Mavzu. Respublika,viloyat,va qishloq tumanlarning tabiiy resurslardan foydalanish


Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi


Download 110.59 Kb.
bet6/9
Sana24.10.2023
Hajmi110.59 Kb.
#1718603
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Respublika,viloyat,va qishloq tumanlarning tabiiy resurslar

Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
2020 — 2030-yillarda qishloq xoʻjaligi yerlaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning prognoz koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
2019 — 2022-yillar davomida qishloq xoʻjaligi yerlarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilishning prognoz koʻrsatkichlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasini amalga oshirish doirasida xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik qilish va davlat-xususiy sheriklikni joriy etish boʻyicha ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruhi) 5-ilovaga muvofiq tarkibda tasdiqlansin.
Ishchi guruhi (J . A. Qoʻchqorov, A. J. Vaxabov, J. A. Xodjayev)ga:
xalqaro moliya institutlarini jalb qilgan holda eksperiment tariqasida 2019-yilda Namangan viloyatining Pop va Mingbuloq tumanlarida Konsepsiyani amalga oshirish tajribasini yaratish;
eksperiment natijalari asosida 2019-yil 1-noyabrga qadar Konsepsiyani amalga oshirish tajribasini boshqa hududlarda joriy etish, shu jumladan, yer va suvdan foydalanish sohasida davlat-xususiy sheriklikning aniq shartlarini, qoʻshimcha imtiyozlar, alohida imtiyozli kredit liniyalarini hamda foydalanishga kiritilgan yer va suvdan foydalanish tartibini nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilsin;
zaruratga koʻra, mazkur Farmonning 2 — 4-ilovalarida belgilangan muddatlar va hududlarni oʻzgartirish hamda ularga qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilansinki, Konsepsiyani amalga oshirish doirasida irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini tiklash, rekonstruksiya qilish, suv tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda suvsizlikka chidamli ekinlarni ekish orqali foydalanishga kiritish uchun investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik asosida 50 yilgacha boʻlgan muddatga:

Download 110.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling