarini
o'rganadi. Tarbiyachi rahbarligida qurilish materiali va konstruktorlar
bolalarga ketma-ket beriladi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg'ulotdan tashqari vaqtda
turli xil konstruktorlardan: yog'ochli, platmassali va metalldan
tayyorlangan konstruktorlardan foydalanadilar. Bolalar bu to`plamlar
yordamida detallarning joylashtirilishi ancha murakkab bo`lgan
qurilmalar yasaydilar. Tarbiyachi rahbarligi ostida bolalar yangi
birlashtirish yo'llarini va turli xil xarakterdagi konstruksiyalarni rasmga
chizmaga qarab yaratishga o'rganadilar. Bu ishlarni bolalarga taklil
etishdan oldin, tarbiyachining o'zi bu konstruktorlar, ularga berilgan
metodik ko'rsatmalar bilan yaxshilab tanishib, o'rganib chiqishi zarur.
Bolalarga qurilish materiallari va konstruktorlar to'plarni hammasi
birdaniga berilmaydi, balki asta-sekin, ketma-ket bolalarning
o'zlashtirishlariga qarab beriladi. .
Birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda qurish-yasashga orgatishning vazifalari.
I kichik guruh. Bolalarga qurilish materiali-kubik, g`ishtcha, turli xil shakldagi shakllar bilan, ularning qanday holatda joylashganligi (g'ishtcha yotibdi, turibdi) bilan tanishtiriladi. Bundan tashqari, kubiklarni gorizontal holda joylashtirish, bir-birining ustiga qo yish, darvoza, uycha qurish kabilar ham o'rgatiladi. Tarbiyachi qurilmalar va tevarak olamdagi tanish predmetlar o'rtasidagi o'xshashlikni topishni bolalardan so'raydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |