rasm. Uzoq ekspozitsiya va qisqa ekspozitsiyada yarim kristalli namunada elektronlarning difraksiya manzarasi | Keyingi yillarda, Dj.Tomson tajribasi ko‘p marta takrorlangani bilan natijasi o‘zgarmadi. Shuningdek elektronlar oqimi ancha kuchsiz bo‘lgan hollarda ham, pribor orqali bir vaqtda faqat bitta zarracha o‘tishi mumkin bo‘lgan hollarda ham natija bir xil chiqdi (V.A.Fabrikant 1948 yil). Shunday qilib, to‘lqin xususiyatlari nafaqat ko‘p sonli elektronlar oqimiga balki, har bir elektronga alohida xos ekanligi eksperimentda o‘z isbotini topdi. Keyinchalik difraksion hodisalar neytronlar, protonlar, atom va molekulalar oqimlari uchun ham kuzatildi. Mikrozarralarda to‘lqin xususiyatlar borligining eksperimental isboti tabiatning bunday universal holati materiyaning umumiy xususiyati haqidagi xulosaga olib keldi. Demak, to‘lqin xususiyatlari makroskopik jismlarga ham xos bo‘lishi kerak. Biroq makroskopik jismlarning massasi katta bo‘lganligi sababli ularning to‘lqin xususiyatlari tajribada aniqlanishi mumkin emas. Masalan 10-9 g massaga ega, 0, 5 m/s tezlik bilan xarakatlanayotgan chang zarrasiga 10-21 tartibli de-Broyl to‘lqini mos tushadi, ya’ni atom o‘lchamlaridan taxminan 11 tartibga kichikdir. To‘lqinning bunday uzunligini kuzatib bo‘lmaydi. Bu misol makroskopik jismlar faqat korpuskulyar xususiyatlarni namoyon etishini ko‘rsatadi. Yana bir misolni ko‘rib chiqamiz. Potensiallar farqi U=100 В bilan tezlashtirilgan elektronlar uchun de-Broyl to‘lqin uzunligini
Do'stlaringiz bilan baham: |