Mavzu: Reja: Kirish


Download 417.2 Kb.
bet2/3
Sana11.11.2020
Hajmi417.2 Kb.
#143558
1   2   3
Bog'liq
Mavzu- Reja- Kirish


Ishlab chiqarish jarayonining mazmunini chuqur anglash uchun eng avvalo, ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibiy qismlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti qancha darajada ihtisoslashuvga bog’liq bo’lishini tasavvur etish g’ayrioddiy holatdir. Ixtisoslashish insonlarni, firmalarni, ma’lum hudud va mamlakatni o’z resurslaridan foydalanib, yaxlit xizmat va tovar turlaridan ko’ra ularni bir yoki bir necha turlarini ishlab chiqarish deganidir.O’shatovarvaxizmatlarkeyinchalik to’liq ko’lamdagi tovar va xizmatlarga almashtiriladi. Ko’p iste’molchilar o’zlari iste’mol qilayotgan mahsulotlarni hech birini ishlab chiqarishmaydi hamda ishlab chiqargan taqdirda ularni kam qismini iste’mol qiladi yoki umuman iste’mol qilishmaydi. Avtomobil sanoatida ishlayotgan ishchilarning o’rtacha 5/9 foizigina o’z shahsiy avtoulovlariga ega. Ko’p fermerlar mahalliy savdo do’konlariga sut yetkazib beradilar, ammo boshqa do’konlardan saryog’ sotib oladilar. O’z- o’zini ta’minlaganlik holati samarasizlikka olib borishini odamlar ancha yillar avval tushunib yetishgan. Hamma ishning ustasi bo’lgan inson juda serg’ayrat bo’lishi mumkin, lekin samarador ishlab chiqaruvchi aylana olmaydi2.





Ehtiyoj va uning turlari. Iqtisodiy resurslar.

Jamiyatning tuzilishi qanday bo`lishidan kat'i nazar uning a'zolari o`z ehtiyojlarini qondirishlari shart, chunki hayot kechirish ehtiyojlarning qondirilishini talab etadi.



Hayotiy ehtiyojlarning turlari ko`p. Ular iqtisodiy, sotsial, madaniy, siyosiy, ma'naviy va hatto sof fiziologik ehtiyojlardan iboratdir. Bularning orasida eng ustuvor ahamiyatga ega bo`lgani sotsial-iqtisodiy ehtiyojdir.

Sotsial - iqtisodiy ehtiyojlar-kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma'lum iqtisodiy mavqega ega bo`lishi uchun iste'mol etilishi zarur bo`lgan mahsulotlar va xizmatlar majmuidir. Bu faqat tirikchilik ehtiyoji emas, balki insonning shaxs sifatida kamol topish zarurati hamdir. Uning jismoniy ehtiyojlardan farqi shuki, mehnat vositasida va tabiat ishtirokida qondiriladi, ya'ni u ishlab chiqarish faoliyatini talab qiladi. Ehtiyoj avvalam bor yakka tartibda bo`ladi, chunki har bir odamning xususiyatiga qarab ehtiyoj farqlanadi.

Shunday ehtiyojlar borki, ular yakka bo`lsada, birgalikda qondirilishi mumkin. Bunday vaqtda guruhiy ehtiyojlar paydo bo`ladi. Bu esa ma'lum guruhga birlashgan kishilarning umumiy ehtiyojidir. Bunga misol qilib oilaviy ehtiyoj, mehnat jamoasi, va siyosiy uyushmalarning ehtiyojlarini keltirishimiz mumkin.

Umumjamiyat ehtiyoji ham borki, u birinchidan, barcha turdagi yakka va guruhiy ehtiyojlarning majmuidan iborat bo`lsa, ikkinchidan, jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turishi uchun zarur ehtiyojdir. Masalan, tabiiy resurslarni avaylash, mudofaa qilish, iqtisodiy zahiralar hosil qilish, jamiyatni boshqarib turish va boshqalar.

Jamiyatdagi ehtiyojlar o`zining turidan qat'i nazar, ularning mavjud bo`lishi, qondirilishi va o`sishi bir kancha omillarga bog`liq bo`ladi, ya'ni :


  • jamiyat iqtisodiy taraqqiyotida erishilgan darajaga;

  • jamiyatning sotsial- iqtisodiy tuzumiga ;

  • hayot kechirishning tabiiy-jug`rofiy sharoitiga ;

  • tarixiy - milliy an'analar va odatlar bilan bog`lanib ketishiga.

Agar iqtisodiyot qoloq bo`lsa ehtiyojlar doirasi tor bo`ladi, aksincha, iqtisod yuksak bo`lsa, ehtiyoj keng va xilma xil bo`ladi.

Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligidir. Shu sababdan, u jamiyatning ichki tuzumiga bog`liq. Agar jamiyat mulkdor va mulksizlarga, boy va kambag`allarga ajralgan bo`lsa yoki jamiyatda ijtimoiy tenglik bo`lib, u chuqur tabaqalashmasa, uning asosini o`rtacha mulkdorlar sinfi tashkil etsa, shunga qarab ehtiyojlar har xil bo`ladi. Demak, inson ehtiyoji abadiy. Inson bor ekan, uning ehtiyoji mavjud. Ehtiyojlar xilma-xilligi boisi insonning ehtiyojlari boshqa bir insonning ehtiyojlariga o`xshamaydi.

Ammo ehtiyojda bir qator yirik belgilar borki, ularga qarab ehtiyojlarni guruhlarga bo`lish mumkin. Bunga ehtiyojning xarakteri, uning nimaga qaratilishi asos qilib olinadi. Shu jihatdan qaralganda sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar uch qismga bo`linadi.


  1. moddiy ehtiyojlar;

  2. sotsial-ma'naviy ehtiyojlar ;

  3. mehnat ehtiyoji.

Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo`lishi bilan yuzaga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojlardir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy bo`lib, oziq - ovqat, kiyim - kechak, turar - joy, transport, aloqa, gigiena ehtiyojlaridan iboratdir. Ularning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir.

Sotsial-ma'naviy ehtiyojlar asosan xizmatlardan masalan, o`qituvchi, vrach, san'at arbobi xizmatlaridan iborat bo`lib, ular ma'lum faoliyat shakliga ega, ularning yaqqol moddiy ko`rinishi yo`q.

Mehnat ehtiyojining mavjudligi faqat mehnatsiz nozu-ne'matlar yaratib bo`lmasligida emas, balki mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmasligidadir. Mehnat ehtiyoji insonni o`zida mujassamlashgan moddiy shaklda bo`lmaydi, u ishlashga bo`lgan ishtiyokda ifoda etiladi.

Ehtiyojlarning uzluksiz o`zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir, ya'ni ehtiyojlar cheksizdir. Ehtiyojlarning cheksizligi ularning to`xtovsiz yangilanib borishidan iboratdir.. Ehtiyojning yuksalish qonuni borki, u umumiqtisodiy qonunlar jumlasiga kiradi va jamiyatning ichki tuzilishidan qat'i nazar insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida amal qiladi. Bu qonunga ko`ra jamiyat a'zolarining, butun aholining ehtiyojlari uzluksiz yuksalib boradi, ehtiyoj miqdoran o`sib, tarkiban yangilanib turadi, eski ehtiyojlar o`rniga yangisi keladi, ehtiyojlarning rivojlanishi murakkab tarzda yuz beradi.

Ehtiyojlar yuksalishining to`rt jihati bor.

1.Ehtiyoj kengayib miqdoran o`sib boradi, ya'ni muayyan ehtiyoj saqlangan holda uning ortib borishi. Masalan: gazlamaga ehtiyoj boshqa ehtiyoj bilan o`rin almashmaydi, ammo uning miqdori oshadi.

2. Mutlaqo yangi ehtiyojlar paydo bo`lib, eskilarini surib qo`yadi, ehtiyojlarning ichki tartib strukturasi o`zgaradi. Masalan: televidenie va videoapparatura paydo bo`lishi bilan uyda xohlagan tomoshani ko`rish ehtiyoji paydo bo`lib, teatr yoki kinoga borish ehtiyoji qisqaradi.

3.Muayyan ehtiyojlar guruhi doirasida turli ehtiyojlar nisbati o`zgaradi. Bunda ehtiyoj umumiy tarzda saqlanadi, lekin uning aniq ko`rinishlari va shakllari o`zgaradi. Masalan:

umumiy transport ehtiyoji saqlangan holda, transport aniq turlariga ehtiyoj o`zgaradi.

4.Bir ehtiyojning ikkinchisi bilan almashtirilishi. Bunday almashuv o`rinbosar ehtiyojlarning paydo bo`lishi bilan yuzaga keladi va bunday ehtiyojlar yuksak rivojlangan iqtisodiyotga xosdir. Masalan: shakar, qand, konfet, tort, navvot shirinlikka ehtiyojni qondiradi, ammo bir-birining o`rnini bosishi ularning foydaliligi darajasidan kelib chiqadi.

Ko`rinib turibdiki ehtiyojlarning yuksalishi muqarrar ekan, lekin asosiy muammo ehtiyojlarni qondirishdir. Buning birdan-bir vositasi ishlab chiqarishdir. Ehtiyoj yuksalar ekan uni qondirish vositalari ham rivojlanadi. Gap shundaki, ehtiyojlar cheksiz o`zgargani holda uni ta'minlash uchun kerak bo`lgan ishlab chiqarish resurslar cheklangan bo`ladi.Bu resurslar tabiiy resuslar, mehnat resurslari, pul resurslari, texnika va texnologiya resurslaridir. Buni g`arbda iqtisodchilar resurslarning kamyobligi deb atashadi. Ehtiyoj va resurslarning nomutanosibligi, birining cheksizligi va ikkinchisining kamyobligi ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to`la va samarali foydalanishni talab qiladi.

Resurslar deganda faqat pulni tushunmaslik kerak. Resurslar birinchidan, moddiy shaklga ega bo`lib, yer-suv, yer osti va yer usti boyliklari, asbob-uskuna, mashinamexanizmlar, bino-inshoatlar va boshqalardan, ikkinchidan, inson resurslari yoki mehnat resurslaridan, aniqrog`i kishilarni mehnat qilib ishlab chiqara olish qobiliyatidan. Uchinchidan, moliyaviy resurslar: Valyuta birligi va qimmatbaho qog`ozlardan, to`rtinchidan tabiiy resurslar ya'ni ishlatilsa o`rnini to`ldirish mumkin yoki mumkin bo`lmagan tabiiy boyliklardan iborat.

Er kurrasi va qa'ridagi tabiiy boyliklar ekin maydoni, o`rmonlar, qazilma boyliklar, umuman o`simlik va hayvonot dunyosi miqdoran cheklangan. Masalan Markaziy Osiyodagi sug`orma dehqonchilik Amudaryo va Sirdaryoning suv zahirasi bilan cheklangan. Aholining o`sish sur'atlari pasaygan sharoitda, aholi qariydi, uning tarkibida ishga layoqatli kishilar salmog`i qisqaradi.

To`xtovsiz yuksalib boradigan ehtiyojni qondirish uchun kamyob resurslar oqilona ishlatilishi shart. Shu sababli hatto ibtidoiy jamiyatdagi kishilar yerni chirindilar va kul bilan o`g`itlab, hosildorlikni oshirishga intilganlar. Har doim cheklangan resurslarni tejamli ishlatish cheksiz ehtiyojlarni qondirish vositasi bo`lib kelgan.

Yuksalayotgan ehtiyojning uni qondirish vositasi bilan aloqasi ikki yoqlama bo`ladi:

1.Ehtiyojning miqdoran ortib borishi resurs birligidan miqdoran ortib borishi resurs birligidan ko`proq iste'mol buyumlari olishni talab qiladi.

2.Ehtiyoj tarkibining yangilanishi resurs birligidan ko`p turdagi mahsulot olishni talab qiladi. Masalan: 1 tonna metalldan 10 xil emas, 25 xil uy-ro`zg`or buyumlari olinadi. Ehtiyojlar tez o`zgargani sababli, muayyan resurslar sharoitida ularning hammasini birdan qondirib bo`lmaydi. Shu sababli jamiyat muqobil mahsulotlardan qaysi birini ishlab chiqarishni tanlab oladi. Resurslar cheklanganligidan bir mahsulotni ko`paytirish ikkinchisini kamaytiradi, chunki qo`shimcha mahsulot qo`shimcha resurs talab qiladi.

Demak, chegaralangan resurslar doirasida hamma ehtiyojlarni bir vaqtning o`zida bir yo`la qondirib bo`lmaganidan ishlab chiqarish imkoniga qarab, u yoki bu ehtiyojlarni qondirishning optimal darajasini tanlab olish kerak bo`ladi. Resurslar sarfining birligidan olingan natija ko`paysa, ehtiyoj yaxshi qondiriladi.Resurslarning tejalishi ular sarfining yaratilgan mahsulot va xizmatlar birligiga nisbatan qisqarishi demakdir.



Ishlab chiqarishning omillari.

Moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratish, xizmatlar ko`rsatish inson hayoti, uning yashashi va kamol topishi uchun asosdir. Shuning uchun ishlab chiqarishni to`xtovsiz olib borish va rivojlantirish har doim eng muhim iqtisodiy qonuniyat va zaruriyatdir. Insoniyat iste'mol qilmasdan turaolmaganidek, ishlab chiqarmasdan ham tura olmaydi. Har bir jamiyatda ishlab chiqarishning amalga oshishi uchun, eng avvalo uning ro`y berishi uchun zarur bo`lgan, unda qatnashadigan omillar mavjud bo`lmog`i lozim. Bu omillar uchta:ishchi kuchi, mehnat qurollari va mehnat predmetlaridir.



Ishchi kuchi- insonning mehnat qilishga bo`lgan aqliy va jismoniy qobiliyatlarining yig`indisidir.

Mehnat qurollari- inson uning yordamida tabiatga, mehnat predmetlariga ta'sir qiladigan vositalardir.

Mehnat predmetlari- bevosita mehnat ta'sir qiladigan, ya'ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir. Mehnat vositalari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi.

Iqtisodiyotga oid eski darsliklarda ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillar tan olinadi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga oid ko`pchilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to`rt omili mehnat, kapital, yer-suv, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi.



Kapital deganda o`z egalariga daromad keltiradigan ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishning hamma sohalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib olishga mo`ljallangan pul mablag`larini, ularning natural ashyoviy tomoni va qiymatining birligini tushunamiz.

Tadbirkor deb, iqtisodiy resurslar ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-biriga qo`shilishini ta'minlaydigan tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo`rqmaydigan dovyurak kishilarga aytiladi; bu xislatlar esa tadbirkorlik qobiliyati deb yuritiladi.

Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.

Ishlab chiqarish jarayonida biz yuqorida sanab o`tgan omillarning hammasi qatnashadi, ular bir-birini to`ldiradi va bir-biriga ta'sir qiladi. Barcha omillar doimo rivojlanib borish xarakteriga ega.

Ishlab chiqarish jarayoni- bu kishilarning iste'moli uchun zarur bo`lgan moddiy va ma'naviy ne'matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyatdir. Bu faoliyat ayriboshlash, taqsimot va iste'mol sohalarida ro`y beradigan munosabatlarning xususiyatlarini va yo`nalishini belgilab beradi.

Ma'lumki, har qanday ishlab chiqarish, birinchi navbatda, mehnat jarayonidir. Ana shu jarayonda kishilar, eng avvalo, tabiat bilan, uning kuchlari va ashyolari bilan munosabatda bo`ladilar. Ayni mehnat jarayonida kishilar bir-birlari bilan munosabatda ham bo`ladilar. Bu munosabatlarning xarakterlarini, shakllarini va xususiyatlarini o`rganish va ishlab chiqarishni ongli tashkil etish iqtisodiyotning bosh masalasini (iqtisodiy resurslar cheklanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi) hal qilishning birdan bir yo`lidir.

Mehnat jarayonida mehnat vositalari bilan bir qatorda insonning o`zi ham kamol topadi, mehnat mahorati ortadi. Ishlab chiqarish jarayoni umuminsoniy kategoriyalar jumlasiga kiradi.

Shuning uchun bu jarayon uzoq tarixga ega.

Ishlab chiqarishning eng yirik sohalari sanoat, qishloq xo`jaligi, transport va aloqa, qurilish, savdo, tayyorlov idoralari, moddiy - texnik ta'minot, kommunal va uy-joy xo`jaliklari, turli xil xizmat ko`rsatish sohalari va boshqalardan iborat. Ma'lumki ishlab chiqarish tizimi ehtiyojlar tizimi bilan bevosita bog`liq. Ehtiyojlar turi qancha ko`p bo`lsa shunga binoan ishlab chiqarishning tarmoq va sohalari ham kengayib boradi. Ularni o`rganish oson bo`lish uchun ishlab chiqarish ikkita katta sohaga : moddiy va nomoddiy ishlab chiqarishlarga bo`linadi.

Moddiy ishlab chiqarish sohalarida zaruriy moddiy ne'matlar ishlab chiqariladi.

Nomoddiy sohalarda esa turli xil ma'naviy ne'matlar yaratiladi va xizmatlar ko`rsatiladi.

Shuni ta'kidlash lozimki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayoni tovar ishlab chiqarish jarayonidir. Mahsulotning iste'mol xossasi qanchalik muhim bo`lsa, mehnat sarflarini hisobga olish ham shunchalik muhimdir.



Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari.

Ishlab chiqarish jarayonida turli omillarning birgalikda ishlatilishi natijasida mahsulot, ya'ni tovar va xizmatlar vujudga keladi. Ma'lumki ishlab chiqarish, o`zaro bir-biri bilan aloqador, o`zaro bog`langan individual ishlab chiqarishlardan tashkil topgan.Ana shu individual ishlab chiqarishlar yig`indisi ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil etadi.

Ijtimoiy ishlab chiqarishda, turli omillarning harakati natijasida juda ko`p turdagi tovarlar va xizmatlar massasidan iborat bo`lgan milliy mahsulot vujudga keladi. Ilgari mamlakat bo`yicha ishlab chiqarishda vujudga keltirilgan mahsulotlar yig`indisi yalpi ijtimoiy mahsulot deb atalar edi. Yalpi ijtimoiy mahsulotda yil mobaynida yaratilgan moddiy ne'matlar yig`indisi hisobga olinar edi, unda xizmat ko`rsatish sohalarida vujudga keltirilgan ma'naviy ne'matlar va xizmatlar hisobga olinmas edi. Lekin bir ishlab chiqarish sohasidan chiqqan xom ashyo, materiallar, yonilg`i va energiyalarning qiymati boshqa sohalarda ishlatilib, bir necha bor takror-takror hisobga olinib, mahsulotning hajmi sun'iy ravishda oshirib ko`rsatilar edi, iste'molga borib tushadigan tayyor mahsulot esa undan bir necha barobar kam bo`lar edi.

Mana shu takror hisoblashlarga barham berish uchun hozir milliy hisob tizimiga o`tilib, endi mamlakatda vujudga keltirilgan mahsulotlar, ya'ni tovarlar va xizmatlar yig`indisi yalpi milliy mahsulot (YaMM) deb atala boshlandi. Yalpi milliy mahsulot deb ma'lum vaqt davomida masalan, bir yilda yaratilgan va bevosita iste'molchilarga borib yetadigan barcha tayyor mahsulot va ko`rsatilgan xizmatlarning bozor bahosidagi qiymati tushuniladi. Milliy mahsulot moddiy ne'matlar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohalarining yillik mehnat faoliyatining umumiy samarasi bo`lib hisoblanadi. Ichki milliy mahsulot (IMM) ham xuddi shu mazmunda tushuniladi. YaMM va IMM o`rtasidagi farq shundaki, YaMM ga mamlakatda va undan tashqaridagi korxonalarimizda vujudga keltirilgan, qo`shma korxonalarda hissamizga (mamlakatimiz hissasiga) to`g`ri keladigan mahsulotlar kiradi. Boshqa mamlakatlar yoki fuqarolar tomonidan bizning mamlakatimiz hududida qurilgan korxonalar mahsuloti, qo`shma korxonalardagi mahsulotda ularning hissasi hisobga olinmaydi. IMM da mamlakat hududida ishlab chiqarilgan hamma mahsulot va xizmatlar (boshqa mamlakatlar korxonalari, qo`shma korxonalarda yaratilgan hamma tovar va xizmatlar qo`shilib) hisobga olinadi. Hozirgi paytda O`zbekistonda ko`proq ichki milliy mahsulot hisobga olinmoqda, shuning uchun biz endi ichki milliy mahsulot to`g`risida gap yuritamiz.



Birinchidan, mulkdorlar hamda ishchilar o`zlariga kerak bo`lgan iste'mol buyumlarini qaerdan oladilar?

Ikkinchidan, ishlab chiqarishni takror olib borish va kengaytirish uchun ular ishlab chiqarish vositalarini qaerdan oladilar?.

Uchinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotning qaysi qismi mulkdor, tadbirkor va davlatning ehtiyojlarini qondira oladi?, degan savollar tug`iladi.Bu masalani hal etish uchun ichki milliy mahsulotning tarkibiy qismlarini bilish va tahlil qilish lozim.Chunki IMM ning har bir tarkibiy qismi ishlab chiqarishning muhim samarasi bo`lib hisoblanadi.Jami ijtimoiy mahsulot bilan yalpi va ichki milliy mahsulot o`rtasidagi farqni aniq tushunish uchun quyidagi misolni keltiramiz.

Ishlab chiqarilgan milliy mahsulotning tuzilishi. (misoldagi raqamlar shartli olingan).







Sotib olingan xom ashyo yonilg`i va materiallar




Qo`shilgan qiymat



Ichki milliy mahsul ot

Jami ijtimoiy mahsulot

Amortizatsiya

Ish haqi

To`langan soliqlar va to`lovlar

(bahoga qo`yiladigan qismi)



foyda



Iste'mol qilingan ishlab chiqarish vositalari (S)

Zaruriy mahsulot

(V)


Qo`shimcha mahsulot



(t)





Paxta ishlab chiqarish

40

30

30

20

20

100

140

Paxtani qayta ishlash

140

40

50



25



30

145



285



To`qimachi-lik

285

50

60

30

40

180

465

Tikuvchilik

465

45

50

35

30

160

625

Jami

930

165

190

110

120

585

1515



S=

1095

V=190

T= 230

585

1515

Bundan ko`rinib turibdiki, jami ijtimoiy mahsulot 1515 birlikni tashkil etadi, ichki milliy mahsulot esa 585 birlikni tashkil etadi. Lekin bu yerda shuni aytish lozimki, mamlakat miqyosida takror hisobga yo`l qo`ymaslik uchun yalpi va ichki milliy mahsulotni hisoblashda sotib olingan xom ashyo, yonilg`i va materiallar hisobga olinmaydi, faqat qo`shilgan qiymat hisobga olinadi, uning yig`indisi esa yalpi yoki ichki milliy mahsulot deb yuritiladi.

Yalpi va ichki milliy mahsulotlar haqida batafsil makroiqtisodiyot bo`limida tushuncha beramiz. Hozir esa milliy mahsulot va uning tarkibiga qisqacha to`xtalmoqchimiz.

Milliy mahsulot asosan ikki tarkibda, ya'ni natural buyumlashgan holda va qiymat tarkibida hisobga olinadi.

Ularning o`zgarishi jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi dinamikasini aks ettiradi. Natural shakli bo`yicha milliy mahsulot ikki qismdan:



  • ishlab chiqarish vositalari.

  • iste'mol tovarlaridan tashkil topadi.

Qiymat jihatidan milliy mahsulot uch qismdan iborat bo`ladi, ya'ni:

  1. Ishlab chiqarish jarayonida iste'mol qilingan ishlab chiqarish vositalarining, ya'ni ular qiymatining mahsulotga o`tgan qismi (S);

  2. Yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning zaruriy mehnat bilan ishlab chiqarilgan zaruriy mahsulot qiymati (V);

  3. Yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar va jamiyat uchun qilingan qo`shimcha mehnat bilan ishlab chiqarilgan qo`shimcha mahsulot qiymati (t) dan iboratdir.

Boshqacha aytganda :

MM= MS+SMMdan iborat bu yerda: MS-moddiy sarflar.

SMM-sof milliy mahsulot.

SMMyangidan yaratilgan qiymat bo`lib, u zaruriy mahsulotdan va qo`shimcha mahsulotdan iborat. Zaruriy mahsulot ishchi kuchini normal holatida saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo`lsa qo`shimcha mahsulot mulkdorlarga va tadbirkorlarga hamda davlatga tegishlidir.



Sotsial-iqtisodiy ehtiyojlar va ularning tarkibi

Kishilik jamiyati insonlardan tarkib topgan. Inson esa barcha jonzodlarning eng oliysi. Uboshqa jonzodlardan o’zining aql idroki bilan ajralib turadi. U xayot kechirish uchun turliehtiyojlarini qondirishi shart, chunki busiz inson yashay olmaydi.Insonlarning yashashi,har tomonlama kamol topishi uchun zarur bo’lgan barcha ne’matlarularning hayotiy ehtiyojlarini tashkil etadi. Inson o’z extiyojlarini qondirish yo’lini qidiradi. Extiyojlarni qondirishi zarurligi, ya’ni yashash uchun kurash uni faollikka undaydi.Insonning ehtiyojlari xilma-xil. U yashar ekan, ovqat eydi, kiyim-kechak kiyadi, bilim oladi, boshkalar bidan muloqotda bo’ladi, do’stlashadi va hokazo. Ehtiyojlar turli shakl xususiyat, sifat, belgi, miqdor va boshqa jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi.

Har bir inson uchun o’zining qadr - qimmat o’lchovi mavjud Bir inson tomonidan qadrlangan,hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan narsa ikkinchi bir kishi uchun hech qanday ahamiyatga ega bo’lmasligi mumkin. Ahamiyatiga ko’ra ehtiyojlarni tartibga solish u yoqda tursin, hamma insonlar uchun eng zarur bo’lganlarini ham sanab o’tish qiyin. Har bir inson uning uchun qaysi extiyojlar eng zarurligini o’zi belgilaydi. XX asr ko’pincha «axborot asri» deb atalgan. XXI asrga kelib axborotning ahamiyati yanada ortdi. Axborotni biz turli-tuman manbalardan olamiz. Masalan: radio, televidenie, gazeta va jurnal, kitob, global kompyuter tarmog’i internet kabilardan olamiz.Shu bilan birga «an’anaviy» axborot manbalari mavjud va doimo saqlanib qoladi. Ular ota-ona, qarindosh-urug’, do’st-birodarlar, qo’ni-qo’shni, tanishlar, tasodifiy uchrashgan odamlar va hokazo. Biz har daqiqada yangi axborot olamiz. Bizni atrofimizni o’ragan olam tabiatni kuzatib yangi-yangi ma’lumotlar olamiz. Bizni organizmimiz axborot qabul qilishning doimiy manbai. Aynan axborot bizni barcha ehtiyojlarimizni shakllantiradi.

Bizni barcha odatlarimiz, his-tuyg’ularimiz, bilim va hayot tajribamiz, u yoki bu narsaga baho berishimiz, avvaldan o’ylagan yoki beixtiyor hohish-istaklarimiz - barcha-barchasining asosida his-tuyg’ularimiz, nerv tomirlarimiz orqali organizmimiz qabul qilgan axborot yotadi. Yangi axborot yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi, mavjudlarini tubdan o’zgartiradi. Axborot insonni beixtiyor harakatga solishi yoki natijasini ko’z o’ngiga keltirgan yoki aniq bilgan, tushungan holdagi hatti-harakatini boshqarishi mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti, yangi-yangi ixtirolar tufayli yangi tovarlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko’rsatiladi. Ilgari bunday tovarlar bo’lmagani uchun ehtiyojlar ham bo’lmagan.

Masalan: kompyuter, qo’l telefon va boshqalar. Avvaldan mavjud bo’lgan, lekin u tovarlarni xususiyatlarini bilmagan odam bu xaqda yangi axborot olishi tufayli yangi ehtiyojlar vujudga keladi. Masalan: an’anaviy oziq-ovqat mahsulotlari sabzavot, mevalardagi vitaminlar, turli moddalar yoki boshqa xususiyatlari to’g’risidagi yangi ma’lumotlar. Kishining hayotida yangi vaziyat, yangi muammolarni paydo bo’lishi natijasida ham yangi ehtiyojlar vujudga keladi. Masalan: oilada farzand tug’ilishi natijasida chaqalok uchun zarur buyumlarga, kasal bo’lganda doriga, kasbini o’zgartirganda ish qurollariga va boshqalar. Xullas inson butun hayoti davomida yangi-yangi axborot oladi, unga muvofiq ravishda ehtiyojlar vujudga keladi va doimo o’zgarib boradi. Shunday qilib har bir kishi avval axborotga ega bo’ladi so’ngra shu axborotga qarab u yoki bu qarorga keladi. Ehtiyojlar nihoyatda turli tuman bo’lib, ularga turli jihatdan yondashish mumkin. Ko’pgina iqtisodchilar u yoki bu xususiyatlariga ko’ra ehtiyojlarni turli guruhlarga ajratib tushuntirishga harakat qilishgan. Alfred Marshall nemis iqtisodchisi Germanning fikriga asoslanib, ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal va maksimal darajadagi ehtiyoj, qondirilishi zarur va qondirilishi kechiktirsa bo’ladigan, bevosita va bilvosita qondiriladigan ehtiyojlar, joriy va kelajakda qondiriladigan ehtiyojlarga bo’ladi. Ayrim adabiyotlarda birlamchi - eng zarur ehtiyojlar, ikkilamchi - qondirilishi kechiktirsa bo’ladigan ikkinchi darajadagi ehtiyojlarga bo’linadi. Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng zarur bo’lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa shunga o’xshash ehtiyojlari, ikkilamchi ehtiyojlarga insonning ma’naviy, intellectual faoliyati bilan bog’liq bo’lgan bilim olish, san’at, turli ko’ngil ochar tadbirlarga qatnashish ehtiyojlarini kiritish mumkin. Lekin bunday ajratish shartli. Ular har-bir inson uchun individual bo’lib, bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy birlamchi bo’lsa, boshqasi uchun bunday bo’lmasligi mumkin. Birov uchun kiyim-kechakdan ko’ra bilim olish zarurroq, boshqasi uchun aksincha, yoki bir kishi uchun ma’naviy ehtiyoj hasham bo’lsa, boshqasi uchun kundalik ehtiyoj bo’lish mumkin, yoki ma’lum vaqt o’tgach oddiy extiyojlarga aylanishi mumkin. Inson ehtiyojlari tarkibiga turli jihatdan yondashib, uni har-xil guruhlarga ajratish mumkin:

1.Ehtiyojlarning sub’ektlariga6 ko’ra: individual, guruhiy, umumjamiyat ehtiyojlariga bo’linadi.

a) Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik ehtiyojlar, sotsial kontaktda bo’lish, o’zining har tomonlama kamol topishiga bo’lgan extiyojlar va boshqalarini o’z ichiga oladi.

b) Guruhiy ehtiyoj - bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo’lib, birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir.

v) Umum jamiyat ehtiyoji - bu mamlakat miqyosida, qolaversa er shari miqyosida insonlarning bir butun bo’lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o’z ichiga birinchidan, barcha turdagi individual va guruhiy ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turish uchun zarur ehtiyojdir. Bularga tabiiy resurslarni asrash, mudofaa, jamiyatni boshqarish va hokazolarni kiritish mumkin. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlariga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo’ladi. Tabaqalanish darajasiga qarab ehtiyojlar ham farqlanadi.

2. Ehtiyojlar ob’ektiga7 ko’ra: moddiy ehtiyojlar, sotsial-ma’naviy ehtiyojlarga bo’linadi.

3. Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojdir.

4. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir.

5. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, transport va hokazo kabi qator ehtiyojlardan iborat bo’lib, ularning qondirilishi

6 Lotinchadan olingan «sub’ekt» so’zi ega, «ob’ekt» esa predmet ma’nosini anglatadi. O’zbek tilining izohli

lug’atida ko’rsatilishicha sub’ekt deganda, aql-zakovat, iroda egasi, borliqni bilishga, o’zgartirishga qodir, faollik

bilan harakat qiladigan shaxs yoki guruh.

7. Ob’ekt esa kishining faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan va o’z faoliyatini shunga qaratgan predmet, hodisa tushuniladi. yashashning birlamchi shartidir. Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko’rinishga ega, masalan: oziq-ovqatga ehtiyoj, aniq: un, guruch, yog’, go’sht, shakar va boshqalar kabi moddiy shaklga ega. Kiyimlarga bo’lgan ehtiyoj: tufli, paypoq, kastyum-shim, ko’ylak, palto, kurtka va boshqalarga bo’lgan ehtiyoj tarzida yuzaga chiqadi.

Sotsial-ma’naviy ehtiyojlar azaliy bo’lmay jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida, tsivilizatsiya paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi. Jamiyat rivojlangan sari sotsial-ma’naviy ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylana boradi, hamda borgan sari yuksala boradi. Sotsial-ma’naviy ehtiyojlar asosan turli xizmatlardan foydalanishga bo’lgan ehtiyojlar tarzida yuzaga chiqadi. O’qituvchi, vrach, san’at arbobi, sport va boshqalar xizmatidan foydalanib, inson axloqiy, ma’naviy, estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol topadi. Bu ehtiyojlar yaqqol moddiy ko’rinishga ega emas.

3.Faoliyat yuritish sferasi jihatidan: mehnat qilish, muloqatda bo’lish, dam olish, ish qobiliyatini tiklash, iqtisodiy faoliyat yuritishga ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Mehnat ehtiyoji insoning o’zida mujassamlashgan. Mehnatsiz inson yashay olmaydi., chunki mehnatsiz nozu-ne’matlar yaratib bo’lmaydi, mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmaydi. Mehnat ehtiyoji insonda mehnat qilish, ijod qobiliyati borligidan kelib chiqadi. Inson mehnatda o’z o’rnini topish, o’z qobiliyatini ishga solib, obro’-e’tibor qozonishga harakat qiladi.

Inson yashar ekan doimo boshqalar bilan muloqotda bo’lishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham hayotimizda «Yolg’izlik xudoga xos» degan naql bor. Inson mehnat qilar ekan, albatta ish qobiliyatini tiklash uchun dam olishi, turli ko’ngil ochar tadbirlarda qatnashishi zarur.

4.Ehtiyojlarni qondirilishi jihatidan qarasak, ular yakka va birgalikda qondiriladigan ehtiyojlarga bo’linadi. Har bir inson o’zining ehtiyojlarini bir qismini yakka tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi. Yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojga yagona o’lcham bilan yondoshib bo’lmaydi. Moddiy ehtiyojlarning ko’pchiligi odatda yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojlarni tashkil etsa, sotsial- ma’naviy ehtijlar ko’prok birgalikda qondiriladigan ehtiyojlardan iborat. Masalan, kiyim kiyishga bo’lgan ehtiyoj yakka tartibda, bilim olishga bo’lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi.

5. Ehtiyojni qondirishdan qanday maqsad ko’zlanganiga qarab, ularni: shaxsiy ehtiyojlar va ishlab chiqarish ehtiyojlariga bo’lish mumkin. Boshqacha aytganda iste’mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga ehtiej. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo’lib, uning hayot kechirishi, har tomonlama kamol topishiga qaratilgan. Ishlab chiqarish ehtiyojlari esa inson uchun bilvosita ehtiyojlar bo’dib, uning yordamida inson yashashi kamol topishi uchun zarur bo’lgan turli ne’matlar ishlab chiqarish uchun zarur investitsion tovarlar yaratiladi. Ehtiyojlar qanday guruhlarga bo’linmasin, qay jihatdan yondashilmasin, ular bir-biri bilan bog’lik, biri ikkinchisini taqozo qiladi, hamda yagona umumjamiyat ehtiyojlari tarzida shakllanadi. Jamiyatning umumiy ehtiyojlari tarkib topishi va rivojlanishiga qator omillar ta’sir ko’rsatadi.

Ularni umumiy tarzda quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

1.Aholi soni, yoshi, jinsi.

2.Tabiiy-geografik sharoiti.

3.Tarixiy milliy an’analar va odatlar.

4.Jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti.

5.Madaniy jihatdan erishilgan daraja.

Jamiyat har xil odamlardan tarkib topar ekan, albatta ularning har birining ehtiyoji shakllanishiga ta’sir etadigan omillar ham mavjud.

Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar. Iqtisodiy qonunlar va uning turlari.

Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarda amal qiladigan iqtisodiy qonunlarni ham o‘rganadi.

Boshqacha qilib aytganda bu fanining asosiy vazifalaridan biri iqtisodiy qonunlarni bilish va uning mazmunini, amal qilish mexanizimini ochib berish hisoblanadi.

Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror sabab-oqibat aloqalarini, ularning ichki o‘zaro bog‘liqligini ifodalaydi. Iqtisodiy qonunlar obyektiv amal qilayotgan iqtisodiy voqealikning umumlashgan nazariy ifodasi bo‘lib, u obyektv reallikni ilmiy bilish natijasidir, ya’ni uning inson ongidagi in’ikosidir. Iqtisodiy qonunlar obyektv xarakterga ega bo‘lib, ularning kelib chiqishi, amal qilishi, rivojlanishi va barham topishi kishilarning ongiga, ularning hoxish irodasiga bog‘liq emas. Ma’lum tarixiy davrlarda, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasiga, mavjud iqtisodiy tizimning xarakteri va shartsharoitiga mos keladigan iqtisodiy qonunlar vujudga keladi va amal qila boshlaydi. Lekin iqtisodiy qonunlar kishilarning iqtisodiy faoliyatidan tashqarida, ulardan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, balki aynan ularning faoliyati, hatti -harakatlari, iqtisodiy xulq-atvori tufayli tarkib topadi va ular orqali namoyon bo‘ladi. Shuning uchun insonlar iqtisodiy qonunlarning mazmunini bilib, ularning, talablarini hisobga olib, o‘zlarining amaliy faoliyatlarida foydalanishlari lozim bo‘ladi. Bu iqtisodiy qonunlar talablariga zid har qanday qaror va hatti-harakatlar kishilarning xohish irodasidan qat’iy nazar muqarrar ravishda xo‘jalik faoliyatida qiyinchiliklarga, resurslar isrofgarchiligiga olib keladi.

Iqtisodiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qiladi. Ularning farqi shundaki, tabiat qonunlari doimiydir, iqtisodiy qonunlar esa ijtimoiy hayot qonunlari bo‘lib, tarixiydir va o‘zgaruvchandir, chunki u kishilarning faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib kishilik jamiyati mavjud bo‘lganda paydo bo‘ladi va amal qiladi.

Amal qilish davrining davomiyligiga qarab iqtisodiy qonunlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:



1.Umumiqtisodiy qonunlar-kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, vaqtni tejash qonuni, ehtiyojlarning o‘sib borish qonuni, takror ishlab chiqarish qonuni, unumdorlikning o‘sib borishi qonuni va boshqalar;

  1. Xususiy yoki davriy iqtisodiy qonunlar-insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan, talab qonuni va taklif qonuni, tovar-pul munosabatlari mavjud bo‘lgan davrlarda mavjud bo‘ladi.

  2. Maxsus o‘ziga xos iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan, sof kapitalizm sharoitidagi qo‘shimcha qiymat qonuni.

Iqtisodiy kategoriyalar. Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy qonunlar bilan bir qatorda iqtisodiy jarayonlarning alohida tomonlarini tavsiflaydigan kategoriyalarning mazmunini ham ochib beradi.

Iqtisodiy kategoriyalar - doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy tushunchadir.

Iqtisodiy kategoriyalar real iqtisodiy hodisalarning mohiyatini

ifoda etadigan ilmiy tushuncha bo‘lib, ilmiy tafakkur mahsulidir. Ular nihoyatda ko‘p va xilma-xildir. Bozor, pul, tovar, kapital, ishchi kuchi, iqtisodiy muvozanat, moliya, kredit, bank va boshqa shu kabi tushunchalar iqtisodiy kategoriyalarga misol bo‘la oladi. Iqtisodiy qonunlardan farq qilib, ilmiy kategoriyalar, iqtisodiy hodisalarning mazmunini ifoda etadi. Iqtisodiy printsiplar va modellar omillardan faqatgina Pepsi ichimligin narxigina iqtisodiy baholashni tahlil qilishda va iqtisodiyotni qanday ishlashini tushunishda juda qo’l keladi. Bu tushunchalar iqtisodiy tizim ichida sodir bo’ladigan sabab va oqibatni anglash vositalaridir. Yaxshi nazariyalar o’z navbatida kengroq tushunishga va to’g’ri baholashga yordam beradi. Ular haridor va ishlab chiqaruvchi orasidagi munosabatlarga bog’liq faktlarga tayanadi.



Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning uslub va usullari

Uslubiyat — bu ilmiy bilishning tamoyillari tizimi, yo‘llari, qonun – qoidalari, usullari va aniq tartiblaridir. Bu obyektv voqeylikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o‘z ichiga oluvchi bir butun ta’limotdir. Uslubiyat umumiy tavsifga ega, lekin har bir fan o‘zining predmetidan kelib chiqib, ilmiy bilish usullariga ega bo‘ladi.

“Usul” grekchadan so‘zma – so‘z tarjima qilinganda “tadqiqot” tushunchasini anglatib, ilmiy bilishning aniq hodisalarini bildiradi.

Dialektika ilmiy bilishning umumiy usuli bo‘lib xizmat qiladi. Uning iqtisodiyot nazariyasi fanida qo‘llaniladigan asosiy qoidalari quyidagilar:


  • iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog‘liqlikda, ziddiyatda bo‘lgan o‘zaro ta’sir qilib turadigan turli bo‘g‘inlardan, bo‘laklardan iborat yaxlit bir organizm deb hisoblanadi;

  • iqtisodiy hodisa va jarayonlarning kelib chiqishi, amal qilishi va barham topishi, uning sabablari va oqibatlari ichki aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda ro‘y berishi tan olinadi;

  • iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkablikka, quyidan yuqoriga rivojlanishida deb qaraladi. Bu erda son jihatidan o‘zgarishlar to‘plana borib, sifat jihatidan o‘zgarishga olib kelishi hisobga olinadi.

Iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘ziga xos tadqiqot usullari ham mavjud. Ulardan eng asosiylari quyidagilar:

Ilmiy abstraksiya usuli - voqea hodisalarning tahlil paytida xalal berishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali belgilari e’tibordan chetlashtirilib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga tegishli belgilarga e’tiborni qaratishdir.

Tahlil va sintez usuli. Tahlil — bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratib ularning xususiyatini ochib berishdir. U ikki darajada amalga oshiriladi.

Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va boshqa iqtisodiy sub’ektlarning yuqori pirovard natijaga erishishga qaratilgan xattiharakati, xulqi tadqiq qilinadi.



Makroiqtisodiy tahlilda milliy iqtisodiyotning holati, faoliyat qilishi va natijalari tadqiqot qilinadi. Iqtisodiy resurslarni to‘liq band qilish, inflyasiyani jilovlash va iqtisodiy muvozanatlikni ta’minlash orqali iqtisodiy o‘sishga erishish muammolari bu tahlil obyektdir. Qisqacha aytganda, makro-iqtisodiy tahlilda milliy xo‘jalik, uning alohida sektorlari (davlat, kooperativ, xususiy) va jahon xo‘jaligi o‘rganiladi.

Sintez – bu hodisa va jarayonlarning umumiy ta’siri asosida umumiy xulosalar chiqarishdir.



Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli. Tarixiylik dalili iqtisodiy fanlarda ham tarixiy rivojlanish nuqtai nazaridan tadqiqot olib borishni zarur qilib qo‘yadi. CHunki iqtisodiy jarayonlar jamiyatning tarixiy rivojlanish bosqichlarida ro‘y beradi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy nuqtai nazardan emas, shu bilan birga ichki zaruriy va qonuniy bog‘lanishlar bo‘yicha ham tahlil qilinadi.

Foydalaniladigan usullar ichida eksperiment alohida o‘ringa ega. Iqtisodiy o‘sishning keskin o‘zgarishi, xususan iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng foydalaniladi.



Induksiya va deduksiya usuli. Induksiya nazariyadan amaliyot tomon borishni, yaratilgan nazariyalarni kishilarning amaliy hayotida sinab ko‘rishni anglatasa deduksiya amaliyotdan nazariya tomon borishni, real hayotdagi ro‘y beradigan hodisa va jarayonlardan nazariyalar yaratishni bildiradi.

Pozitiv va normativ usullar. Pozitiv usul iqtisodiy hodisalarning real hayotdagi holatini qanday bo‘lsa shu holicha aks ettiradi. Masalan, O‘zbekistonda ishsizlik 2012 yilda 0,6 foizni tashkil qildi. Respublikada narxlarning o‘sishi o‘tgan 2011 yilda 7,0 foizdan oshmadi va h. k. Normativ usul hodisa va jarayonlarning qanday bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi fikr va mulohazalardir. Masalan, ishsizlikning tabiiy darajasi

2,5 foizdan oshmasligi kerak. Real ish haqining o‘sishi narxlarning o‘sish sur’atidan yuqori bo‘lishi zarur va h. k.



Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy tahlil qilishda matematik, statistik usullar va grafiklardan keng foydalaniladi. Matematik usul iqtisodiy hodisa va jarayonning miqdoriy o‘lchamlarini aniqlash imkonini bersa, grafik usul o‘zgaruvchi miqdorlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rgazmali qilib tasvirlaydi.

Iqtisodiy tahlilda “Boshqa sharoitlar o‘zgarmay qolganda” degan farazdan ham foydalaniladi. CHunki real iqtisodiy hayotda hodisa va jarayonlarga ko‘plab omillar bir vaqtda, shu bilan birga turli xil yo‘nalishlarda ta’sir ko‘rsatadi.

Bu barcha omillarning birgalikda ta’sirida hodisa va jarayonlar mohiyatini ochib berish qiyin kechadi yoki mutlaqo mumkin bo‘lmaydi. SHu sababli ularning alohida olingan omil ta’sirida mohiyati ochilib, boshqa omillar ta’siri e’tibordan chetda qoladi yoki ular o‘zgarmas deb hisoblanadi. Tahlilning keyingi bosqichida o‘rganilayotgan hodisa yoki jarayonga boshqa omillarning ta’siri ham alohida-alohida qarab chiqiladi.

Iqtisodiy tahlilda iqtisodiy modellardan ham foydalaniladi. Iqtisodiy modellar – bu real voqelik, iqtisodiyot va undagi ro‘y beradigan hodisa hamda jarayonlarning soddalashtirilgan manzarasidir. Boshqacha aytganda, iqtisodiy model – faqat asosiy omillardan ozod qilingan soddalashtirilgan nazariy qurilma (sxema).

Bunda iqtisodiy modellarning ikkita turi o‘z o‘rniga ega bo‘ladi: muvozanatlashgan va optimallashgan modellar.

Muvozanatlashgan modellar iqtisodiy hodisa va jarayonlar yoki ularning natijalari miqdoriy o‘lchamlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni aks ettiradi. Masalan, yalpi talab va yalpi taklif modeli, tovarlar miqdori va pul massasi modeli, daromadlar va xarajatlar modeli va h.k.

Optimallashgan modellar – alohida olingan iqtisodiy hodisa yoki uning natijasidagi miqdoriy o‘zgarishlarni va har bir davrdagi optimal me’yorlarini xarakterlaydi. Masalan, narx modeli, xarajatlar modeli, daromadlar modeli va h.k.

Model qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatlisi nisbatan qisqa davrni, uzoq muddatlisi odatda uzoqroq vaqt davrini oladi.

Iqtisodiyotning barcha masalalariga javob berishga layoqatli yagona model mavjud bo‘lmaydi. SHu sababli iqtisodiy tahlilda ko‘plab har xil modellardan foydalaniladi, ulardan har biri muayyan vazifalarni hal qiladi.

Ayni vaqtda, har qanday model real hayotiy voqealar (bankrotlik, tabiiy ofatlar, siyosiy larzalar va boshqa) ni aks ettirmaydi. U real hayotdan abstraktlashgan, iqtisodiy etuklikning yuqori andazasidir. Bu qayd qilinganlar iqtisodiy modellar uning iqtisodiy tahlildagi ahamiyatini pasaytirmaydi. Jumladan yalpi talab va yalpi taklif modeli umumiy iqtisodiy muvozanatlikni ifodalab, real jarayonlar uning idealidan farqlanishini aniqlash va undagi aniq omillar ta’sirini miqdoriy baholash imkonini beradi.

Iqtisodiy printsiplarni yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradigan boshqa omillar ham mavjud. Umumiylashtirish iqtisodiy printsiplar iqtisodiyot fani yoki iqtisodiy munosabatlarga oid umumlashgan tushunchalardir. Iqtisodiy printsiplarni muayyan iste’molchilar yoki ishlab chiqaruvchilar to’g’risidagi yondashuv deb qabul qilish mumkin.



Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalib borish qonuni

Ishlab chiqarishning pirovard maqsadi iste’mol ya’ni ehtiyojni qondirish hisoblanadi.



Insonning yashashi va kamol topishi, jamiyatning rivojlanishi uchun kerak

bo‘lgan hayotiy vositalar va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan zaruriyat «ehtiyoj» deb ataladi.

Jamiyat ehtiyojlari kishilar ya’ni jamiyat a’zolari, korxonalar va davlat ehtiyojlarining birligidan iborat. Ehtiyojlarning bu barcha turlari uchun umumiy bo‘lgan xususiyat - ular cheksiz va chegarasizdir. Jamiyat ehtiyojlarida kishilarning ehtiyojlari asosiy va belgilovchi rol o‘ynaydi. Kishilarning barcha hayotiy ehtiyojlari

(iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, siyosiy ehtiyojlar) orasida ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar alohida o‘rin tutadi. Bu ehtiyojlar kishilarning yashashi, mehnat qilishi va hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy ne’matlardan hamda xizmatlardan iborat bo‘ladi. SHu jihatdan olganda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar moddiy, ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Moddiy ehtiyojlar, bu avvalo, kishilarning o‘zlariga foydali bo‘lgan ne’matlarni iste’mol qilishga bo‘lgan xohishlaridir. Bular iste’mol uchun zarur bo‘lgan ko‘plab hayotiy predmetlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy) va zeb-ziynat buyumlarini (taqinchoq, atir-upa, engil avtomobil va h. k.) o‘z ichiga oladi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash lozimki, bir necha yil oldin zeb-ziynat dabdaba hisoblangan buyum bugungi kunda eng oddiy hayotiy zarur predmetga aylanishi mumkin. Xizmatlar ham moddiy ne’matlar kabi ma’lum ehtiyojlarni qondiradi. Masalan, shaxsiy avtomashinani remont qildirish, soch oldirish, huquqshunos maslahatidan foydalanish kabi xizmatlar moddiy tovarlar bilan bir qatorda kishilarning ularga bo‘lgan ehtiyojlarini qondiradi. Ma’naviy ehtiyojlar moddiy ko‘rinishga ega bo‘lmagan kishilarning bilim va dam olish, madaniy saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo‘lish, har xil xizmatlardan bahramand bo‘lish kabi ko‘plab ehtiyojlarni o‘z ichiga oladi. Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi ob’ektlar xususiyatiga bog‘liq. Ijtimoiy extiyojlar umumlashgan faoliyatning turli shakllarida qatnashish orqali qondiriladi hamda uni kishilarning birgalikda, hamkorlikda mavjud bo‘lishi zarurligi taqoza qiladi. SHunday buyum va xizmat turlari borki, ulardan faqat birgalikda foydalanish mumkin. Masalan, ta’lim olish, sog‘liqni saqlash, dam olish joylaridan bahramand bo‘lish, sport o‘yinlari va ko‘ngil ochar tomoshalarni birgalikda ko‘rish kabilar shular jumlasidandir.

Jamiyat ehtiyojlarida korxona va davlat ehtiyojlari ham o‘z o‘rniga ega. Korxonalarga ishlab chiqarish maqsadlarini amalga oshirish, ya’ni tovarlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchi kerak bo‘ladi. Davlat, butun mamlakat aholisining umumiy ehtiyojlarini aks ettirib, avtomobil va temir yo‘llar, maktablar, kasalxonalar qurilishiga ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun davlatga ham zaruriy ne’matlar va iqtisodiy resurslar kerak bo‘ladi.

Jamiyat ehtiyojlariga bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bular quyidagilar:



  • jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi. Iqtisodiyoti rivojlanishdan orqada qolgan mamlakatlarda ehtiyojlar doirasi tor bo‘lsa, aksincha, iqtisodiyoti gurkirab rivojlangan mamlakatlarda keng va xilma-xil bo‘ladi;

  • jamiyatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy tizim. Agar jamiyatdagi tizim bozor iqtisodiyoti tartiblari asosida qurilgan bo‘lsa, undagi ijtimoiy guruhlar boylar va kambag‘allar, mulkdor va mulksizlarga bo‘linib, ularga mansub kishilar ehtiyojlari o‘rtasida katta farq mavjud bo‘ladi. Yuqori daromad oluvchilar juda sifatli, noyob mahsulotlar va xizmatlarga ehtiyoj bildirsa, kambag‘allarning ehtiyojlari o‘z hayotini saqlash uchun juda zarur mahsulotlar va xizmatlar bilangina cheklanadi;

  • tabiiy-geografik sharoitlar. Bu omil ham ehtiyojlarning miqdori va tarkibiga ta’sir qiladi. Masalan, nisbatan sovuq iqlim sharoitida, issiq iqlim sharoitiga qaraganda hayot kechirish uchun oqsil va yog‘ga boy oziq-ovqat, issiq kiyim-kechak, uy va transport vositalariga ko‘proq ehtiyoj bo‘ladi;

  • tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar, tarixan shakllangan milliy va diniy marosimlar, urf-odatlar. Jumladan, Navro‘z bayrami, ro‘za va hayitlar o‘ziga xos ehtiyojlarni yuzaga keltiradi;

  • aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;

  • xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar, ayniqsa, ular o‘rtasidagi mahsulot va axborot ayirboshlashning rivojlanishi.

Alohida kishilarning ehtiyojlari ularning yoshi, jinsi, oilaviy ahvoli, kasbi, mehnatning tabiati kabi omillarga bog‘liq. Masalan, keksa kishilar yoshlardan farq qilib, engil hazm bo‘ladigan ovqatga, dori-darmonga, shovqin-suronsiz yashash muhitiga ko‘proq ehtiyoj sezadi. Ko‘p bolali oilalarda bolalar kiyimi, o‘yinchoqlarga ehtiyoj yuqori bo‘lsa, farzandsiz oilalarda bunday ehtiyojlar bo‘lmaydi. Murakkab, og‘ir va engil mehnat turlari bilan shug‘ullanuvchi kishilar ehtiyojlari ham bir-biridan tubdan farq qiladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy, shu jumladan, moddiy ehtiyojlarni to‘liq qondirish mumkin emas. Jamiyatda har bir ma’lum davrda ko‘plab qondirilmagan ehtiyojlar bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan yangi buyumlarning paydo bo‘lishi, reklamaning ta’siri va bozorlarning rivojlanishi natijasida ehtiyojlar tarkiban o‘zgaradi va miqdoran o‘sib boradi.



Ehtiyojlar turlari. Ehtiyojlar nihoyatda turli tuman bo‘lib, ularni turkum-lashga turli jihatdan yondashish mumkin. Ko‘pgina iqtisodchilar u yoki bu xususiyatlariga ko‘ra ehtiyojlarni turli guruhlarga ajratib tushuntirishga harakat qilishgan. Ular, ehtiyojlarni absolyut va nisbiy, minimal va maksimal darajadagi qondirilishi zarur va qondirilishi kechiktirsa bo‘ladigan, bevosita va bilvosita qondiriladigan joriy va kelajakda qondiriladigan ehtiyojlarga ajratadi. Ayrim adabiyotlarda birlamchi – eng zarur ehtiyojlar, ikkilamchi – qondirilishi kechiktirsa bo‘ladigan ikkinchi darajadagi ehtiyojlar mavjudligi qayd qilinadi. Birlamchi ehtiyojlarga insonning eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa kabilarga bo‘lgan ehtiyojlarini, ikkilamchi ehtiyojlarga ular ma’naviy, intellektual faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan bilim olish, san’at, turli ko‘ngil ochar tadbirlarga qatnashishga bo‘lgan ehtiyojlarini kiritish mumkin. Lekin bunday ajratish shartli. Ular har-bir inson uchun individual bo‘lib, bir inson uchun kiyim-kechak, turar joy birlamchi bo‘lsa, boshqasi uchun hayotiy yashash vositalari ahamiyatli. Birov uchun kiyim-kechakdan ko‘ra bilim olish zarurroq, boshqasi uchun aksincha, yoki bir kishi uchun ma’naviy ehtiyojga xoxish bo‘lsa, boshqasi uchun kundalik ehtiyoj birlamchi bo‘lish, yoki ma’lum vaqt o‘tgach ular oddiy ehtiyojlarga aylanishi ham mumkin.

Inson ehtiyojlariga turli jihatdan yondoshib, uni har xil guruhlarga ajratish mumkin:



1. Ehtiyojlar sub’ektlariga ko‘ra: individual, jamoa va umumjamiyat ehtiyojlariga bo‘linadi.

  1. Individual ehtiyoj har bir insonning ehtiyojini ifodalaydi. U fiziologik ehtiyojlar, o‘zining har tomonlama kamol topishiga bo‘lgan ehtiyojlar va boshqa shu kabilarni o‘z ichiga oladi.

  2. Guruhiy ehtiyoj – bu oilaviy yoki kishilarning biron maqsadda birlashgan guruhlari (mehnat jamoasi, turli uyushmalar) ehtiyojlari bo‘lib, birgalikda yashash, faoliyat yuritish jarayonida vujudga keladigan umumiy ehtiyojlardir.

v) Umumjamiyat ehtiyoji – bu mamlakat miqyosida, insonlarning bir butun bo‘lib tarkib topgan ehtiyojlaridir. U o‘z ichiga birinchidan, barcha turdagi individual va guruhiy ehtiyojlarini olsa, ikkinchidan jamiyatni yaxlit organizm sifatida yashab turishi uchun zaruriy ehtiyojdir. Bularga tabiiy resurslarni asrash, mudofaa, jamiyatni boshqarish kabilarni kiritish mumkin. Jamiyatning ehtiyoji turli ijtimoiy toifa va guruhlarga mansub kishilar ehtiyojining yaxlitligi sifatida namoyon bo‘ladi. Tabaqalanish darajasiga qarab ehtiyojlar ham farqlanadi. 2. Ehtiyojlar obyektga ko‘ra moddiy, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlarga bo‘linadi. Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo‘lishi bilan vujudga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojdir. Moddiy ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joylarga bo‘lgan ehtiyojlarning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir. Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko‘rinishga ega, masalan oziqovqat mahsulotlariga ehtiyoj aniq un, guruch, yog‘, go‘sht, shakar va boshqalar aynan shunday ko‘rinishga ega. Ijtimoiy-ma’naviy azaliy bo‘lmay jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichida, sivilizatsion rivojlanish natijasida yuzaga keladi. Jamiyat rivojlanishi bilan ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar tabiiy zaruratga aylanib boradi. Ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar asosan turli xizmatlardan foydalanishga bo‘lgan ehtiyojlar tarzida yuzaga chiqadi. Kishilar ijtimoiy-manaviy xizmatlardan foydalanib, axloqiy, ma’naviy, estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol topadi.

  1. Ehtiyojlar tizimida mehnat qilish, dam olish, ish qobiliyatini tiklashga bo‘lgan ehtiyojlar ajratiladi.

Mehnat ehtiyoji insoning o‘zida mujassamlashgan. Mehnatsiz inson yashay olmaydi, chunki mehnatsiz nozu-ne’matlarni yaratib bo‘lmaydi va inson shaxsi kamol topa olmaydi. Mehnat ehtiyoji insonda jismoniy mehnat qilish va aqliy qobiliyati borligidan kelib chiqadi. Inson mehnatda o‘z o‘rnini topib va qobilyatini ishga solib, obro‘-e’tibor qozonishga harakat qiladi. Inson mehnat qilar ekan, albatta ish qobilyatini tiklash uchun dam olishi va turli ko‘ngil ochar tadbirlarda qatnashishi zarur.

  1. Ehtiyojlar qondirilishi jihatidan yakka tartibda va birgalikda qondiriladigan ehtiyojlarga bo‘linadi. Har bir inson o‘zining ehtiyojlarining bir qismini yakka tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda qondiradi. YAkka tartibda qondiriladigan ehtiyojga yagona o‘lchov bilan yondoshib bo‘lmaydi. Moddiy ehtiyojlarning ko‘pchiligi odatda yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojlarni tashkil etsa, ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlar ko‘proq birgalikda qondiriladigan ehtiyojlardan iborat. Masalan, kiyim kiyishga bo‘lgan ehtiyoj yakka tartibda, bilim olishga bo‘lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi.

  2. Ko‘zlangan maqsadiga qarab ehtiyojlarni shaxsiy iste’mol va ishlab chiqarish ehtiyojlari farqlanadi. Iste’mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga bo‘lgan ehtiyoj shular jumlasidandir. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo‘lib, uning hayot kechirishi, har tomonlama kamol topishiga qaratiladi. Ishlab chiqarish ehtiyojlari esa kishilar uchun bilvosita ehtiyojlar hisoblanib, uning yordamida inson yashashi, kamol topishi uchun zarur bo‘lgan turli ne’matlar ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish vositalari unumli iste’mol qilinadi.

Qayd qilingan ehtiyojlarning barchasi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lib, biri ikkinchisini taqozo qiladi hamda yagona umumjamiyat ehtiyojlari tarzida shakllanadi.

Jamiyatning, ya’ni uni tashkil qiluvchi kishilar va davlat ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi. Ishlab chiqarish ehtiyojlarni qondirishga qaratiladi va uning rivojlanishi yangi ehtiyojlarni yuzaga keltiradi. Ishlab chiqarish baynalminal tus olishi bilan ishlab chiqarish va ehtiyoj o‘rtasidagi bog‘liqlik xalqaro miqyosda aks etadi. Ma’lum bir mamlakatda paydo bo‘lgan ehtiyoj boshqalariga tarqalib, xalqaro mazmunga ega bo‘ladi. Xalqaro aloqalar rivojlanib borgani sari ehtiyojlarning milliy xususiyatlari bilan bir qatorda uning millatlararo, baynalminal belgilari rivoj topib boradi.

Ehtiyojlar o‘zaro bir-birini taqozo qilishi sababli bir ehtiyoj o‘z orqasidan boshqa bir ehtiyojni keltirib chiqaradi. Masalan, kompyuter texnikasiga ehtiyojning paydo bo‘lishi, o‘z navbatida uni ishlatish, o‘rganish, xizmat ko‘rsatish va dastur tuzishga ehtiyojlarni keltirib chiqaradi.

Ehtiyojlarning o‘sib borishi bir tekis, uzluksiz bo‘lmaydi. Uning o‘sishiga qarshi ta’sir qiluvchi omillar ham mavjud bo‘ladi. Ishlab chiqarish holati, jamiyatdagi hukmron munosabatlar, favqulodda yuz beradigan hodisalar (urushlar, iqtisodiy tizim almashishi) va tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yong‘in kabilar) ehtiyojlarning o‘sib borishiga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi omillardir. Shunday qilib, ehtiyojlarning o‘sib borishi qonuni mavjud ehtiyojlarning miqdoran o‘sib borishida, mutlaqo yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishida, muayyan ehtiyojlar doirasida turli ehtiyojlar nisbatining o‘zgarishida va bir ehtiyojning boshqasi bilan almashinishida namoyon bo‘ladi. Ehtiyojlarning o‘sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. Chunki ehtiyojlar cheksiz o‘sib borgan taqdirda ham uni ta’minlash uchun zarur bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangandir.

Kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixiga nazar tashlansa ehtiyojlarning miqdoran o‘sib, tarkiban takomillashib borishi aniq nomoyon bo‘ladi. yuksalib borishini ko‘ramiz. Ehtiyojlarning uzluksiz o‘zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir. Qondirilgan ehtiyoj yangi ehtiyojlarni keltirib chiqarishi xalqda «Insonning ko‘zi tuproqqa to‘lganda to‘yadi» degan naql kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Hozirgi zamon fanida ehtiyojlar cheksiz, ular o‘sishining to‘xtashi, jamiyat hayotini to‘xtashini bildiradi deb e’tirof etishadi. Ehtiyoj o‘sib bormaganda ishlab chiqarishning taraqqiy etishiga ham zarurat bo‘lmas edi.

Ehtiyojlarning yuksalishi ikki yo‘nalishda amalga oshadi.



  1. Kishilarning ehtiyoji miqdoran o‘sib boradi. Bu bir tomondan aholi sonining ko‘payib borishi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchi tomondan, iste’molning ortishi bilan bog‘liq.

  2. Ehtiyojlar tarkibi o‘zgarib, yangilanib va ko‘payib boradi. Ayrim ehtiyojlar yo‘qolib, o‘rniga yangisi keladi. Ishlab chiqarishning o‘zi ehtiyojlarning o‘sishiga va tarkibining o‘zgarishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Shuning uchun ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, ko‘payib sifat jihatdan o‘zgarib boradi. Ishlab chiqarish ta’sirida mutloqo yangi ehtiyojlar vujudga keladi va ayni vaqtda eskilari yo‘qolib boradi.

Chunki, ishlab chiqarish orqaligina turli ne’matlar yaratiladi va muayyan ehtiyojlarni qondirishga imkonyat ham vujudga keladi. Mavjud ehtiyojning qondirilishi o‘z navbatida yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, avtomobil sotib olib ehtiyojning qondirilishi o‘z navbatida qator yangi ehtiyojlarni keltirib chiqaradi: mashina turadigan joyga, yonilg‘i, ehtiyot qism, sug‘urta qildirish, soliqlar to‘lash va hokazolarga ehtiyojlar shular jumlasidandir.

Fan-texnika taraqqiyotining tezlashuvi, aholi turmush tarzi o‘zgarishi ham ehtiyojlarni tubdan o‘zgartiradi. Yangi ixtirolarni ommaviy ishlab chiqarish o‘z navbatida ularga xos ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Masalan, kir yuvish mashinasi, videomagnitafon va boshqalarga ehtiyoj.

Ishlab chiqarishning rivojlanishi kishilar hayotining ijtimoiy-maishiy madaniy sharoitlariga ham ehtiyojlarni shakllantiradi. Bunga oddiygina misol, dastlabki ibtidoiy odamlarning ovqatlanishi bilan hozirgi zamon ovqat tayyorlash texnologiyasi tubdan farq qiladi.

Ishlab chiqarish ehtiyojlarni shakllantirar ekan, o‘z navbatida ehtiyojlar ham ishlab chiqarishga ta’sir etadi. Birinchidan, ehtiyojlar yaratuvchanlik faoliyatining aniq yo‘nalishiga asos bo‘ladi, ikkinchidan inson ehtiyojlarining miqdor va sifat jihatdan tez o‘zgarishi ishlab chiqarishning unga moslashishini taqoza etadi. Ehtiyojlarni qondirilish darajasi (EQD) har bir davrda haqiqiy iste’mol (HI)ni ehtiyojlarning umumiy darajasi (EUD)ga nisbati orqali aniqlanadi, ya’ni


Download 417.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling