Mavzu: Quyosh eng yaqin yulduz. Reja: Quyosh xaqida umumiy ma’lumot Quyoshning spektral va kimyoviy tarkibi
Download 134,17 Kb.
|
Quyosh eng yaqin yulduz
Qo‘shaloq yulduzlar
Bir qarashda osmonda yulduzlar yakka-yakka uchraydigandek tuyulsa-da, aslida ularning ko‘pchiligi ikkitadan, uchtadan va undan ham ko‘proq holda o‘zaro dinamik bog‘langan qo‘shaloq yulduzlar ko‘rinishida bo‘ladi. Qo‘shaloq yulduzlar optik qo‘shaloq, fizikaviy, vizual, spektral, tutilma yoki to‘siluvchan, karrali qo‘shaloq yulduzlar tarzida uchraydi. Optik qo‘shaloq yulduzlar bir-biridan ancha uzoqda joylashgan bo‘lsa ham,osmon sferasida bir-biriga yaqin joyga proeksiyalanadilar. Agar qo‘shaloq yulduzlarni ularni tashkil etuvchilarini teleskopda ayrim-ayrim ko‘rish mumkin bo‘lsa, bunday qo‘shaloq yulduzlarni vizual qo‘shaloq yulduzlar deyiladi. Vizual qo‘shaloq yulduzlarga Katta Ayiq yulduz turkumining yulduzini (“cho‘mich) olish mumkin. Bu yulduzga yaqin joylashgan Alqor (Otliq) va Mitsar yulduzlari bir-biridan 12/ masofada joylashgan (45-rasm). 45-rasmda qo‘shaloq yulduz orbitasining fazoda joylashishi tasvirlangan. Uch yoki undan ortiq qo‘shaloq yulduzlardan tashkil topgan sistemalar karrali sistemalar deyiladi. Liraning ε yulduzi bir-biridan 3` masofada joylashgan 4-yulduz kattaligidagi ikkita bir xil yulduzdan iboratligi ko‘rinadi. Agar yulduzlarni uzoq yillar kuzatib borish natijasida ular bitta sistemani tashkil etishi va o‘zaro tortishish kuchi ta’sirida, massalarining umumiy markazi atrofida aylanishlari ma’lum bo‘lsa, u holda ularni fizik qo‘shaloq yulduzlar deb ataymiz. Ba’zi hollarda qo‘shaloq yulduzni tashkil etgan ikki yulduz bir-birining atrofida aylanib, o‘zaro yaqinlashadi va bunday holatda ularni eng kuchli teleskop yordamida ham ayrim-ayrim ko‘rish mushkul bo‘ladi. Bunday yulduzlarni faqatgina spektrlariga qarab aniqlash mumkin va ularni spektral qo‘shaloq yulduzlar deb ataymiz. Spektral qo‘shaloq yulduzlarning spektrida chiziqlar siljishining o‘zgarish davri qo‘shaloq yulduzlarning aylanish davriga teng bo‘ladi. Hozirgi paytda 1500 tacha spektral qo‘shaloq yulduzlar aniqlangan (46-rasm). Spektral qo‘shaloq yulduzning komponentalari umumiy massa markazi atrofida o‘zaro aylanayotganlarida bir-birlarini galma-gal to‘sib o‘tishlari mumkin. Bunday yulduzlarni to‘siluvchan yoki tutilma qo‘shaloq yulduzlar deb nomlaymiz. Bunday yulduzlarga Persey yulduz turkumidagi β Algol yulduzini misol qilib olish mumkin. Algolning yorug‘ligi 2 kunu 11 soat davomida o‘zgarmay turadi, so‘ngra uning yulduz kattaligi 5 soatda 2,3 dan 3,5 gacha kamayadi, keyingi 5 soat ichida u yana o‘zining avvalgi yorug‘ligiga qaytadi. YUlduzlarning qo‘shaloq bo‘lishi keng tarqalgan hodisa bo‘lib, barcha yulduzlarning 30 foizga yaqini qo‘shaloq holda uchrashi kuzatilgan. Download 134,17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling