Mavzu: Raqamli dasturda boshqariladigan qurilmalari va tizimlarini elementlari


Download 445.27 Kb.
bet4/6
Sana18.02.2023
Hajmi445.27 Kb.
#1212389
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Raqamli dasturda boshqariladigan qurilmalari va tizimlarini

Programma asosida boshqarishning analogli sistemalarida informatsiya programma beruvchidan yoki teskari aloqa datchigidan taqqolovchi qurilmaga sonli kodda emas, balki o`zgartirilgan ko`rinishda boradi. Berilgan songa proporsional bulgan analogdan foydalaniladi.
Programma asosida boshqarishning kodli sistemalari maxsus kodli datchiglardan foydalanishga asoslangan. Xaqiqiy siljishning sonli koddagi ko`rsatgichlari datchikdan olinadi va perfolentadan xisoblanayotgan programmaga taqqoslanadi.
Programma asosida boshqarishning impulsli sistemalarida dastlabki programmadan tushadigan impulslar sonini xaqiqiy siljish kattaligiga muvofiq teskari aloqa datchigi ishlab chiqqan impulslar soniga taqqoslash prinsipidan foydalaniladi. Impulsning berilgan sonlari xamda teskari aloqa datchigi ishlab chiqqan sonlari mos kelganda yuritish dvegateli uzib qo`yiladi.Programma asosida boshqarish sistemalari texnalogik vazifasiga ko`ra pozitsion va konturli turlarga bo`linadi. Odatda, stanok ish organlarining mustaqil siljishi uchun sonli dastur yordamida boshqarishning pozitsion sistemalari to`g‘ri burchakli kordinatalarda beriladi. Ulardan parmalash va koordinatali yunib kengaytirish stanoklarini avtomatlashtirish uchun foydalaniladi. Sonli dastur yordamida boshqarishning konturli sistemalari ish organlarining bir necha koordinatalar bo`yicha mos xolda siljishlari xisobiga murakkab shaklli detallarga ishlov berish uchun mo`ljallanadi.
Sonli programma asosida boshqarishning ikki koordinatali, uch koordinatali, to`rt koordinatali va xatto, besh koordinatali sistemalari qo`llaniladi. Keyingi vaqtda jixozning ishlamay qolishi bilan bog‘liq bo`lgan to`xtab qolishlar vaqtini qisqartirish maqsadida dastgoh - sonli dastur yordamida boshqarish sistemasiga diagnoz qo‘yish masalalariga katta axamiyat berilmoqda.


1-rasm. Tokarlik sonli dastur yordamida boshqarish dastgohi.

Boshqaruvchi programma bevosita ish o‘rnidagi klaviaturadan qo‘lda kiritiladigan sodda sistemalar keng qo‘llanilmoqda. Ular yakkalab va mayda seriyalab ishlab chiqarishda universal dastgoxlarni konturli boshqarish uchun mo‘ljallangan. Bunday sistemalardan foydalanish natijasida yuqori aniqlik saqlangani xolda dastgoxni qayta sozlash vaqti qisqaradi. Sistemani ixchamligi tufayli uni bevosita dastgoxga o‘rnatish mumkin.


Sonli dastur yordamida boshqarish qurilmalari bo‘lgan dastgohlarni guruxli boshqarish sistemalari (bir necha dastgohlarni boshqarish uchun) quyidagi funksiyalarni bajaradi

  • detallarga ishlov berish programmasi taqsimlaydi;

  • datsgohlar ishini kontrol qiladi va xatolarni aniqlaydi;

  • datsgohlarni boshqarish uchun zarur ma’lumotlar beradi;

  • datsgohlar xolatini baholaydi;

  • programmalarni ish o‘rnida tekshiradi hamda tuzatadi va hokazo.


Download 445.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling