Mavzu. Respublika,viloyat,va qishloq tumanlarning tabiiy resurslardan foydalanish
Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini rivojlantirish
Download 110.59 Kb.
|
Respublika,viloyat,va qishloq tumanlarning tabiiy resurslar
3. Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini rivojlantirish
Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi hamda urug‘shunosligi sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari ko‘lamini kengaytirish. Urug‘chilik sohasida zamonaviy milliy, shu jumladan import o‘rnini bosuvchi hamda yuqori daromadli va eksportbop ekinlar navlarini yaratish mexanizmini takomillashtirish. Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish tizimini takomillashtirish, shu jumladan sabzavot, poliz, dukkakli, ozuqa va moyli ekinlar urug‘larini yetishtirish va yetkazib berishning samarali mexanizmini yaratish. Yaratilayotgan mahalliy navlar va xorijiy davlatlardan import qilinayotgan nav va duragaylarni sinov va davlat reyestriga kiritish ishlarini tubdan takomillashtirish. Jahon bozori konyunkturasini hisobga olgan holda, respublika tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan noan’anaviy qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish. Qishloq xo‘jaligi urug‘chiligi yo‘nalishidagi barcha ilmiy tadqiqot muassasalarida yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan mahalliy navlarni qayta tiklash va ular asosida organik (ekologik toza) urug‘chilikni tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni kengaytirish hamda davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida ushbu ishlar natijalarini realizatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish. Qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga bardoshli ekinlar seleksiyasi hamda urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish. Azotni to‘plash texnologiyalarini takomillashtirish, donli ekinlarda dukkaklilar genini joriy etish hisobiga azotlashish xususiyatini yaratish, azotni to‘plovchi mikroblar va tashuvchilarni genetik jihatdan yaxshilash. “In vitro” laboratoriyalari va ko‘chatchilik xo‘jaliklarida yuqori sifat ko‘rsatkichli, suvsizlikka chidamli mevali daraxt hamda tok ko‘chatlari navlarini ko‘paytirish. Urug‘chilik bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga (ISTA, OECD, ISF va h.k.) bosqichma-bosqich a’zo bo‘lish, urug‘chilik sohasida faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish hamda urug‘liklar bo‘yicha taqdim etilayotgan muvofiqlik sertifikatlarining xalqaro darajada tan olinishiga erishish. Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida urug‘chilik klasterlarini tashkil qilish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish. Download 110.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling