Mavzu: Rangtavirda natyurmort chizish bosqichlari. Natyurmort ishlash. Darsning maqsadi: Ta’limiy
O’TIBDO’. _____________________ Sana._________ Sinf.___________ Mavzu: Rangtavirda natyurmort chizish bosqichlari. Natyurmort ishlash
Download 1.08 Mb.
|
1 2
Bog'liq7-sinf Tasviriy san\'at Rangtasvirda natyurmort chizish bosqichlari Natyurmort ishlash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rivojlantiruvch
- Darsning borishi
O’TIBDO’. _____________________
Sana._________ Sinf.___________ Mavzu: Rangtavirda natyurmort chizish bosqichlari. Natyurmort ishlash. Darsning maqsadi: Ta’limiy: O'quvchilami natyurmort chizish, qalam va mo'yqalam bilan ishlash malakalarini o'stirish. Tarbiyaviy: Badiiy-estetik didni o'stirish, Kuzatuvchanlik va emotsional sezgirligini takomillashtirish. Rivojlantiruvchi: Bilish faolliklarini takomillashtirish , emotsionai-estetik sezgirligini rivojlantirish . O’tish usuli: Tushuntirish , suhbat, ko’rsatmalilik. Dars jihozi: Mevalar natyurmorti aks ettirilgan rassomlar asarlarining reproduktsiyalari, slaydlar, rasmlar. FK-1:mavzu yuzasidan bilimlarni boyitish,uslublarni o’rganadi. . FK-2: mavzuga oid tayanch tushunchalarni tahlil qiladi,ajrata oladi. TK-3:mavzu yuzasidan o’z ustida ishlaydi. TK-5:axborotlar bilan ishlash. TK-6: aniq o’lchamlarni ola biladi. Darsning borishi: I. Darsni tashkil qilish. 1. Salomlashi 2. Davomatni aniqlash. 3. O’quvchilarni darsga tayyorlash. II. Uy vazifani tekshirish: Oldingi mavzu yuzasidan rasmni tekshirish. III. Yangi mavzu bayoni. Natyurmort haqida tushuncha beriladi, rassomlaming asarlari yordamida suhbat uyushtiriladi. Natyurmort ("jonsiz tabiat") ma’nosini anglatadi. Natyurmortda insoniyat hayoitida ishlatiladigan meva va sabzavotlar, gullar, turmushda qo'llaniladigan turli asbob-uskunalardan foydalanilishi ham qayd qilinadi. Natyurmort XVII asrning boshlarida Gollandiyada paydo bo’lgan. Ko’plab mamlakatlarga tarqalgan, ayniqsa XVIII asrning o’rtasida tasviriy san’atda keng rivoj topgan mustaqil janr hisoblanadi. Rangtasvir san’atning nodir ustasi fransiyalik rassom Jan Batist Simeon Shardenning ‘San’at atributlari’ mavzusidagi natyurmort asarini kuzatganimizda oddiy narsalarning yuksak badiiy tasvirini ko’ramiz. O’zbekiston tasviry san’atida rassomlaridan N. Kashina, Z.K ovalevskaya , Y. Yelizarov, R,Ahmedov , G’ Abdurahmonov kabi ko’plab natyurmort janrining ustalari o’lkamiz noz ne’matlarini o’z asarlarida mohirona ifodalaganlar. Natyurmort mustaqil janr bo’lishi bilan birga mavzuli suratlardagi asarlarning mazmunini ochib berishda ko’maklashuvchi , uni to’ldiruvchi vosita bo’lib ham xizmat qiladi. G’ofur Abdurahmonovning ‘ Natyurmort asarlarida turli mevalar, poliz ekinlaridan qovun va tarvuz, milliy matolar o’ta jozibali tasvirlangan. Mo’yqalam sohiblari asar mazmunini ochishda iliq sarg’ish, to’q qizil ranglarni atrofdagi yashiltop kabi turli tuman ranglar bilan uyg’unlashtirib tasvirlash tufayli suratning o’ta tasirchanligiga erishganlar. Biror mavzudagi natyurmort asarini yaratishda ijodkorning ko’z o’ngida bo’lajak natyurmort yaxlitligicha gavdalanadi. Va unga mos narsalar tanlab e’tibor bilan joylashtirish haqida fikr yuritiladi. Xomaki eskizlar chizadi. Va shu eskizlar asosida kompozitsiya tuziladi. Natyurmort mazmunli bo’lishi uchun kichikroq narsalar oldinda, yiriklari orqa ko’rinishda tasvirlanadi. Natyurmort ufq chizig’idan pastroqda joylashadi. Shunda narsalarning fazoviy holati va tekisligi yaxshi ko’rinadi. Natyurmort sinchklab kuzatiladi. Natyurmort kompozitsiyasini qog’ozga to’g’ri joylashtirish maqsadida qog’ozdan yasalgan maxsus asbob videoiskateldan foydalanish yaxshi natija beradi. Akvarel bo’yog’i bilan ishlashni boshlash tasvirning oppoq joyini belgilashdan boshlab qolgan hammasi suyuq bo’yoq eritmasi bilan qoplab chiqiladi. Soyalarni birdan qoraytirib yubormasdan, asta-sekinlik bilan bir qatalam qurigach ikkinchisini surtish kerak. Oxirgi bosqichda ingichka mo’yqalam bilan bo’laklarini ishlab chiqish, narsalarning asoslari yonidan soyalarini biroz to’qlashtirib, natyurmortning yaxlit va hamohang ko’rinishiga erishiladi.O'qituvchi darslikda berilgan rasmlar va savollar asosida o'quvchilami darsda bajariladigan ish mazmuni bilan tanishtiradi. a) Darslikda berilgan Ko’za ,anor, qovun rasmini ishlash bosqichlari ko'rsa-tiladi. Anor yoki qovunga qarab, uning rasmini ishlash yuzasidan ko'rsatmalar beriladi b)Amaliy mashg'ulot: O'quvchilar avval darslikda berilga natyurmortni bosqicha- bosqich ishlaydilar. III.Amaliy ish: Berilgan natyurmort ishlash. IV. Darsni mustahkamlash. 1. Natyurmort nima? 2. Natyurmort janri nimani aks ettiradi? 3. Natyurmortchi rassomlardan kimlarni bilasiz? 4. Natyurmort kompozitsiyasi nima? 6. Natyurmort janrida nimalar tasvirlanadi V. Uyga vazifa: Mavzuga oid tasvirlar ishlash va sinf ishlarini yakunlash.. O’TIBDO’. _____________________ Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling