Mavzu: Rejali iqtisodiyotda pul tizimi va uni boshqarish mexanizmi Reja
Inflyasiya quyidagi shaklda nomoyon bo’ladi
Download 255 Kb.
|
Mavzu Rejali iqtisodiyotda pul tizimi va uni boshqarish mexaniz (3)
Inflyasiya quyidagi shaklda nomoyon bo’ladi.
1. Tovar va xizmatlar bahosining o’zluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida pulning qadrizlanishi va uni sotib olish qobiliyatining tushib ketishi. 2. Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi. 3. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar. Xalqaro amaliyotda inflyasiyaning quyidagi turlari mavjud. Sudraluvchi inflyasiya. Baholarning o’rtacha yillik usishi 5-10 foizdan oshmaydi. Inflyasiyaning bu turi ko’proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib, malakaviy iqtisodiy rivojlanish darajasiga kadar baholar oshishi 3-4 % atrofida ham bo’lishi mumikin. Bu inflyasiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni takomillashtiruvchi omil sifatida nomoyon bo’ladi. So’zib yuruvchi inflyasiya. Bunda narx navo tezroq o’sa boshlaydi. Iqtisodiy o’sish suratlari pasayadi., ishsizlik ko’paya boradi. Inflyasiya yiliga 8-12 % atrofida bo’ladi. Shiddatli. Bunda baholarni o’rtacha yillik o’sishi 10-100 % (ba’zida 200 % gacha) bo’lishi mumkin. Inflyasiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarga xos. Giperinflyasiya. Baholarning o’sish sur’atlari yiliga 200 foizdan oshib ketadi. Bu inflyasiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarini o’zgarishi bilan bo gliq. Adabiyotlarda shu kabi stagflyasiya (inflyasiyani iqtisodiy tanglik bilan birgalikda yuz berishi), loqal (bir mamlakat yoki jahon miqyosida), ichki (bir mamlakat ichida), ochiq (qachonki baholari o’sishi sezilgan holda), yopiq (sekretiy – tovar va xizmatlar sifatini baho o’zgarmagan holda yomonlashuvchi, tovar defiseti sodir bo’lganda) inflyasiya tushunchalari mavjud. Inflyasiyadan farqliroq deflyasiya narx-navo pasayishini, pul qadrini ortishini bildiradi. U sababli inflyasiyadan yutqazishlar deflyasiya yordamida qoplanishlar sodir bo’ladi. Inflyasiyadan chiqish uchun: Ishlab chiqarishni rivojlantirish, uni rivojlanishini ra gbatlantirish (soliq tizimi, past foizli kreditlar va boshqalar bilan). Raqobatbardosh tovar ishlab chiqarish va uni jahon bozoriga chiqarish. Muomiladgi pul muassasini cheklash va boshqalar. Xozirgi sharoitda inflyasiyaga qarshi kurashish choralari. Ish xaki va ijtimoiy tulovlarni indesasiyalab borish. Tijorat banklari kreditlari bo’yicha foizlarini kayta ko’rib chiqib turish. Pulning bankdan tashkariga xarakat qilishiga yo’l quymaslik (kassa apparatlarini joriy etish va boshqalar). Šimmatli qo gozlar bozorini kengaytirish va boshqalar. Inflyasiyaning iqtisodiyotga ta’siri. Ishlab chiqarishni stixiyaligi kuchayadi, tarmoqlar mutonosibligi bo’ziladi. Bo’sh mablaglarni ishlab chiqarish sohasidan muomila (savdo) sohasiga oqib o’tishiga sabab bo’ladi. Tovarlarni normal xarakati bo’zilib bozordan bozorga kuchib yurishi sodir bo’ladi. Olib sotarlikga keng yo’l ochiladi. Iste’mol va extiyojni izdan chiqaradi. Šadrsizlangan puldan qochish uchun kerakli, keraksiz tovarlar sotib olinadi. Tovarlarni kreditga sotish qisqaradi. Bank foizlari oshadi, o’zoq muddatli kredit berish barham topadi. Aholi mabla glarini jam garmaga jalb etish qiyinlashadi. Barter munosabatlari vujudga keladi. Byudjet taqchilligi sodir bo’ladi, emissiyaga zo’r beriladi va u inflyasiyani yanada kuchaytiradi. Download 255 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling