7-Ma’ruza.
Mavzu:Reaktiv Radial Aktiv turbinalarning konstruksiyasi.Cho’michli turbinalarning konstruksiyalari. Gidroturbinaning asosiy qismlari. Turbina kameralari. Beton va metall turbina kameralarining konstruksiyasi.
Reja:
1.Turbinalar turi va sinflari.
2.Reaktiv turbinalarning konstruksiyasi
3.Radial-o‘qiy turbinalarning konstruksiyasi
4. Cho’michli turbinalarning konstruksiyalari
5. Gidroturbinaning asosiy qismlari
Asosiy adabiyotlar.
Gidroelektrostansii maloy moщnosti. Pod red. V.V. Yelistratova. – Sankt- Peterburg, SPbGPU, 2005.- 431 s.
Badalov A.S.,Zenkova V.A., Uralov B.R., Gidroelektrostansiyalar. Ukuv kullanma. TIMI, T. 2008 y., 152 bet
Muxammadiev M.M., Nizomov O.X. Gidroturbinalar. O‘quv qo‘llanma. – T.: 2006.- 152 b.
Gubin F.F., Krivchenko G.I. Gidroelektricheskie stansii. -M.: Energiya, 1980.- 367 s.
Karelin V.Ya. Volshanik V.V. Soorujeniya i oborudovaniya malыx gidroelektrostansiy. - M.: Energoatomizdat, 1986.- 268 s.
Tayanch so’zlar: radial-o'qiy, propellerli, parraklari buriluvchan ,diagonal.
Reaktiv turbinalar.
Reaktiv turbinalar radial-o'qiy, propellerli, parraklari buriluvchan va diagonallarga bo'linadi.
Qo'llanish shartlari: bosim N = 4-350 (600) m, tezyurarlik ns = 70-1000 (1100) ayl/min, salt yurish sarfi Qs.yu= (5-45)%*Qt.
1-rasm.
Reaktiv turbinaning prinsipial sxemasi: 1-turbina kamerasi, 2-ishchi g’ildirak yo'naltiruvchi apparat bilan, 3-so'rish quvuri
Reaktiv turbinaning umumiiy belgilari:
1 - ishchi g’ildirak suvda joylashgan;
2 - jami oqim birdaniga ishchi g’ildirakning barcha parraklariga tushadi;
3 -oqim bosimi ishchi g’ildirak kirishida chiqishdagiga qaraganda ko'proq;
4 - turbina asosan potensial energiyadan va qisman kinetik energiyadan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |