Mavzu: Ritm va ritmika munosabatlari Reja: Kirish
Download 39.73 Kb.
|
Ritm va ritmika munosabatlari
2.Badiiy asar ritmikasi.
Ilk mumtoz davrida she’rning ritmik va tovush jihatidan tashkillanishidir. ‘Qutadg’u bilig’ asari ritmikasi. Dastlab qofiya tizimi beriladi, so’ng turk she’riyatida aruz va uning amal qilinishi. CHo’ziq va qisqa hijolar; Juzvlar – element: sabab, vatad, fosila. Buning natijasida hosil bo’lgan vaznlar ikki xil: Bir xil ruknli, har xil ruknli. Asar mutaqorib vaznida, masnaviy janrida yozilgan. Faulun, faulun, faulun, faul. V - - | v - - | v - - | v – ‘Devonu lug’otit turk’da aruz. Tungutlar bilan jang: Murabba’ shakli, vazni: mafoiylun, mafoiylun. V - - - | v - - - Hasaji murabbai solim Alp Erto’nga marsiyasi Murabba’ shakli, vazni: mustaf’ilun / failun. - - v - | - v – Rajazi murabbai marfu Arab-fors qofiya nazariyasi XI turk she’rida ‘Qutadg’u bilig’da masnaviy shakli: aa bb vv... ‘Devon...’da murabba’ shakli: aaaa, aaav; avas, sssv, dddv – qat’iy shaklga ega emas. Agar qadimgi davrda (islomgacha)she’rning tovush qurilishi (alliteratsion tizim) uning ritmik tashkillanishi bilan munosabatga kirishsa, aruzga o’tish jarayonida bunday tovush qurilishidan she’rda voz kechilgan, yangi ritmik asos bo’yicha amalga oshirilgan. Turk-klassik poetikasi XV-XVI asrlarda. Navoiy va Boburning aruzga oid risolalarining vujudga kelishi turkiy tilning adabiy til sifatidagi doirasi kengaygani bildiradi. M.Stebleva Navoiy tomonidan umumiy tarzda aytilgan turkiy janrlarning metrik xususiyatlarini aniqlagan: 1.Tuyuq: ramali musaddasi maqsur. 2.Turki: ramali musammani maqsur. 3.Qo’shiq: madidi musammani solim 4.CHinga: munsarixi musammani matvii mavquf 5.Muhabbatnoma: hazaji musaddasi maqsur. 6.Mustazod: hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf. 7.Arzvoriy ikki xil (Iroq turkmanlari qo’shig’i): hazaji musammani solim; ramali musammani mahzuf (bu ikkinchi vazn qo’shiq vazniga mos keladi). Boburning asari bo’yicha: tuyuq, turki, qo’shiq, o’lang (Navoiyda – chinga) Navoiy belgilagan vaznlarga mos keladi; Tarxoniy esa Navoiyda tilga olinmaydi, uning vazni: rajazi musammani solim. Boburda tuyuqning qit’a shaklidagi qofiyasi uchraydi: avsv. YOki taronai ruboiydagi kabi aaaa. Bu bilan muallif turkiy she’riyatga xso bo’lgan janrlarning vazn xususiyatlarini aniqlashga erishdi. XV-XVI asrlardagi turk tilli she’riyatda aruz. Lutfiy g’azali tahlilida ramal bilan hazaj ko’p qo’llanilganini qayd etgandan so’ng: Alliteratsiya, qofiya va radif. Qofiyadosh so’zlar: qilmag’ay, ochilmag’ay, sanchil mag’ay, aytilmag’ay, ayrilmag’ay. Raviy (qofiya hosil qiladi): Qil – ochil – sanchil – aytil – ayril (ma – takror; g’ay – takror). Ikkilangan holatdagi alleteratsiya matnda kelishi: Ko’rub dardim tarahhum qilmading hech, To’kub ashkim tabassum qilmading hech. V - - - | v - - - | v - - Tabassum – tarahhum – tavahhum – takallum – tazallum – tana’um – tarannum. Bu erda raviy ‘m’; qilmading hech – radif. SHe’rda radifning vazifasi: Ritmni kuchaytiradi; ma’noni qayta-qayta esga oladi; Mumtoz turk she’rining janrlar tizimi 1.Masnaviy, 2.G’azal, 3.qasida, 4.qit’a, 5.ruboiy, 6.fard,
7.tuyuq, 8.musammat, 9.tarjiband, 10.tarkibband, 11.muvashshax, 12.muammo, 13.munozara. Alohida shakliy janr: Murabba – kvadrat she’r. Mudavvar – segmentli she’r. Muaqqad – besh – olti yulduzli she’r Mushajjar – darxt shaklidagi she’r. Mulamma – shiru shakar, shahdu shiru shakar. Nasr esa ikki xil: Nasri murajjas – ritmli nasr; Nasri musajja – qofiyali nasr (saj’) Nasri oriy – erkin nasr. Zamonaviy o’zbek she’riyatida (Hamid Olimjon, Muhammad YUsuf): Ritmika, bandshunoslik, qofiya ilmi, alliteratsiya Qozoq, qirg’iz, tatar, ozarboyjon, turk she’riyatida ritmika va boshqa fanlar. Shayx Ahmad Tarozida qofiya va radif. Al-fannu-s-soniy fi-qofiya va-r-radif Bilgilkim, majmu’i ulamo va fuzalo mazhabinda ahli tab’g’a qofiya ilmin bilmak muhimdir. Zeroki, tab’ning natijasi she’rdur. Va she’rning asli qofiya. Va qofiyasiz she’r mumkin ermas. Magar bir tariqa she’r bo’lurkim, oni harora derlar, anda qofiya bo’lmas. Va zurafo baytni xaymag’a nisbat qilibturlar va qofiyani stung’a. YA’ni xayma stun birla barpoydur. Va qofiya fanida ulamo ko’p ixtilof qilipturlar. Va ba’zi harfi ravini yalg’uz va ba’zi so’ngg’i misra’ni tamom qofiya sanarlar va ba’zi baytning oxir juzvin, netokkim, bahri tavil-din ‘mafoiylun’ni. Va rajazdin ‘mustaf’ilun’ni. Va ramaldin ‘foilotun’ni. Va lekin arab va ajam ulamosining jumhurining va Mavlono Xalilning (rahmatillohi alayhi) ittifoqinda uldurkim, sokinikim, ‘harfi raviy’g’a yo ‘harfi ridf’qa yovuqtur, ‘mo qablu’ning harakati birla oxir harfqacha bir qofiya tutarlar. Fasl. Arab ulamosining jumhuri qofiyani besh qism qilib-turlar. Avval – mutavotir. Ikkinchisi – mutarodif. Uchinchi – mutarokib. To’rtinchi – mutadorik. Beshinchi – (27a) mutakovis. Va ajam fuzalosining mashhuri yana uch qism ziyoda qilibturlar. Avval – mutasovi. Ikkinchi – mutarojih. Uchinchi – mutazoyid. Fasl. Bu to’qquz hurufkim, zikr qilduq, andin boshqa qofiya-din so’ngra kalima keltirurlar (39a) kim, oni radif derlar. Va bu ajam shuarosining maxsusidir va muni arab bilmas. Va bu aningtek bo’lurkim, bir g’azalda boshdin ayoq har baytning oxi-rinda qofiyadin so’ngra bir kalimani takror qilurlarkim, barchasi surat va ma’noda muttafiq bo’lg’ay. ‘Fununu-l-balog’a’da aruz. Bilgilkim, arab ulamosining ittifoqi birla bahr o’n olti kelibtur. Ajam ulamosi so’ngra oriy turub, yigirma to’rt qilib-turlar. Faammo, bu zaif tiladikim, ul azizlarning paydo qil-g’an bahrlarini qalamg’a keltursa va turkiy iborat birla bayon aylab, har vazng’a turkiy bayttin misol keltursa. Bu havastin ko’p nusxalarni mutolaa qildiq, netokkim ‘Aruzi Qustos’ va ‘Aruzi Andalusiy’ va ‘Me’yoru-l-ash’or’ va bu tariqa nusxalarning bahrlarinda ko’p g’avvosliq qildiq. Fasl. Bilgilkim, bahrning binosi arkon uzadur. Va arkon aslidin qo’par. Va aruz ahlining istilohi birla asl olti kelibtur. Oni usuli sitta o’qurlar. Ondin ikkisini sabab derlar. Va ikkisin vatad o’qurlar. Va ikkisini fosila.
Download 39.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling