Mavzu: Quyosh eng yaqin yulduz. Reja: Quyosh xaqida umumiy ma’lumot Quyoshning spektral va kimyoviy tarkibi
Quyosh va Oy tutilishlari, tutilish
Download 134.17 Kb.
|
Quyosh eng yaqin yulduz
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Quyosh va Oy tutilishlari, tutilish
shartlari va ko‘rinishlari. Quyosh tutilishlari yangioy paytida sodir bo‘ladi. Agar Oy orbitasi tekisligi ekliptika tekisligi bilan ustma ust tushganda, har yangioy paytida Quyosh tutilishi bo‘lar edi. Ammo, Oy orbitasi ekliptikaga og‘ma bo‘lganidan Oy yangioy paytida ko‘pincha Quyoshdan shimolroqdan yoki janubroqdan o‘tadi va Oyning soyasi Erga tegmay o‘tadi. YAngioy ekliptikada yoki ekliptika yaqinida, yani Oy orbitasi tugunlaridan birortasining yaqinida bo‘lgandagina tutilish ro‘y beradi. Quyoshning tutilishi Er sirtining turli nuqtalari uchun turlicha ko‘rinishda bo‘ladi. 35-rasm. Quyosh tutilishi. Er sirtining RR/ = 270 km lik zonasida to‘la tutilish R/0/ va RO zonalarida esa qisman tutilish sodir bo‘ladi. Oy Er atrofida ellipssimon aylana chizib aylanganligidan, Er va Oy orasidagi masofa o‘zgarib turadi. Agar Oy Erdan uzoqlashgan holda tutilish sodir bo‘lsa, bunday tutilish halqasimon tutilishda, Quyosh diskining chetlari Oyning qora diski atrofida ravshan halqa shaklida ko‘rinadi. Erning turli nuqtalaridagi tutilishlar, turlicha vaqtda boshlanadi. Haqiqatdan, Oyning Er atrofidagi harakati va Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida, Oyning soyasi Er sirtida taxminan g‘arbdan sharqqa tomon siljiydi. Quyoshning to‘la tutilishi payti astronomik ahamiyatga ega. CHunki bu paytda Quyosh sirtida bo‘ladigan jarayonlarni kuzatish va rasmga olish mumkin. Tutilish ikki soatdan ortiq davom qilishi mumkin, ammo to‘la tutilish bir necha minutgina davom etadi (7 minutdan ortiq emas, ko‘pincha 2-3 minut), chunki Oyning diski Quyoshning ko‘rinma diskidan ozgina kattaroq, holos. SHuning uchun butunlay to‘sib turish uzoqqa cho‘zilmaydi. Oy tutilishi Oyning Er soyasiga kirgan paytda sodir bo‘ladigan hodisadir (36-rasm). 36-rasm. Oy tutilishi. Oy Erdan 384000 km uzoqda joylashgan bo‘lishidan qat’iy nazar, Oyning aylanish orbitasi, ekliptikada yoki ekliptikaga yaqin bo‘lsa, albatta Oy tutilishi sodir bo‘ladi. Oy G‘arbdan SHarqqa tomon harakat qilganidan, Er soyasiga Oyning sharqiy (chap) cheti avval kiradi. Quyoshdan kelayotgan nurlar to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakat qilganidan Erning soyasi, yarim soya va soya shaklida bo‘ladi. Agar Oy Erning soyasiga butunlay kirsa, u holda to‘la tutilish bo‘ladi, agar Oy soyaning chetidan o‘tsa, tutilish qisman bo‘ladi. Er soyasining diametri Oyning diski diametridan deyarli 2-5 marta katta bo‘lganidan Oyning to‘la tutilishi Quyoshning tutilishiga qaraganda ancha uzoq, taxminan 2 soatcha davom qilishi mumkin. To‘la tutilish vaqtida Oy odatdagidan kuchsiz nur sochib, qizg‘ish mis rangiga kiradi. Tutilish tugagandan so‘ng Oy yana asl rangida nur socha boshlaydi. Oy va Quyosh tutilishlari bo‘lishi uchun yangioy yoki to‘linoy orbitaning tugunlarida yoki uning yaqinida bo‘lishi shart. CHiqish va tushish tugunlari ekliptika bo‘ylab bir-biridan 180o farq qilganidan Quyosh har yarim yilda tugunlarning biridan bir marta o‘tadi. SHuning uchun har yili taxminan bir oyga yaqin davom etadigan ikkita tutilish “fasli” bo‘ladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR I.F.Polak. “Umumiy astronomiya kursi”, O‘qituvchi nashriyoti, Toshkent, 1965 y. G.Mursalimova, A.Raximov. “Astronomiya”, O‘qituvchi nashriyoti, Toshkent, 1976 y. M.Mamadazimov. “Astronomiya”, O‘qituvchi nashriyoti, Toshkent, 2003 y. B.A.Voronsev Velyaminov. “Astronomiya”, O‘qituvchi nashriyoti, Toshkent, 1995 y. Download 134.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling