Mavzu: Qushlar va sut emizuvchilar biozararla nish manbalari (6-soat) Reja


Qushlarning energetic qurulmalardagi ziyoni


Download 1.34 Mb.
bet3/23
Sana08.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#247652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
8-9-10 mavzu

Qushlarning energetic qurulmalardagi ziyoni
Keyingi 10 yillarda go’ng qarg’alar, laylaklar va boshqa qushlar elektr uzatish liniyalarining ustunlariga, metalli konstruksiyalariga uya qurushga moslashgan. Bu hollarda ular uya qurush uchun, odatdagi uya materiallari bilan birgalikda ustunlar atrofida toplanib qolgan sim bo’laklaridan foydalaniladi. Qushlar tomanidan elektr liniyalarida qisqa to’qnashuvlar sodir etilishi avariyali holatlarni keltirib chiqaradi. Natijada ishlab chikarish korxonalari, kommunikatsiya xizmatlari, sog’liqni saqlash tarmoqlari, aholi punktlari va boshqalar energiya ta’minotidan mahrum boladi. Laylaklar o’zlarining og’ir uyalarini temir yo’l stansiyalariga o’natib temir yo’l transporti harakatiga jiddiy xalaqit bermoqda. A.M. Bolotnikov va uning xodimlari (1981) ma’lumotlariga ko’ra, go’ng qag’alarning elektr uzatish liniyalari ustunlarida joylashgan uyalari (bir ustunda 55 tadacha uya borligi sanalgan), energiya tarmog’ida avariyali holatlarni keltirib chiqaradi (har olti ustunda uya qurish mavsumida 15 tagacha avriyalar qayt etilgan). Oqibatda, joylarda iqdisodiy zararlar hajmi oshib bormoqda.

O’zbekiston sharoitida oq laylaklarning yuqori kuchlanishli elektr ustunlariga uya qo’yishlari Farg’ona vodiysi elektr tarmoqlari ishiga juda katta zarar etkazmoqda. Masalan, faqatgina Namangan elektr tarmoqlari korxonasida 1994- yilda oq laylaklarning uya qo’ishlari tufayli 92 marotaba qisqa tutashuvlar sodir etilgan. Shundan 40 tasi oq laylaklarning suyuq ahlatlari orqali, 52 tasi esa bevosita oq laylaklarning o’zlari orqali yuzaga kelgan. 1995-yilning yanvar, fevral, mart va aprel oylari ichida 4 marotaba ana shunday qisqa tutashuvlar qoyd etilgan. 1995-yil 25 mayda Namangan viloyatining Pop tumani hududuga <> stansiyasidagi oq laylaklar tomanidan etkazilgan moddi zarar bir necha o’n ming so’mni tashkil etdi (Jabborov, Mamashukurov, 1997).




Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling