Мavzu: Rivojlangan mamlakatlarda bank faoliyatining rivojlanishi va uni tartibga solish. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Germaniya bank tizimining shakllanishi


Download 164.56 Kb.
bet5/17
Sana22.06.2023
Hajmi164.56 Kb.
#1647159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1-Rivojlangan mamlakatlarda bank faoliyatining rivojlanishi va uni tartibga solish

2. Germaniya bank tizimining shakllanishi
XIV – XV asrlarda Germaniya shaharlarida savdoning rivojlanishi kredit institutlariga, birinchi navbatda, tijorat banklarining moliyaviy xizmatlariga bo‘lgan talabning keskin oshishiga olib keldi. Ayniqsa, Germaniyaning janubiy qismida savdo yuqori sur’atlarda rivojlandi. Ushbu hududlarda savdoning rivojlanishida oilaviy biznesga asoslangan savdo kompaniyalari muhim rol o‘ynadi. Aynan, ushbu kompaniyalar Germaniyaning qudratli banklariga asos solishdi.
Yirik va qudratli oilaviy, qon-qarindoshlikka asoslangan savdo kompaniyalari Velzerlar, Gervartlar, Goxshtetterlar,Katsbeklar, Manlixlar, Neyxardlar, Fuggerlarga tegishli edi. Ular Germaniyaning yirik banklarini tashkil etishdi va rivojlantirishdi. Masalan, XV – XVI asrlarda Germaniyaning eng qudratli banki Fuggerlarga tegishli edi.
Fuggerlarning kompaniyasi YEvropadagi monarxlar va knyazlar bilan amalga oshiradigan moliyaviy operatsiyalardan katta daromad olar edi. 1493 yilda ular imperator Maksimilianning kelini uchun mo‘ljallangan veksellar bo‘yicha summani Italiyadan Germaniyaga o‘tkazib berishdan, Shvesiya qiroli Kral 1 uchun Antverpendan Insbrukka 1,2 mln. gulden o‘tkazib berish operatsiyalaridan katta daromad olishdi.
Janubiy Germaniyaning savdo kompaniyalari tashkil etgan banklar veksellar bilan bog‘liq operatsiyalarni, savdoni kreditlash operatsiyalarini va jismonis shaxslarga tegishli bo‘lgan pul va qimmatbaho metallarni saqlash operatsiyalarini amalga oshirar edilar.
XVI asrda harbiy harakatlar tufayli YEvropa monarxlari va knyazlarining katta miqdordagi pul mablag‘lariga ehtiyoji paydo bo‘ldi. Bu esa, Janubyi Germaniya banklari uchun qulay imkoniyat edi. Ular YEvropa monarxlarini yuqori foiz stavkasida (yillik 17-18%) kreditlashni amalga oshirishdi.
Zamonaviy nemis banklarining dastlabkisi bo‘lib, Gamburg banki hisoblanadi. Bu bank 1619 yilda tashkil etilgan.
Gamburg banki quyidagi operatsiyalarni amalga oshirgan:
* Valyutalarni ayirboshlash operatsiyasi;
* omonatlar qabul qilish;
* qimmatbaho metallar va toshlarni garovga olish yo‘li bilan iste’mol kreditlari berish;
* hisob-kitob operatsiyalari.
1871 yilga qadar, ya’ni Germaniya imperiyasi tashkil etilgunga qadar Germaniya bir nechta mustaqil davlatlardan iborat edi. Shu sababli, bu davrda Germaniyaning yagona bank tizimini shakllantirishning iloji yo‘q edi. Otto fon Bismark (Prussiya qiroli) Germaniyani birlashtirdi va shunda yagona bank tizimini shakllantirish boshlandi. Bunda juda muhim o‘rinni Prussiya banki egalladi.
Bismark tushundiki, Prussiya bankini rivojlanishiga pulni emissiya qilish huquqiga ega bo‘lgan xususiy banklar xalaqit bera boshladi. 1870 yil 16 aprelda qabul qilingan qonunga ko‘ra, Prussiya hududida Prussiya banki pulni emissiya qilish bo‘yicha monopol huquqni qo‘lga kiritdi.
1873 yilda Germaniyada pul islohot o‘tkazildi va nemis markasi yagona valyuta sifatida joriy etildi.
1875 yil 14 martda Reyxstag “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonun muhokamasini boshladi. Ushbu Qonunga ko‘ra, Prussiya banki bazasida Germaniya Reyxsbanki tashkil etildi. Bu haqiqiy markaziy bank edi. Reyxsbank naqd markani emissiya qilish bo‘yicha yagona markazga aylandi.

Download 164.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling