formula bo‘yicha topish mumkin. Bu norelyativistik holat uchun elektronlar kinetik energiyasi eU=100 eВ tinchlikdagi energiyasidan 0,5 MeВ dan ancha kichikdir. Hisoblangan to‘lqin uzunligi aynan atom o‘lchami tartibiga mos keladi. Bunday elektronlar uchun kristall modda yaxshi difraksion panjara vazifasini bajaradi. Aynan shunday kichik energiyali elektronlar tajribalarda aniq difraksion manzarani beradi. Shu bilan bir vaqtda kristallda difraksion sochilgan elektronlar to‘lqin kabi fotoplastinka atomlari bilan o‘zaro ta’sirlashib, qandaydir ma’lum nuqtada fotoemulsiyaning qorayishini keltirib chiqaruvchi zarra kabi harakatlanadi (10.15-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |