Mavzu: raqamli tizimning jahon globallashuvi jarayonida tutgan o'rni mundarija kirish asosiy qism


Onlayn platformalar so`nngi yillarda mahsulot, xizmatlar va axborot bozoridagi muhim o`zgarish sifatida (2-jadval)6


Download 235.35 Kb.
bet6/7
Sana18.06.2023
Hajmi235.35 Kb.
#1568511
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
RAQAMLI TIZIMNING JAHON GLOBALLASHUVI JARAYONIDA TUTGAN O\'RNI, NEMATOV

Onlayn platformalar so`nngi yillarda mahsulot, xizmatlar va axborot bozoridagi muhim o`zgarish sifatida (2-jadval)6




1995


Asosiy faoliyat turi


Bozordagi ulushi milliard dollar


2017


Asosiy faoliyat turi


Bozordagi ulushi milliard dollar

Netscape


Dasturiy ta`minot


5,42

Apple

Qattiq disk, dastur


801

Apple

Qattiq disk


3,92

Google/
Alphabet

Axborot, qidiruv


680

Axel Springer

Media

2,32

Amazon.com


E-tijorat, media


476

Rent Path

Media

1,56

Facebook


Axborot, ijtimoiy


441

Web.com

Veb xizmatlar


0,98

Tencent

Axborot, media


335




4. Raqmli iqtisodiyot ­yangi O’zbekiston taraqqiyotining yangi davri
Bugun jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Ularning keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har bir davlat uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan. Ekspertlar fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish o‘rni axborot texnologiyalari yordamida yaratiladi.
Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Shuningdek, joriy yilning Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilingani bejiz emas.
Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oldida o‘ta muhim va dolzarb vazifalar qo‘yilgan. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar to‘g‘risida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat SODIQOV bilan suhbatlashdik.
— Raqamli iqtisodiyot, birinchi navbatda, korrupsiyadan xoli hududda ishlash imkoniyatini yaratadi. U “xufiyona iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi. Kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biror ma’lumotni bekitish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji qolmaydi, — deydi Shuhrat Sodiqov. — Buning natijasida esa iqtisodiyotga yo‘naltirilgan qonuniy mablag‘lar joy-joyiga sarflanadi. Ayniqsa, soliqlarning o‘z vaqtida to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi, byudjet taqsimoti oshkoraligi, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar, maktablar, shifoxonalar, yo‘llarga ajratilgan pullar to‘liq o‘z manziliga maqsadli yetib borishiga zamin yaratiladi. Shu bois, raqamli texnologiyalarni bizni taraqqiyotga eltadigan eng qisqa yo‘l, deya atash g‘oyat oqilona va odilona ta’rif bo‘ladi.
Oxirgi ikki yil ichida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan keng ko‘lamli va kompleks ishlar olib borildi. Shu bilan birga, bugungi kunda vazirlik oldida Murojaatnomada aks etgan muhim vazifalar turibdi.
Eng asosiy vazifa “Raqamli O‘zbekiston–2030” konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish bo‘lib, u o‘z ichiga barcha soha va tarmoqlarni qamrab olgan. Bunday yirik loyihani amalga oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining to‘liq hamda kompleks o‘zgarishiga, raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Muhim vazifalardan yana biri davlatimiz rahbarining “Toshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashdir. Qarorga asosan tasdiqlangan “Raqamli Toshkent” kompleks dasturida ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport, kommunal sohalarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini jalb qilgan holda poytaxtimizning qiyofasini to‘liq ijobiy o‘zgartirish ko‘zda tutilgan.
“Raqamli Toshkent” konsepsiyasi “Xavfsiz shahar” yirik loyihasi bilan bevosita bog‘liq. Mazkur loyihani 2019–2023 yillarda respublikamizning barcha hududida bosqichma-bosqich joriy etish zarurligi belgilangan. Birinchi bosqichda Toshkent shahrida loyihaning yagona texnologik platformasini yaratish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu yil 28 aprel kuni Prezidentimizning “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi7. Unga ko‘ra, 2023 yilga borib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravar va ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravar oshirish hamda ularning eksportini 100 million AQSh dollariga yetkazish nazarda tutilgan. Shu bilan birga, 2020–2022 yillarda elektron hukumat, telekommunikatsiyalar, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida hamda qishloq va suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha 268 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.
Mazkur vazifalarning bajarilishi yurtimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.

  • Mamlakatimiz uchun dolzarb sohalardan biri bo‘lgan qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish jarayoni qanday kechmoqda?

— O‘zbekistonda rivojlanish uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda raqamli texnologiyalarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu ro‘yxatda agrar soha muhim o‘rin tutadi. Shu bois, tarmoqlarni yangi bosqichga chiqarishga xizmat qiluvchi 24 ta loyihani ro‘yobga chiqarish mo‘ljallanyapti.
Aytish kerakki, qishloq va suv xo‘jaligi tarmoqlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha muammolar, tezkor hal etish zarur bo‘lgan masalalar oz emas. Axborot texnologiyalari qishloq xo‘jaligida yerni hisobga olish va monitoring qilishda juda qo‘l keladi. Masalan, yerni kosmik zondlash orqali ekin maydonlari, vegetatsiya jarayoni, yerning meliorativ holati va minerallashuv miqdorini o‘rganish mumkin. Bu agrotexnik tadbirlarni aniq belgilab, hosildorlikni 25–30 foizgacha oshirish imkonini beradi.
Andijon viloyatidagi qishloq xo‘jaligi yerlari hamda ularda yetishtiriladigan ekinlar holatini tezkor va aniq baholash maqsadida sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalanish bo‘yicha tajriba (pilot) loyihasi amalga oshirilmoqda.
Loyiha doirasida viloyatdagi oltita maydon tanlab olinib, vektor formatida “Monterra” onlayn platformasiga joylashtiriladi. Shuningdek, yer egalariga sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari yordamida ekinlar holati bo‘yicha tegishli xulosalar beriladi.
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Andijon texnoparki huzurida yangi rezident tashkil etiladi. Yetti nafar malakali dasturchining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha malakasi oshiriladi.
Tashkil etilgan korxona tomonidan viloyatdagi barcha ekin maydonlarining tahliliy ma’lumotlari shakllantirilib, yer egalariga taqdim etiladi. Bundan tashqari, loyiha doirasida chet davlatlarning yer maydonlari haqidagi tegishli xulosalarini shakllantirgan holda ushbu xizmat eksportini amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi.
— Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari izchil rivojlanishining muhim omillaridan biri ham bozor ishtirokchilariga munosib sharoitlar yaratib berishdir. Hozirgi kunda AKT sohasi tadbirkorlari uchun qanday imkoniyatlar yaratilgan?
— Bugungi kunda soha mutaxassislariga sharoit yaratish, IT tadbirkorlikni, ayniqsa, AKT sohasida startap loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki barpo etildi. Ayni paytda to‘rt ming nafar mutaxassis faoliyat yuritayotgan 392 ta tashkilot IT-parkning rezidentlari hisoblanadi.
Mazkur parkda zarur infratuzilma, shu jumladan, zamonaviy laboratoriyalar, kovorking markazi hamda ofis maydonlari mavjud. Texnopark rezidentlariga moliyaviy, marketing, yuridik va boshqa konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi. Yana bir muhim jihat shundaki, rezidentlar uchun moliyaviy imtiyozlar ham belgilangan.
Bunday muvaffaqiyatli tajriba yurtimizning boshqa hududlarida ham texnoparklarni ochishga turtki bo‘ldi. 2020–2024 yillarda mamlakatimizning 14 ta hududida, birinchi navbatda, Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida, shu jumladan, Toshkent shahridagi al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab huzurida IT-park tashkil qilinadi.
IT-parkning hududiy filiallarini tashkil etish bo‘yicha joylardagi mahalliy hokimliklar bilan qo‘shma qarorlar imzolanib, har bir loyiha bo‘yicha bajariladigan vazifalar tarmoq jadvallari tasdiqlandi.
Andijon (“Digital city” texnoparki), Farg‘ona (IT-park Marg‘ilon filiali) Sirdaryo (IT-park Guliston filiali) viloyatlarida foydalanishga topshirilib, Andijon filialida 10 ta rezident va Marg‘ilon filialida 7 ta rezident faoliyat yuritmoqda.
Shulardan biri 30 iyun kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahrida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining Guliston filiali ochildi.
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilanmoqda. Texnopark rezidentlari tomonidan joriy etilishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini kengaytirish, raqamli ta’lim markazlarini hududlarda keng tashkil etish, texnopark rezidentlarini jalb qilish orqali iqtisodiyot tarmoqlarida axborot texnologiyalarini tatbiq qilish shular jumlasiga kiradi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, mahaliy dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar sonini ko‘paytirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida davlat idoralariga qiymati 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan shartnomalarni IT-park rezidentlari o‘rtasida tanlov asosida imzolash huquqi berilgani iste’dodli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi, ularni yangi-yangi g‘oyalarga ruhlantiradi.
Iqtisodiy va texnologik taraqqiyotning yangi bosqichi sifatida namoyon bo‘layotgan raqamli inqilob insoniyat hayotini shiddat bilan o‘zgartirib, keng imkoniyatlar yaratish bilan birga, xalqaro raqobat maydonining yanada keskinlashuv davrini boshlab berdi.
Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko‘prog‘ida beqiyos o‘zgarishlar keltirib chiqarishi ta’kidlanmoqda. Jumladan, Jahon banki ekspertlari fikricha, tezkor internetdan foydalanuvchilar sonining 10 foizga ko‘payishi milliy iqtisodiyotlar yalpi hajmini har yili o‘rtacha 0,4-1,4 foizga oshirish imkonini beradi.
Dunyoda raqamli iqtisodiyot o‘sishining sur’atlari yiliga deyarli 20 foizni tashkil etmoqda. Taraqqiy etgan davlatlarda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 7 foizga yetgan. Ular hozirning o‘zida raqamli iqtisodiyotning joriy qilinishidan juda katta naf ko‘rishmoqda. Xususan, Amerika Qo‘shma Shtatlari yiliga 400 milliard AQSh dollaridan ko‘proq raqamli xizmatlarni eksport qilmoqda. Mazkur davlat yalpi ichki mahsulotining 5 foizidan ko‘prog‘i bevosita internet va axborot-telekommunikatsiya texnologiyalari bilan bog‘liq sohalarga to‘g‘ri keladi. 2025 yilgacha AQSh sanoatni raqamlashtirishdan qo‘shimcha 20 trln. dollar daromad olishi kutilmoqda. Bunday iqtisodiy samaradorlik, ayniqsa iste’mol tovarlari ishlab chiqarish (10,3 trln. dollar), avtomobil sanoati (3,8 trln. dollar) va logistikada (3,9 trln. dollar) yuqori bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
Turli tadqiqotlar natijalari bo‘yicha raqamli iqtisodiyotning dunyo iqtisodiyotidagi salmog‘i 4,5 foizdan 15,5 foizgachani tashkil etadi. Jahon axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sektorida yaratilayotgan qo‘shilgan qiymatning deyarli 40 foizi va blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq patentlarning 75 foizi Amerika Qo‘shma Shtatlari va Xitoy Xalq Respublikasi xissasiga to‘g‘ri keladi.Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020 yil 13 fevral kuni axborot texnologiyalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan tadbirda keltirgan statistik ma’lumotlariga muvofiq AQShda raqamli iqtisodiyotning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 10,9 foiz, Xitoyda 10 foiz, Hindistonda 5,5 foizni tashkil etadi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 2 foizdan ham oshmaydi8.
Raqamlashtirishning ahamiyati va ta’sirini qanchalik ortib borayotganligini baholash uchun so‘nggi o‘n yillikdagi bir nechta yirik texnologik kompaniyalar va raqamli platformalarning jahon bozoridagi kapitallarining ulushini ko‘rish kifoya. Xususan, BMTning savdo va rivojlanish konferensiyasi ma’lumotlarida qayd etilganidek, bu ko‘rsatkich 2009 yilda 16 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilning oxiriga kelib 56 foizga yetgan.
Dunyo hamjamiyatida ro‘y berayotgan bunday jadal o‘zgarishlar va raqobatning keskinlashuvi jarayonida innovatsiyalar va raqamli texnologiyalarni keng joriy etmasdan turib, yaqin va uzoq kelajakda mamlakatimiz iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, uning raqobatdoshligini ta’minlay olmasligimiz ayni haqiqat bo‘lib, bu esa, o‘z navbatida, ilmiy va amaliy harakatlarni kuchaytirishni talab etadi.
Bu borada, so‘nggi yillarda milliy iqtisodiyotimizni tubdan modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar doirasida mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va davlat boshqaruvi tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-sonli qarori qabul qilinishi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi eng muhim vazifalar belgilab berildi:
investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini diversifikatsiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mayning, smart-kontrakt, konsalting, emissiya, ayirboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug‘urtalash, kraud-fanding (jamoaviy moliyalashtirish) texnologiyalarini joriy etish;
blokcheyn texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaxshi tushunadigan, amaliy ish ko‘nikmalariga ega malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, yuqori malakali xorijlik mutaxassislarni jalb qilish;
kripto-aktivlar bo‘yicha faoliyat va “blokcheyn” texnologiyalari sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda zarur huquqiy bazani yaratish;
raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash.Chunonchi, mamlakatimizda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib, uning asosiy maqsadi ma’muriy tartib va taomillardan o‘tishni soddalashtirish, aholi turmush sifatini oshirish, investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan.
Belgilab olingan asosiy vazifalar ijrosini amalga oshirish, shuningdek, mamlakatimizda raqamli jamiyat rivojlanishi, aholi va tadbirkorlar uchun qulay imkoniyatlar yaratish, byurokratik to‘siqlar va korrupsiyaviy omillarlardan holi samarali va ochiq davlat boshqaruvi tizimini rivojlantirish borasida ko‘zlangan maqsadga erishish uchun bugungi kunda iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan “raqamli iqtisodiyot” milliy konsepsiyasini ishlab chiqilayotgan bo‘lib, aynan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali yalpi ichki mahsulot hajmini qo‘shimcha 30 foizga o‘stirish imkoni yaratilishi kutilmoqda.
Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma’naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish borasida boshlagan ishlarimizni jadal davom ettirishmaqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2020 yilga “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb nom berish taklifi ilgari surilishi tom ma’noda O‘zbekiston hayotida global taraqqiyotga hamohang ravishda tarixiy burilish davri boshlanganini tasdiqladi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik rivojlanish sharoitida O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini raqamli iqtisodiyotsiz tasavvur qilish qiyin. Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, 2022 yilga kelib global YaIMning chorak qismi raqamli sohada bo‘lishini taxmin qilinmoqda. Lekin, xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalari rivojlantirish indeksi bo‘yicha O‘zbekiston 170 dan ortiq davlat ichida 103-o‘rinni egallab turishining o‘zi mamlakatimizda bu sohada hali o‘z yechimini kutayotgan masalalar va qilinishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘pligidan dalolat beradi.
Davlatimiz rahbarining ta’kidlashicha, “…yurtimiz xalqaro axborot kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish indeksi bo‘yicha 2019 yilda 8 pog‘onaga ko‘tarilgan bo‘lsa-da, hali juda ham orqada. Aksariyat vazirlik va idoralar, korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi. Shu bois, raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi.



Download 235.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling