Mavzu: Qushlar va sut emizuvchilar biozararla nish manbalari (6-soat) Reja


Madaniy yodgorliklar,me’morchlik va sanoat inshoatlarining zararlanishi


Download 1.34 Mb.
bet4/23
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#247652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
8-9-10 mavzu

Madaniy yodgorliklar,me’morchlik va sanoat inshoatlarining zararlanishi

Uzoq tarixni qamrab olgan ko’psonli yodgorliklarga, katta madaniy qimmatga ega bo’lgan yirik shaharlarda bo’lganimizda nochor ahvolga kelib qolganligini guvohi bo’lamiz. Haykallar va binolarda zich qo’nib turgan ko’k kaptarlarni, ularning ahlatlari bilan bulg’anganligini, yuzasini misli zich oq pansir bilan qoplanganligi, allaqachon kuchli korroziyasi bilan izlari ko’rinib turadi. San’at shunoslar va mutahasislar qushlardan g’ishtli imoratlarni va haykallarni, metalli yodgorliklarni, bino tomlarini bunday ifloslanishlarni oldini olish bo’yicha amaliy tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan, bu masalani hal etish o’zining dolzarb ligini saqlab kelmoqda. Baliqchi qushlar G’arbiy Yevropa shaharlari binolarining yassi tomiga o’z uyalarini qo’yib, faol harakatdagi qichqiriq ovozlari bilan aholini bezovtalantirmoqda. Qarg’alar va zog’chalar, ibodathonalar peshtoqlaridagi gumbazlarga qo’nishga intilib oltin bilan yuritilgan qoplamalarni tirnash, mavjud metallar korroziyani kuchayishiga olib kelish bilan katta moddiy zarar yetkazmoqda (Ilichev, Bochorov, Anisimov va b. 1987). O’rta Osiyoda, xususan , O’zbekistonda XIV-XV asrlarga oid bir qator qadimgi tarixiy obidalar, memorchilik yogorliklari, maqbaralari, madras va masjidlar mavjud bo’lib, o’tmish xalqlari madaniyati, san’ati, fanining naqadar yuksak darajada bo’lganligini namoyon etadi. Bu qadimgi tarixiy obidalar, yodgorliklar maqbara va madrasalar ajdodlardan avlodlarga meros bo’lib, ular respublikamizda qonunda belgilab qo’yilganidek, davlat muhofazasiga olingan. YUNESKO va qator nufuzli Xalqaro tashkilotlar tomonidan Samarqand, Buxoro, Xiva, Shaxrisabz shaharlari O’rta Osiyoning yirik turizim xorijiy mehmonlarining qadamjolari, ziyorat qiladigan shaharlari ro’yhatidan munosib o’rin olganligi, ularning naqadar qadri qimmati yuqoriligini ko’rsatadi. Qushlarning qadimgi tarixiy memorchilik yodgorliklari, maqbara, madrasalar, masjidlar bilan ekologik aloqalarini atroflicha o’rganish muhum nazariy va katta amaliy ahamiyatga egadir. 2750 yillik tarihga ega bo’lgan Samarqand shahri me’morchilik yodgorliklari, maqbaralari bilan qushlarning ekologik aloqlarini, biologiyasi, ekologiyasi va ularning ahamyatini Samarqand Davlat Universiteti olimlari o’rgangan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida memorchilik yodgorliklarida, maqbaralarida kaptarsimonlar, uzun qanotlar va chumchuqsimonlar turkumlariga mansub 10 dan ziyod tur qushlar : ko’k kaptar, halqali musicha, kichik musicha, qora uzun qanot, hakkalar, zog’chalar, go’ng qarg’alar, ola qarg’alar, hind chug’urchig’i va dala chumchuqlari qayd etildi. Qushlarning soni ayniqsa, Registon maydonidagi Tillakori, Ulug’bek, Sherdor madraslari va Go’ri-Amir maqbarasida yuqoriligi aniqlandi. Qushlar uchun tarixiy yodgorliklar qulay uya qo’yish, dam olish va tunash joylari bo’lib hisoblanadi. Kaptarsimonlar va chumchuqsimonlar turkumlari vakillarining ahlatlari bilan obidalar gumbazlarida, peshtoqlarga har xil g’allasimon va boshqa o’simliklarni urug’lari tushib va o’sishi tufayli, shuningdek, ahlatlari bilan memorchilik yodgorliklarini zararlanishlariga sabab bo’lmoqda (Sagitov, Djabborov, Bayturayev 1987, Djabborov 1987, 1996; Alibekova, Djabborov 2002; Shernazarov, Lanavenkov, Ayupov, Jabborov, Boqayev, 2006; Jabborov, Fundukchiyev 2006).

Kurkunakalarning asalarichilikka zararli faoliyati qadimdan ma’lum. Lekin O’zbekistonda kurkunaklarning asalarichilikka yetkazayotgan zarari va uni oldini olish choralari atroflicha o’rganilmaganva tahlil etilmagan.

T.Z.Zohidov va R.N. Meklenbursev larning ma’lumotlariga ko’ra, tilla rang kurkunaklar kuzda asalarichilik xo’jaliklarida to’olanishib asosiy ozuqalari ishchi arilar bo’lganligi tufayli, asalarichilar bu qushlarni juda zararli deb hisoblaydi. Kuzda uchib kelayotgan tilla rang kurkunaklarning hujumidan asalarilarni saqlash maqsadida asalarichilar ov qurollaridan foydalanadilar. Bu turning migratsiya oldi harakatlari boshlanganida qo’llanilgan tadbir kutilgan natijani bermaydi.

Kurkunaklardan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatidagi dalalardagi asalarichilar ayniqsa, katta zarar ko’radilar. Olib borilgan hisoblarga ko’ra, bir soat davomida bir kurkunak o’rtacha 30-40 dona, bir kunda esa bir necha yuzlab asalarilarni yeyishi aniqlangan ( Jabborov, Fundukchiyev,2003).




Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling