Mavzu: Reja: Kirish


Download 417.2 Kb.
bet3/3
Sana11.11.2020
Hajmi417.2 Kb.
#143558
1   2   3
Bog'liq
Mavzu- Reja- Kirish

EQD=XI/EUD100


Ehtiyojlar qondirilish darajasi odatda iste’mol bilan taqqoslanadi. U yil davomida aholi jon boshiga iste’mol qilingan tovar va xizmatlar turi miqdori hisobida baholanadi. Masalan, aholi jon boshiga iste’mol qilingan non va non mahsulotlari, sut, go‘sht, sabzavot, meva har yuz oilaga to‘g‘ri keladigan uzoq muddat foydalanadigan tovarlar: avtomobil, televizor, kir yuvish mashinasi, muzlatgich, uyjoy maydoni va boshqalar.

Jamiyat taraqqiy etgan sari iste’mol darajasi ortib, ehtiyojlar to‘laroq qondirila boradi. Ehtiyojni qondirish usullari ham o‘zgaradi. Iste’mol ne’matlari turi ko‘payadi. Ehtiyojlarni qondirilishi umumiy tarzda aholi turmush darajasini ko‘rsatadi. Turmush darajasi - aholi ehtiyojlarini qondirilishiga qarab baholanadi. Aholining ehtiyojlarini qondirilishi ularning farovon yashashi, uzoq umr ko‘rishining garovidir. Buning uchun esa ana shu ehtiyojlarni qondiradigan darajada ishlab chiqarish zarur bo‘ladi.

Ehtiyojlar bilan ishlab chiqarish nisbati o‘zgarishining uch muqobil varianti mavjud bo‘ladi:


  1. Regressiv. Bu muqobil holat uzoq muddat ishlab chiqarishning tushkunlikda bo‘lishi natijasidan kelib chiqadi. Iqtisodiyotni bunday o‘zgarishini girdob tarzida ko‘rish mumkin. Aholi iste’moli miqdor va sifat jihatdan ham kamayib boradi. Borgan sari kishilarning eng zarur ehtiyojlarini qondirish ham qiyinlashib boradi. Hozir shunday vaziyatni Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasining qator mamlakatlarida ko‘rish mumkin.

  2. Turg‘un. Bu variantda nisbatan cheklangan turdagi mahsulot ishlab chiqariladi va ehtiyojlar ham nihoyatda sekinlik bilan o‘sib boradi. Yaratuvchanlik faoliyati sust, ishlab chiqarish (– taqsimot – ayriboshlash – iste’mol) va ehtiyojlar doira shaklini eslatadi. Iqtisodiyotda umumiy turg‘unlik yuz berib, ko‘pincha u xalqlarning an’ana va urf-odatlari bilan bog‘lanib ketadi. Bu hol hozirgi paytda ayrim Osiyo va Afrika, Lotin Amerikasi mamlakatlarida kuzatiladi.

  3. Progressiv. Bunda ishlab chiqarish miqdori ko‘payadi, sifati yaxshilanadi, iste’mol va ehtiyojlar o‘sadi. Uni tobora kengayib boruvchi spiralsimon harakat tarzida ifodalash mumkin. Bir qator beqarorliklarga qaramasdan, rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish ham, ehtiyojlar ham o‘sib boradi.

Iqtisodiy resurslar, ularning turlari, tarkibi va cheklanganligi


Yuqorida keltirilgan iqtisodiyot borasidagi mushohadalardan kelib chiqib, nima sababdan iqtisodchilar dunyoga tanqislik nuqtai-nazardan boqishlarini ko’rish mumkin.

Tanqislik tushunchasi iqtisodiy resurslar cheklangan mahsulotlar va xizmalart turlarini ifodalaydi.Tanqislik insondagi istagancha tanlab olish imkoniyatini cheklab, bizga mavjud narsalarnigina tanlay olishni talab qiladi. Endi biz hamma narsalardan xohlagancha foydalana olmasdan, mavjud narsalar bilangina kifoyalanishimiz kerak ekanligini anglatadi. “Hech qachon sichqon tutgichda tekin pishloq bo’lmaydi” degan oddiygina naql iqtisodiyotni o’zagini tashkil etadi. Aytaylik, siz biror-bir mahsulotdan bepul foydalandingiz deylik, ammo huddi shu mahsulotni ishlab chiqargan boshqa bir ishlab chiqaruvchi unga qanchadir mablag’ safrlagan-ku! Biror–bir oddiy bo’lib ko’ringan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ham qanchadir o’lchamdagi yer maydoni, ish quroli, qo’l mehnati, bunyodkorlik salohoyati kabilar talab qilinadi. Yuqoridagi “tekin pishloq” ni o’rniga ishlab shiqarish uchun ketgan mahsulot va qo’l mehnati sarflab, boshqa bir mahsulotni ishlab chiqarish mumkin edi- kattaroq harid qilish uchun undov bo’lishi mumkin. Bir shisha bepul ichimlik olish uchun siz kattagina pizza sotib olishingiz kerakdir. Bir dona bepul qo’l telefoni evaziga siz bir yil muddat o’sha kompaniyani telefon-larga xizmat ko’rsatish uchun nashrga chiqarilgan jurnalga a’zo bo’lishingiz talab qilinar!

Shunday qilib,bepul tarqatilgan harsa –buyumlar insonlarga hech qachon aslida tekin berilmagan bo’lib chiqadi. Jamiyatimizdagi hech qaysi mahsulot hech qachon shunchaki bepul berilmaydi. ku! Yoki sarflangan qo’l mehnatini boshqa foydali mehnatga sarf qilish mumkin edi-ku! Iqtisodiyotchilar huddi shu sarf- harajatlarni yashirin harajatlar deb ataydilar. Bir turdagi mahsulotni qo’lga kiritish uchun boshqa turdagi mahsulotni ishlab chiqarishdan cheklanishga majburmiz. Ayni shu ketkazilgan sarf–harajat tanlovning yashirin harajati deyiladi.3

Jamiyatni harajatlarni kamaytirish muammosi


Resurslarni tanqisligi holatida jamiyat ham o’z qarorini qabul qilishga majbur bo’ladi. U ham harajatlarni kamaytirish muammosiga duch keladi. U cheklangan resurslarini jinoiy ishlarga qarshi kurashish sohasigami yoki ta’lim sohasiga yo’naltirsinmi? Agar u har ikkisiga yo’naltiradigan bo’lsa, qanday xizmat va tovarlardan voz kechish evaziga bo’lishi mumkin? Sog’liqni saqlashmi yoki energiya ta’minotimi?

Tanqis resurslar Jamiyatda biror bir xizmat turi va mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan resurslarning hammasi iqtisodiy tanqis resurslar deb ataladi. O’z navbatida bu o’z ichiga zavod- fabrikalarning butun bir tarmog’ini, fermalar qurilishi va uni qurish uchun ketadigan jihozlar, qurilish materiallari ishlab chiqarish va qishloq ho’jalik mahsulotlari uchun mo’ljallangan butun bir texnikani qamrab oladi. Hamma transport va kommunikatsiya jihozlari, mehnatning barcha turi, yer va mineral resurslar ham shuni ichiga kiradi.

Resurs kategoriyalari Iqtisodchilar iqtisodiy resusrslarni to’rtta umumiy kategoriyaga bo’ladilar.

Yer Iqtisodchillar uchun yer ko’p insonlarga qaraganda ko’proq ma’no kasb etadi. Iqtisodchilar uchun ishlab chiqarich jaroyonida ishtirok etadigan barcha tabiiy resusrslar tushuniladi, jumladan, ekin maydonlari, o’rmonlar, mineral va neft zahiralari hamda suz resurslarini tashkil etadi.

Mehnat Insonlarning ko’rsatadigan hamma turdagi mehnatlarini umumlash-tirib, “mehnat”deb atash mumkin bo’ladi.

Kapital Iqtisodchilar uchun kapital yoki capital mahsulotlariga iste’mol tovarlari va xizmatlarini ishlab chiqarishda kerak bo’ladigan barcha vositalarni kiritish mumkin. Bular sirasiga zavod fabrikalar, omborxonalar, transport vositalari, yetkazib berish xizmati, texnika va asbob-uskunalar kiradi. Irtisodchilar kapital tovarlari haridiga investitsiya deb qaraydilar.4

Kapital mahsulotlari iste’mol mahsulotlaridan farq qiladi chunki iste’mol mahsulotlari inson ehtiyojini to’g’ridan-to’g’ri qondiradi, vaholanki kapital mahsulotlari iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarishga jalb etiladi. E’tibor berish kerakki, iqtisodchilar “kapital” terminiga pul sifatida emas, balki jihozlar, texnika va boshqa ishlab chiqarish vositalari sifadida qarashadi. Sababi pulning o’zi hech narsani paydo qilmaydi, shu sababli istisodchilar unga iqtisodiy resurs sifatida qaramaydi. Ular firkicha, pul iste’mol tovarlari sotib olish uchungina kerak bo’ladigan bir vosita holos.



Tadbirkorlik qobiliyati

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, inson mehnatidan farqli o’laroq boshqaruvchilik qobiliyati mahsus inson resurslariga kiradi. Boshqaruvchi quyidagilarni amalga oshiradi:



Boshqaruvchi xizmat turi va tovar ishlab chiqarishda yer resurslari, mehnat va kapitalni unumli foydalanadi. Boshqaruvchida boshqaruvchilik va yetakchilik qobiliyati bo’lib, u mahsulot ishlab chiqarishda va boshqa resurs manbaalardan muvaffaqiyatli taqbirkorlik paydo qiladigan omilkor kishi hisoblanadi.

Vaholanki, yer, mehnat, kapital va boshqaruvchilik qobiliyati mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarni ma’lum turinini tashkillashtirish uchun bir joyga jam bo’lar ekan, ularni umumiy qilib, tovar ishlab omillari yoki soda qilib aytganda xarajatlar deyish mumkin.5

Har bir resurs undan ishlab chiqarishda foydalanganda ma’lum samara beradi. Resurs keltiradigan natija o‘z chegaralariga ega. Har qanday resursdan eng yaxshi, oqilona foydalanilgan taqdirda ham ma’lum chegaradan ortiq mahsulot yaratib bo‘lmaydi.



Masalan, har qanday yaxshi natijaga erishish uchun harakat qilingan taqdirda

ham 1 tonna rudadan - 1 tonna metall olib bo‘lmaydi. Insonlarning ham, resurlarning ham unumdorligi o‘z chegarasiga ega. Bu mavjud resurslardan ma’lum miqdor va

turdagina mahsulotlarni ishlab chikarish mumkinligi anlatadi.


Iqtisodiy resurslarning cheklanganligi ishlab chiqarish imkoniyatlarini ham cheklanishiga olib keladi.

Har bir xo‘jalik, oila, korxona, firma, tarmoq, mamlakat o‘zining ana shunday imkoniyat chegarasiga ega. Resurslardan foydalanish darajasi turlicha bo‘lgani uchun barcha tovarlar bo‘yicha ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini ko‘rsatish qiyin.



Xulosa

Yuqorida keltirilgan iqtisodiyot borasidagi mushohadalardan kelib chiqib, nima sababdan iqtisodchilar dunyoga tanqislik nuqtai-nazardan boqishlarini ko’rish mumkin.

Tanqislik tushunchasi iqtisodiy resurslar cheklangan mahsulotlar va xizmalart turlarini ifodalaydi.Tanqislik insondagi istagancha tanlab olish imkoniyatini cheklab, bizga mavjud narsalarnigina tanlay olishni talab qiladi. Endi biz hamma narsalardan xohlagancha foydalana olmasdan, mavjud narsalar bilangina kifoyalanishimiz kerak ekanligini anglatadi. “Hech qachon sichqon tutgichda tekin pishloq bo’lmaydi” degan oddiygina naql iqtisodiyotni o’zagini tashkil etadi. Aytaylik, siz biror-bir mahsulotdan bepul foydalandingiz deylik, ammo huddi shu mahsulotni ishlab chiqargan boshqa bir ishlab chiqaruvchi unga qanchadir mablag’ safrlagan-ku! Biror–bir oddiy bo’lib ko’ringan mahsulotni ishlab chiqarish uchun ham qanchadir o’lchamdagi yer maydoni, ish quroli, qo’l mehnati, bunyodkorlik salohoyati kabilar talab qilinadi.

So'nggi o'n yil ichida firma yoki korxonada resurslarni tejash muammosi ayniqsa keskinlashdi. Mavjud korxonalami texnik qayta jihozlash yoki rekonstruksiya qilish - ulami resurslarni tejaydigan texnologiyalarga o'tkazish zarur. Korxonada resurslaming doimiy aylanishi va o'zgarishi bilan ulami tejash va samarali ishlatish juda muhimdir.

Resurslarni tejash-ishlab chiqarish omillaridan iqtisodiy va samarali foydalanish bilan bog'liq chora-tadbirlar majmui. Barcha resurslar bir xil tezlikda aylanmaydi - ba'zilari ishlab chiqarish jarayonida to'liq iste'mol qilinadi, boshqalari, masalan, uskunalar-qisman va ko'p hollarda bir xil emas va ulaming iste'mol darajasi asosan ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish xodimlarining ta'sirining etarliligi bilan belgilanadi.

Resurslarni tejash-iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish muammolarini hal qilish uchun barcha turdagi resurslardan (moddiy, mehnat, tabiiy, moliyaviy va boshqalar) foydalanishni anglatadi. Odamlar va jamiyatning ehtiyojlari tez o'sib borayotganligi va resurslar cheklangan va kamdan-kam hollarda bo'lgani uchun, muammoni hal qilishda resurslarni tejashning o'mi: nima, qanday qilib, kimga ishlab chiqarish kerak?

Resurslarni tejash milliy iqtisodiyotning ulaming o'sishiga bo'lgan ehtiyojini asosan iqtisodiyot orqali qondirishni ta'minlaydi. Bu chiqindi gazlar va suv chiqindilaridan qimmatli mahsulotlami qo'lga kiritish, chiqindilami utilizatsiya qilish orqali resurslarni kompleks ishlatish, qazib olish, tashish va saqlash vaqtida yo'qotishlami bartaraf etish, qayta ishlash vaqtida chiqindilami kamaytirish, ikkilamchi resurslar va boshqa mahsulotlami xo'jalik aylanmasiga kengroq jalb qilish orqali erishiladi.

Resursni tejashga rioya qilish texnologiya va texnologiya sifatining muhim xususiyati hisoblanadi. Agar ishlab chiqarish va ishlatish uchun kamroq mablag ' sarflashni talab qilsa, texnika resurslarni tejash hisoblanadi. Resurs tejovchi texnologiya kam yoki chiqindilarsiz texnologiya deb ataladi. Resursni tejash zarurati ko'plab turdagi resurslaming etishmasligi, tabiatdagi zaxiralaming kamayishi, ishlab chiqarish xarajatlarining sezilarli darajada oshishi va boshqa omillar bilan bog'liq.

Ishlab chiqarish korxonasida resurslarni tejash uskunalami ishlatishda moddiy va mehnat resurslarini sarflash tezligini oshirish omillarini o'z vaqtida aniqlash va maqsadli ta'sir ko'rsatishdan iborat. Ushbu jarayonlami asbob-uskunalaming texnik holatini monitoring qilish va resurslarni tejash bo'yicha xodimlaming samaradorligi bilan ta'minlash mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlari

1. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.А.Kаrimоv. O’zbеkistоn buyuk kеlаjаk sаri. T. «O’zbеkistоn» nаshriyoti. 1998 y.

2. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.А.Kаrimоv. O’zbеkistоnning o’z istiqlоl vа tаrаqqiyot yo’li. T. «O’zbеkistоn» nаshriyoti1992 y.

3. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.А.Kаrimоv O’zbеkistоn ХХI аsrgа intilmоqdа. T. « O’zbеkistоn» nаshriyoti 1999 y.

4. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.А.Kаrimоv. O’zbеkistоn iqtisоdiy islоhоtlаrni chuqurlаshtirish yo’lidа. T. «O’zbеkistоn» nаshriyoti 1995 y.

5. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.А.Kаrimоv. O’zbеkistоn bоzоr munоsаbаtlаrigа o’tishning o’zigа хоs yo’li. T. «O’zbеkistоn» nаshriyoti 1993 y.

6. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karmоvning «Jаhоn mоliyaviy- iqtisоdiy inqirоzi, O’zbеkistоn shаrоitidа uni bаrtаrаf etishning yo’llаri vа chоrаlаri» asari. T. «O’zbеkistоn». 2009 y.

QОNUNLАR, FАRMОNLАR, QАRОRLАR.

7. O’zbеkistоn Rеspublikаsining Kоnstitutsiyasi. T. «O’zbеkistоn». nаshriyoti 1992 y.

8. O’zbеkistоn Rеspublikаsining Qоnuni. O’zbеkistоn Rеspublikаsidа mulkchilik to’ғrisidа.

O’zbеkistоn Rеspublikаsi qоnun vа fаrmоnlаri. T. « O’zbеkistоn» nаshriyoti 1992-1996 y.

АSОSIY АDАBIYOTLАR

9. А.Qоdirоv. Iqtisоdiyot nаzаriyasi. T.1995 y.

10. S.Gulоmоv. M.SHаrifхujаеv. « Bоzоr iqtisоdiyoti nаzаriyasi vа аmаliyoti» Dаrslik. T. «O’qituvchi» nаshriyoti - 2000 y.

11. D.Tоjibоеvа. Iqtisоdiyot nаzаriyasi.2002 y.

12. А.Rаzzоkоv, SH.Tоshmаtоv, N.Urmоnоv. «Iqtisоdiy tа’limоtlаr tаriхi». Dаrslik. Tоshkеnt. «Mоliya» nаshriyoti- 2002 y.

13. А.Ulmаsоv, M. SHаrifхujаеv «Iqtisоdiyot nаzаriyasi». Dаrslik T. «Mеhnаt» nаshriyoti 1995 y.

14. SH.SHоdmоnоv, T.Jurаеv. Iqtisоdiyot nаzаriyasi. T. O’quv qullаnmа «mеhnаt»nаshriyoti. 2000 y.

15. SH.SHоdmоnоv. Iqtisоdiyot nаzаriyasi.T.2002 y.

16. CHеpurinа M.N, Kisеlеvоy Е.А. Kurs Эkоnоmichеskоy tеоrii (Uchеbnik). Kirоv.1999 g.

17. А.I.Dоbrыninа, L.S.Tаrаsеvnа. Эkоnоmichеskаya tеоriya.Mоskvа 2000g.

18. Z.Zоyirоv, N.Murоdоvа, SH.Хаsаnоv. Iqtisоdiyot nаzаriyasi. O’quv-uslubliy qo’llаnmа. O’zbеkistоn Rеspublikаsi FА «FАN» nаshriyoti- 2004 y.

19. K.YU.Umаrоv vа bоshqаlаr. Iqtisоdiyot nаzаriyasi. O’quv qo’llаnmа T. «Univеrsitеt» nаshriyoti. – 2002 y.

20. SH.SHоdmоnоv. Iqtisоdiyot nаzаriyasi. T.2005 y.

QO’SHIMCHА АDАBIYOTLАR.

21. Y.Аbdullаеv, F.Kаrimоv «Kichik biznеs vа tаdbirkоrlik аsоslаri». O’quv qo’llаnmа T. «Mеhnаt» nаshriyoti 2000 y

22. А.Ulmаsоv. «Iqtisоdiyot аsоslаri». O’quv qo’llаnmа T. «Mеhnаt» nаshriyoti 1997 y.

23. Y.Аbdullаеv. Bоzоr iqtisоdiyoti аsоslаri. O’quv qo’llаnmа T. «Mеhnаt» nаshriyoti-1997 y.

24. Yusupоv Y.B.Stаnоvlеniе i rаzvitiе эkоnоmichеskоy nаuki. T. 1999 g.

25.N.S.Grеgоriy,Mэnk’yu. Prinцipы эkоnоmiks.Mоskvа. 1999 g.

26.Rоbеrt Pindаyх. Dаniэl’. Rubinfеl’d. Mikrоiqtisоd. O’quv qo’llаnmа T. «SHаrk» nаshriyoti- 2002 y.

27. O’zbеkistоn: 13 yil Mustаqil tаrаqqiyot yo’lidа. O’quv qo’llаnmа T.

«O’qituvchi»nаshriyoti - 2004 y.

INTЕRNЕT SАYTLАRI

http://www. cer.uz.

http://www. uzland.uz.

http://www. imf.org.

http://www. mircin.ru.

http://www. nalog. ru



http://www. soliq. uz

1 Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue. Economics: Tamoyillar, muammolar va siyosat. O’n ettinchi Nashr. 43-44 b.

2 Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue. Economics: Tamoyillar, muammolar va siyosat. O’n ettinchi Nashr. 42 b.

3 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw 2008. page 35

4 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw 2008. page 39

5 McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 17 th edition. America, New York: McGraw2008. page 41

Download 417.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling