Mavzu: Quyosh eng yaqin yulduz. Reja: Quyosh xaqida umumiy ma’lumot Quyoshning spektral va kimyoviy tarkibi
Download 134.17 Kb.
|
Quyosh eng yaqin yulduz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Yorug‘lik aberratsiyasining kashf etilishi. 7. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR QUYOSH.
Mavzu: Quyosh eng yaqin yulduz. REJA: 1.Quyosh xaqida umumiy ma’lumot 2. Quyoshning spektral va kimyoviy tarkibi 3.Quyosh temperaturasi. 4. Yulduzlar xrakteristikalari: rangi, spektrlari va temperaturasi 5. Quyosh sistemasida masofalarni aniqlash 6. Yorug‘lik aberratsiyasining kashf etilishi. 7. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR QUYOSH. Quyosh bepoyon koinotdagi yulduzlarning Erga eng yaqini bo‘lib, u Quyosh sistemasining markaziy jismi va bu sistemada yorug‘lik va issiqlik va hayot manbaidir. Quyosh gardishining (Erdan 1.a.b. uzoqlikda) diametri 32/ 00// ga, Er o‘z orbitasining perigeliyga kelganida (3 yanvarda) u 32/ 35// ga Er afeliyda 4-iyulda bo‘lganida esa 31/ 31// ga teng bo‘lib ko‘rinadi. Quyoshning radiusi 696000 km, hajmi 1,41x1033 sm3, o‘rtacha massasi 1,99x1033 g va hamma sayyoralarning jami massasidan 750 marta katta. Bunday o‘lchamlarga mos kelgan o‘rtacha zichlik r=1,41g/sm3 bo‘lib, Quyosh sirtidan og‘irlik kuchi tezlanishi Erdagidan 27 marta katta bo‘ladi. Quyosh nurlanishini kuzatish mumkin bo‘lgan tashqi qatlamlari Quyosh atmosferasi deyiladi. Quyosh atmosferasidagi temperaturaning o‘zgarishiga qarab, u shartli ravishda uch qismga bo‘lingan. Ko‘zni qamashtiradigan yorug‘ fotosferani (yorug‘lik sferasi) Quyosh gardishi qilib kuzatamiz. Uning yorug‘ligi Quyosh gardishi chetlariga tomon kamayib borgani bevosita kuzatishlardan ko‘rinib turadi. Fotosferaning yuqori qismida temperatura Quyosh uchun eng minimal qiymat-430046000 K ga teng. Fotosferani tashkil etgan modda plazma holatida bo‘ladi. Faqat fotosferadagina vodorod neytral holatda ham uchraydi. Boshqa elementlarda to‘la ionlashgan bo‘ladi. Fotosferani kuchli teleskoplardan kuzatilganda yoki fotosuratga olinganda, u bir tekis yorug‘ bo‘lmay, ko‘p sondagi qoramtir oraliqlar bilan ajratilgan, o‘rtacha kattaligi -1//, ya’ni -1000 km atrofidagi ayrim oq donachalardan iborat ekani ko‘rinadi. Gurunch donalariga o‘xshagan ko‘pgina uzunchoq noto‘g‘ri shaklidagi bu oq donachalarga granulalar deyilib, granulalarning paydo bo‘lish hodisasi granulyasiya deyiladi. Ayrim granulaning umri o‘rta hisobda 5 minut bo‘lib, ularning biri o‘rniga ikkinchisi paydo bo‘lib, almashinib turadi. Granulalarda spektral chiziqlar binafsha tomonga, oraliqlarda qizil tomonga siljigan bo‘ladi, ya’ni Dopler prinsipiga binoan granulalarda modda yuqoriga ko‘tarilib, oraliqlarda pastga tomon harakat qilar ekan. Bunda harakat tezligi 1-2 km/sek bo‘lib, u Quyoshdagi gaz oqimlarining “qaynab” aralashib turishi, konveksiya hodisasidan darak beradi. Fotosfera ustida birinchi galda ko‘zga tashlanadigan ob’ektlar Quyosh dog‘laridir. Quyosh dog‘ining paydo bo‘lishidan oldin, fotosferada kichkina qora kovakchalar paydo bo‘ladi. Odatda bir kundan keyin kovakchadan aniq chegaraga ega bo‘lgan bitta yoki ko‘p sonli mayda dog‘chalar bilan o‘ralgan ikkita asosiy dog‘dan iborat dog‘lar guruhlari hosil bo‘ladi. Etilgan asosiy dog‘ qoraroq markaziy soya (yadro) dan va uni atroflama o‘rab olgan yarim soya (yadroga nisbatan yorug‘lik polosa)dan iborat bo‘ladi. 42-rasm. Quyosh dog‘lari Dog‘ning markaziy qatlamida temperatura 45000 K atrofida, ya’ni Quyoshning o‘rtacha temperaturasidan 15000 pastroq. SHuning uchun dog‘ o‘z atrofidagi yorug‘ fotosferaga nisbatan qora bo‘lib ko‘rinadi. Dog‘larning umri o‘rta hisobda 2-3-oyga teng. Ammo bir kuniga kuzatilgan va 1 yillik ortiq vaqt ichida kuzatilib turgan dog‘lar ham bor. Ba’zi dog‘lar Er diametridan 10 marta katta bo‘ladi. Dog‘lar asosan Quyosh ekvatori sohasida (kengligi +300 geliografik kenglamalarda) kuzatiladi. Kengligi +450 kenglamalardan boshlab (qutblar tomonga) ular kuzatilmaydi. Quyoshning umumiy o‘rtacha magnit maydoni 1 ersted atrofida. Ba’zi joylarda u o‘ndan yoki yuzdan ortiq erstedga ko‘tariladi. Bunday sohalarda oqarib ko‘rinadigan dog‘lar mash’allar kuzatiladi. Ular Quyosh gardishi chetlarida ayniqsa aniq ko‘rinadi. Ularning temperaturasi atrofdagi temperaturaga nisbatan 200-3000 ga yuqori bo‘ladi. Mash’allar ko‘pincha dog‘ guruhlari atrofida, ba’zan esa mustaqil o‘zlari kuzatiladi. Ularni qutblar soxasida kuzatish ham mumkin. Dog‘lar va mash’allar Quyosh gardishi ustida g‘arbdan sharqqa tamon sutkasiga taxminan 130 tezlik bilan to‘xtovsiz siljib turadi. Bu siljishlardan va disk chetida spektral chiziqlarning Dopler prinsipiga binoan siljishlarini o‘lchashlar natijasida Quyosh o‘zi atrofida g‘arbdan sharqqa tamon aylanishi aniqlangan. Quyoshning aylanish o‘qi ekliptika tekisligi bilan 7015/ burchakni tashkil etadi. Ammo Quyosh qattiq jism kabi aylanmaydi. Uning ekvator sohalarida siderik aylanishi davri 25 sutkaga teng 600 geliografik (Quyosh ekvatori tekisligidan gardish ustida berilgan nuqtagacha bo‘lgan yoy) kenglama 30 sutka va qutblar sohasida 35 sutkani tashkil etadi. Er Quyosh atrofida aylanganida Quyoshning aylanishi Erdan bir oz sekinlashib ko‘rinadi. Ekvatorda bu (sinodik) davr 27 sutka, qutblarda 37 sutka atrofida bo‘ladi. Download 134.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling