Mavzu: Rejali iqtisodiyotda pul tizimi va uni boshqarish mexanizmi Reja


Download 255 Kb.
bet2/14
Sana22.04.2023
Hajmi255 Kb.
#1377838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Mavzu Rejali iqtisodiyotda pul tizimi va uni boshqarish mexaniz (3)

Tayanch iboralar.
Pul tizimi. Pul tizimi elementlari. Pul tizimi turlari. Valyuta. va valyuta munasabatlari. Valyuta tizimining turlari. Valyuta kursi va pariteti. Valyuta kursining turlari. Inflyasiya va uning turlari. Inflyasiyadan chiqish va unga qarshi kurashish choralari. Inflyasiyaning iqtisodiyotga ta’siri. Muomiladagi pul massasi. Pul massasiga ta’sir etuvchi omillar. Kassa aylanmasi xomcho’ti. Aholini daromadlari va xarajatlari balansi. Pul agregatlari. Pul muomilasini boshqarishda Markaziy bank tomonidan qullaniladign usullar. Pul muomilasini barqarorlashtirish yo’llari. Monetar targetlash rejimi.

  1. Pul tizimi va uning elementlari. Pul tizimining turlari.

Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul muomilasini qonuniy va mutonosib ravishda tashkil qilishda qullaniladigan uslublar mujmuasi tushuniladi. Xozirgi pul tizimi XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarishning kapitalistik usulining yuzaga kelishi munosabati bilan shakllangan, biroq uning ayrim elementlari bundan oldinroq paydo bo’lgan.
Pul tizimi quyidagi asosiy elementlari o’z ichiga oladi.

  1. Pul birligi, so’m, rubl va boshqalar.

  2. Baho masshtabi-dastlab u pul birligining oltinga teng qismi sifatida, hozir jahon pullariga nisbati.

  3. Pulning turlari. Šiymatni o’zida ifodalanishiga ko’ra pullar ikki turga xaqiqiy va xaqiqiy pulni o’rnini bosuvchi pullarga bo’linadi.

Xaqiqiy pullar nominal qiymatini uzida ifodalovchi real qiymatga ega bo’lgan metal pullar bo’lib ular har xil shakllarda chiqarilgan. Šo goz pullar xaqiqiy pullarning vakili bo’lib pulning muomila funksiyasi rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan.


Umuman pullar qo’yidagi turlarga bo’linadi
1. Qogoz pullar
2. Kredit pullar. Kredit pullar qog”oz pullardan farq qilib ular bir vaqtni o’zida qiymatni ifodalaydi va u kredit xujjat bo’lib, kreditor va qarz oluvchi o’rtasidagi iqtisodiy munosabatni aks ettiradi. Kredit pullarga davlat banki biletlari, veksel, banknot, chek, kredit kartochkasi va boshqalar kiradi.
3. Tangalar asosan nekel va bronzadan tayyorlanadi. Tarixiy ma’lumotlarga kura birinchi tangalar bundan 26 asr oldin Lidiya va Xitoyda, VII asrlarda xozirgi Markaziy Osiyo davlatlarida, IX-X asrlarda Kiev rusida zarb kilingan. Dastlab tangalar oltindan, keyinchalik ular boshqa metallda zarb kilingan.
Qogoz pullar tarixiy manbalarga kura XII-asrda Xitoyda, 700-yillarda kumush tangalar chiqarilgunga kadar Buxoro davlatida kogoz puldan foydalanilgan. Amerika va Evropada qo goz pullar XVII-XVIII asrlarda chiqarilgan

  1. Emissiya tizimi - Bu muomiladagi bank biletlari, xazina biletlari, qo goz pular va qimmatli qo gozlarni chiqarishdir. Buni Markaziy bank amalga oshiradi. Šimmatli qo gozlarni ularni emitentlari - davlat, banklar, xissadorlik jamiyatlari chiqaradi.

  1. Muomiladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasi- Markaziy bank.




  1. Download 255 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling