Mavzu: qurish yasash o'yinlari orqali mehnatsevarlik tarbiyasi, kirish asosiy qism


Download 143 Kb.
bet1/14
Sana23.12.2022
Hajmi143 Kb.
#1046357
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
QURISH YASASH O\'YINLARI ORQALI MEHNATSEVARLIK TARBIYASI,


Mavzu: QURISH YASASH O'YINLARI ORQALI MEHNATSEVARLIK TARBIYASI,
KIRISH
ASOSIY QISM
1. Maktabgacha ta'lim muassasasida bolalarni qurish-yasashga o'rgatish.
2.Qurish-yasash va uning bolalar tarbiyasida tutgan o'rni.
3.Maktabga tayyorlov guruhlarda qurish-yasashga o'rgatishning vazifalari.
4.Maktabga tayyorlov guruhlarda qurish-yasashga o'rgatishning metod va usullari.


5..Qog'oz va tabiat materiallaridan qurish-yasash
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.
Kirish.
Bolalarning mehnat faoliyatlarini o‘zida qamragan mashg‘ulotlar asosan bog‘cha yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnatlari juda sodda va elementar bo‘lsa ham ularning psixik taraqqiyotlarida juda katta ahamiyatga egadir.
Bog‘cha yoshidagi bolalar bilan o‘tkaziladigan cifatlar natijasida bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tug‘iladi. Kattalarning mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastavval bolalarning o‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Bolalar kattalarning mehnat faoliyatlarini o‘zlarining o‘yinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita qatnashish uchun xapakat qila boshladilar. Masalan.: qiz bolalar onalari kir yuvayotganda ayrim kichikroq narsalarni (dastrumolchalarni) chayishda qatnashadilar. Uy va xovlilarni yig‘ishtirib supurishga, o‘g‘il bolalar esa otasi bajarayotgan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarni mehnatining natijasiga qarab emas, balki mehnat jarayonining o‘ziga qiziqishi psixologik jihatdan xarakterlidir.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ishiga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni bajarayotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlari turgan gap. Lekin bunda bolalarni mexnatga jalb qilmaslik kerak, bolalarning bajaradigan ishlarini kattalarning o‘zlari bir pasda qilib qo‘yishlari mumkin degan ma’no kelib chiqadi. Sharq xalqida bir maqol bor: “Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur”. Bu juda to‘g‘ri, hayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan ko‘z-quloq bo‘lib turish kerak, degan ma’noni bildiradi.
Bolalarda xususan, kichik yoshdagi bog‘cha bolalarida hali mehnat malakalari yo‘q, qo‘l muskullari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shuning uchun bolalar qasddan yoki anqovliklaridan - emas balki eplay olmasliklaridan biron narsani tushirib sindirib yuborishlari mumkin. Ana shunday "falokat" yuz bergan paytda bolani "anqov, ko‘zingga qapacang bo‘lmaydimi" deb urishish yoki koyish yaramaydi. Buning o‘rniga bolaga shu mehnatni qanday qilib bajarishni ko‘rsatib berish lozim.
Bog‘cha yoshidagi bolalarni mehnatsevarlik ruxida tarbiyalashda ularni inoq jamoaga uyushtirish katta ahamiyatga egadir. Jamoa bo‘lib mehnat qilishda tarbiyachi hap bir bolaga ma’lum bir mehnatni bajarishni buyuradi. Ana shu tariqa bolalar jips jamoa bo‘lib mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadilar.
Masalan, katta guruh bolalari jamoa bo‘lib navbatchilik qiladilar. Bunda bir bola stolga dasturxon yozib chiqsa, ikkinchisi qoshiq va vilkalarni qo‘yib chiqadi, uchinchi bola esa stulchalarni qo‘yib chiqsa, to‘rtinchi bola stolga nonlarni qo‘yib chiqishi mumkin. Bog‘chada navbatchilikka o‘rgangan bolalar oilada ham yordamlashadigan bo‘ladilar. Maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning butun kelgusidagi hayotini belgilab berishi sababli maktabgacha taʼlim barkamol shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Shuni hisobga olgan holda, oʼtgan davrda Oʼzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlimni rivojlantirish va samarali faoliyat koʼrsatishiga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi hamda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Kuzatishlar shuni koʼrsatdiki, maktabgacha taʼlim sohasidagi davlat siyosatini toʼliq amalga oshirishdagi mavjud ziddiyatlar maktabgacha taʼlimni boshqarishning amaldagi holati tizimli muammolarni oʼz vaqtida aniqlash va bartaraf etish, mazkur sohada, shu jumladan, nodavlat sektorda zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish imkonini bermayapti; ikkinchidan, maktabgacha taʼlim sohasiga investitsiyalarni jalb qilishga, shu jumladan, ijtimoiy-hammabop maktabgacha taʼlim muassasalarini tashkil etish, ularni moddiy-texnik jihatdan qayta jihozlash va ilgʼor pedagogik texnologiyalarni qoʼllashga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy qilinmagan; uchinchidan, maktabgacha taʼlim muassasalari infratuzilmasi va moddiy-texnik bazasining amaldagi holati bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalari bilan toʼliq qamrab olishni taʼminlashga imkon bermayapti, mamlakatda aholi sonining oʼsishi ayrim maktabgacha taʼlim muassasalarining haddan tashqari bandligiga olib kelmoqda; toʼrtinchidan, milliy madaniy-tarixiy qadriyatlarni aks ettiruvchi va bolalikdan kitob oʼqishga qiziqishni uygʼotuvchi oʼquv-metodik, didaktik (shu jumladan, oʼyinlar va oʼyinchoqlar) materiallar va badiiy adabiyotlarni tayyorlash hamda maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyatiga joriy etish ishlari zamonaviy talablarga javob bermaydi; beshinchidan, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning amaldagi tizimi maktabgacha taʼlim sohasini bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish masalalarini professional darajada hal etishga qodir yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlay olmaydi; oltinchidan, maktabgacha taʼlim muassasalari xodimlarini moddiy ragʼbatlantirish tizimining past darajada ekanligi malakali kadrlarni jalb qilish imkonini bermayapti; yettinchidan, maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat koʼrsatish boʼyicha hududiy sogʼliqni saqlash organlari ishini tashkil etishdagi kamchiliklar bolalarning hayoti va sogʼligʼini himoya qilish, shu jumladan, sogʼlom ovqatlanishini taʼminlash boʼyicha profilaktik chora-tadbirlar samaradorligining pasayishiga olib kelmoqda. Shu sababdan maktabgacha taʼlimni boshqarishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, tarbiya va oʼquv jarayonini takomillashtirish, maktabgacha taʼlim muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan toʼldirish, ularning infratuzilmasi va moddiy-texnik jihozlanishini yaxshilash maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 -yil 9 sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini tubdan takomillashtirish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ–3261-sonli Qarori qabul qilindi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 7 fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʼyicha Harakatlar Strategiyasi toʼgʼrisida”gi PF-4947-son Farmoni , 2016-yil 29 dekabrdagi “2017-2021 -yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-2707-son qarori, 2019-yil 8-maydagi “Oʼzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PQ–4312-son Qarori, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 -yil 13 maydagi 391-son “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlar maktabgacha taʼlim sohasini isloh etishning huquqiy asosi boʼlib xizmat qilmoqda.
“2017-2021 -yillarda maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-2707-son qaror maktabgacha taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʼini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlash, bolalarni maktab taʼlimiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, taʼlim-tarbiya jarayoniga zamonaviy taʼlim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilganligi maktabgacha taʼlim tizimini tubdan isloh qilishning muhim bosqichi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.


Download 143 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling