Mavzu. Respublika,viloyat,va qishloq tumanlarning tabiiy resurslardan foydalanish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va sotish, logistika va marketing tizimlarini rivojlantirish
Download 110.59 Kb.
|
Respublika,viloyat,va qishloq tumanlarning tabiiy resurslar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Yer va suv resurslaridan samarali foydalanishda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini jadallashtirish.
4. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va sotish, logistika va marketing tizimlarini rivojlantirish.
Hududlar ixtisoslashuvi, ichki va tashqi bozorlardagi mahsulotlarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda investitsiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida zamonaviy ulgurji-taqsimot markazlarini (ORS) tashkil etish. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini o‘z ichiga oladigan klasterlarni jadal rivojlantirish. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, xavfsizligi, yetkazib berish shartlari darajasini oshirishni ta’minlash. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda logistika markazlari, agrosanoat komplekslari faoliyatini rivojlantirish. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi, sohada tatbiq etilgan zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida xalqaro talablarga mos keladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib olish, saqlash, tashish va kutilmagan ziyonlarni qoplash bo‘yicha davlat standartlarini ishlab chiqish. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport hajmini oshirishning samarali mexanizmini joriy etish. Yuqori malakali marketologlar tayyorlash sifatini oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ichki va tashqi bozorlarida marketing tadqiqotlari olib borish ko‘lamini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash. 5. Yer va suv resurslaridan samarali foydalanishda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini jadallashtirish. Yer va suv munosabatlari bo‘yicha tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yangi o‘quv yo‘nalishlari (geodeziya, kartografiya va h.k.) va fakultetlar, shu jumladan yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma fakultetlar ochish. Ilmiy tadqiqot mavzularini hududlar va qishloq xo‘jaligining muammolari yechimlaridan kelib chiqqan holda shakllantirish va natijalarini tijoratlashtirish. Tuproq unumdorligini oshirish, tuproq eroziyasi va degradatsiyasining oldini olishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borishni jadallashtirish. Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarni olib borish, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish va joriy etishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini, xususiy sektorning ishtirokini rag‘batlantirishning samarali mexanizmlarini keng joriy qilish. Xorijiy davlatlarning qishloq xo‘jaligi ekinlari serhosil navlari va chorva mollarining mahsuldor zotlari hamda turlarini mahalliylashtirish borasidagi ilmiy-amaliy faoliyat hamda hamkorlikni tizimli tashkil etish. Soha bo‘yicha doktorantura va tayanch doktorantura orqali ilmiy darajali yuksak malakali ilmiy xodimlarni tayyorlashni kengaytirish, ularga muammoli va dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish. Ilmiy tadqiqotlar natijasida “Aqlli va raqamli qishloq xo‘jaligi” texnologiyasini joriy etishga, uning texnik vositalari va texnologiya uskunalarini ishlab chiqarishda mahalliylashtirishga erishish. Bunda: “Aqlli va raqamli qishloq xo‘jaligi” texnologiyasini joriy etishda xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari va grantlarini jalb etish; “Aqlli va raqamli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etish vazifalaridan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida mutaxassis kadrlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish. Ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy laboratoriyalarini modernizatsiya qilish, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash va ta’mirlash. Sug‘orish zonalarini, mintaqaning suv bilan ta’minlanganligini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi ekinlarining sug‘orish texnika va texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Jahon amaliyotini o‘rgangan holda noan’anaviy sug‘orish texnologiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etish. Hozirgi kunda qishloq xoʻjaligida 20 million gektardan ortiq, shu jumladan, 3,2 million gektar sugʻoriladigan ekin yer maydonlaridan foydalanib, aholining ehtiyoji uchun oziq-ovqat mahsulotlari, iqtisodiyot tarmoqlari uchun zarur xom ashyo yetishtirilmoqda. Sugʻoriladigan maydonlarning unumdorligini oshirish, meliorativ holati va suv taʼminotini yaxshilash maqsadida davlat dasturlari doirasida keng koʻlamli irrigatsiya va melioratsiya tadbirlari amalga oshirilmoqda. Natijada 2008 — 2017-yillar mobaynida 1,7 million gektardan ortiq sugʻoriladigan maydonlarning suv taʼminoti hamda 2,5 million gektar maydonlarning meliorativ holati yaxshilanishiga erishildi. Biroq global iqlim oʻzgarishi natijasida soʻnggi yillarda davriy ravishda kuzatilayotgan suv tanqisligi va ichki irrigatsiya tarmoqlarining asosiy qismi yaroqsiz holatga kelganligi sugʻoriladigan ekin yerlarining meliorativ holati yomonlashishiga va yillar davomida foydalanishdan chiqib ketishiga olib kelgan. Respublikada yillar davomida irrigatsiya va melioratsiya holati yomonlashuvi natijasida foydalanishdan chiqib ketgan yerlarni bosqichma-bosqich qayta foydalanishga kiritish, yer osti suv zaxiralaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda ichki irrigatsiya tarmoqlarini rekonstruksiya qilish orqali suv yoʻqotilishini kamaytirish, shuningdek, bu ishlarda salohiyatli investorlar ishtirokini taʼminlash maqsadida: 1. Quyidagilar: Download 110.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling