Mavzu: Raqobatchilar to‘g ‘risida axborot olish uslublari, turlari va ularni himoya qilish subyektlari
Raqobatchilar to‘g‘risida axborot olish uslublari, turlari va ularni himoya qilish subyektlari
Download 45.09 Kb.
|
Mavzu Korxonaning Xavfsizlik Xizmati Qanday Vazifani Bajaradi
Raqobatchilar to‘g‘risida axborot olish uslublari, turlari va ularni himoya qilish subyektlari
Bozor munosabatlari sharoitida biznes to‘g‘risida aniq ma’lumotga ega boiish bu muvafaqqiyatning yarmi. Bozor sharoitida bozor haqidagi axborotlar o‘ta qimmatli tovar hisoblanadi. Raqobatchilar ichidan muvaffaqiyatli chiqish, biznesga jiddiy tus berish, tadbirkor o‘z taktikasi va strategiyasini belgilashi uchun eng qimmatli va zarur narsa bozor haqidagi, bozor subyektlari, ya’ni raqobatchilar haqidagi axborotlardir. Milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi iqtisodiy faoliyat jarayonlari va uning natijalarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlarda kichik biznes ulushining yuqori bo‘lishiga ham bog‘liq ekanligi shubhasizdir. Kam xarajat hisobiga yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati, yirik biznes kirib bora olmaydigan bozor segmentlarini egallay. olish qobiliyati, ayniqsa, xizmat ko‘rsatish sohasida va uncha katta bo‘lmagan mahalliy resurs bazalarini o‘zlashtirishda juda qulay tashkiliy shakl ekanligi kichik biznesni rivojlantirishning ahamiyati beqiyosligini ko‘rsatadi. Shu sababli ham kichik biznesni jadal rivojlantirish masalasi mahsulot ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va shuningdek, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish masalalari bilan chambarchas bog‘langan. Ammo axborot o‘zo‘zidan qo‘lga kiritilib qolinmaydi. U ma’lum miqdorda xarajatni, vaqtni talab qiladi. Lekin axborotga sarf qilingan xarajat o‘n marotaba ko‘p foyda keltirishi mumkin. Tadbirkor, eng avvalo, o‘zi ishlab chiqarmoqchi bo‘lgan tovarining shu hududda bir qancha xaridori borligini aniqlashi, shu tovarga bozorning to‘yinganlik darajasini, mazkur tovami kimlar ishlab chiqayotganligini, o‘zi qancha ishlab chiqarish mumkinligini, raqobatchilar qanchadan sotayotganligi, bu esa undan arzonroq sotib, qancha foyda qilish mumkinligi kabilarni obdon o‘rganib, aniq hisobkatoblarga ega bo'lishi lozim. Axborotlar qo’lga kiritilishi nuqtayi nazaridan uch guruhga bo‘linadi: • erkin oladigan axborotlar; • sotib olinadigan axborotlar; • o‘ta zarur, ammo olish qiyin bo‘lgan tijorat siriga mansub maxfiy axborotlar. Korxona o‘z raqobatchilari to‘g‘risida axborot to‘plashi uchun qanday ishlami amalga oshiradi? Eng avvalo, u raqobatchilari to‘g‘risida umumiy ma’lumotlami oladi. Bu axborotlar umumiy xulosa qilish uchun asos bo‘ladi. Ikkinchidan, korxonaga kerak bo‘lgan to‘liqroq axborotlami axtara boshlaydi. Bularga: • korxona faoliyatining samaradorligi; • ulaming istiqboli; • moliyaviy ahvoli; • tavakkal qilish qobiliyati kabilar kiradi. Uchincbidan, mazkur korxona qaysi biri bilan aloqa qilish mumkinligini aniqlab olgandan so‘ng, o‘sha korxona, uning rahbari haqida batafsil ma’lumotlami to‘plashga kirishadi. Chunki korxonaning rahbaridagi insoniy va tadbirkorlik sifatlari biznes borasida aloqa qilish uchunjuda muhim. 1. Xalqaro bozorda raqobat qiladigan korxonalar. Bu korxonalaming bozori nafaqat mamlakatda, balki uzoq va yaqin xorijiy mamlakatlarda ham bo‘lishi mumkin. Bular hamisha o‘z mahsulotini xalqaro andozalar darajasida ishlab chiqarishga erishishi lozim. Oddiy korxonalar bunday korxona bilan raqobatga kirishmaydi. Demak, «kim kim bilan o‘ynashi mumkinligi» to‘g‘risida har bir korxona rahbariyati aniq xulosaga ega bo‘lishi lozim. 2. Xalqaro bozorda raqobat qilish qobliyatiga ega bo‘lmagan korxonalar. Bular ham yuqoridagi korxonalar singari mahsulot ishlab chiqishi mumkin. Ammo u xalqaro standartlar talabiga to‘liq javob bermaydi. Bu yuqori bosqichga o‘tish uchun bajarishlari lozim. Ya’ni ilg‘or texnologiyalarni, fan yutuqlarini joriy qilishi kabi. 3. Tabiiy monopoliyaga ega bo‘lgan korxonalar. Bunday korxonalar faqat o‘zIariga o‘xshash korxonalar bilan raqobat qilishi mumkin. Bu turdagi korxonalar uchun alohida «Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida» qonun qabul qilingan. 4. Xorijiy raqobatchilarga bog‘liq bo‘lmagan korxonalar. Bularga mamlakat xomashyosiga tayanib, mamlakat bozori uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi. Masalan, non, sut, go‘sht sanoati zavodlari kabilar. Ular o‘rtasidaga raqobat ichki raqobat bo‘lib hisoblanadi. Bu haqidagi ma’lumotlar ham xulosa qilish uchun o‘ta muhimdir. Korxona sirlari va xavfsizligi bir qarashda oddiy tushunchalar bo‘lib, ulaming mazmuni mutaxassis bo’lmaganlarga ham tushunarlidir. Biroq amaliyotda korxona, shuningdek, turli xo'jalik subyektlarining tijorat sirlari va xavfsizligini ta’minlash yetarlicha murakkab faoliyat sohasi hisoblanadi. Korxonaning, shundan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishning xavfsizligi nafaqat butunlik va barqarorlik, balki atrof-muhit uchun iqtisodiy, texnik, texnologik, tashkiliy va umuman, funksional jihatdan zararsizligidadir. Korxona xavfsizligi amalda maxsus xizmat va boshqaruv organlari tomonidan, shuningdek, mos keluvchi Nizom normalari, qoidalar va yo‘riqnomalar asosida ta’minlanadi. Korxona xavfsizligiga ichki ishlab chiqarish muhitidan tashqari tashqi muhit ham ba’zida bevosita, ba’zida esa bilvosita ta’sir ko‘rsatadi. Ichki va tashqi muhitlarning ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sirini bartaraf qilish har bir korxona oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Tijorat sirlari korxona faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘lib, ulaming chetga chiqib ketishi yoki begona shaxslarga tarqatilishi korxona manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin. Shu sababli tijorat sirlariga korxona tomonidan amal qilinibgina qolmay, unga rioya etish shartlari qonunchilik tomonidan belgilab ham qo‘yilgan. Korxonaning tijorat sirlarini muhofaza qilish mexanizmi, maxfiy xarakterga ega va oshkor qilinishi mumkin bo’lmagan, shuningdek, manfaatdor idora va shaxslarga xavf-xatar tug‘dirmagan holda taqdim etish mumkin bo‘lgan ma’lumot va ko‘rsatkichlami tanlab olishni ko‘zda tutuvchi tizimga ega boiishi zarur. Download 45.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling