Mavzu: Qushlar va sut emizuvchilar biozararla nish manbalari (6-soat) Reja


Qushlar tomonidan sodir etilayotgan biozararlanishdan himoya qilishning asosiy yo’nalishlari


Download 1.34 Mb.
bet5/23
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#247652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
8-9-10 mavzu

Qushlar tomonidan sodir etilayotgan biozararlanishdan himoya qilishning asosiy yo’nalishlari

Himoyalanish vositalarini ularning organizmiga ta’sir etish nuqtai nazaridan baholab, sodir etilayotgan zararlanishlarni oldini olish uchun qo’llaniladigan tadbirlarni 3 kategoriyaga bo’lish mumkin. Birinchi kategoriyaga obyektga shikast yetkazishdagi urinish yoki u bilan oddiy kontaktda bo’lishida organizmning halok bo’lishiga olib keladigan (biosid) vositalar kiradi. Ikkinchi kategoriya organizmlarni fiziologik holatini yomonlashishiga olib keladigan – qaytariluvchan va faqat bevosita obyekt yaqinidagi hududda olib boriladigan vositalar kiritiladi. Nihoyat, uchunchi kategoriya etologik deb nomlangan vositalar, organizmning fe’l atvoriga ta’sir etish qobilyatiga ega bo’lib, ular obyektlardan faol qochish reaksiyalarini uyg’otadigan tadbirlar.

Yuqorida ko’rsatilganlardan tashqari, ekologik vositalar, qanday afzallikka ega? Boshqa biozararlanishdan himoyalanish vositalariga nisbatan, ular iqtisodiy arzon, tejamli, samarali, ishonchli, muammoni yechishda birdan bir dolzarb yo’nalish hisoblanadi. Va nihoyat, ekologik vositalar biosfera monitoringining tarkibiy qismi sifatida himoyalanish chora tadbirlari tizimiga juda yaxshi qo’shilib ketadi.

Ornitologlar o’tgan asrning 50-yillarida ilk bor repellent signallarini o’rganib qushlardan aerodromlarni va qishloq xo’jalik ekinlari maydonlarini himoya qilish uchun amalda qo’llab ko’rdilar. Keyinchalik, etologiya bilan qishloq xo’jalik va aviatsiya chorrahalarida yaxlit ilmiy-amaliy yo’nalish- ,, qushlar fe’l atvorini boshqarish’’ boraida tadbirlar olib borildi.

Hozirgi vaqtdagi qushlarning biozararlanish faoliyatidan himoyalanish maqsadida akustik, optic, kimyoviy, mexanik ( himoyalanish-izolyatsiya) va ekologik, kombinatsiyalangan vositalardan foydalanishga asoslangan keng qo’llanilayotgan usullar jumlasiga kiradi. Ko’rib turganingizdek, bunday vositalarni klassifikatsiyalash negizida ta’sirot ta’sir kuchining boshlanishi va qisman uning qushlarga ta’sir etish samarasi yotadi(Ilichev, Bocharov, Anisimov va b.,1987).


Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling