Мavzu: Rivojlangan mamlakatlarda bank faoliyatining rivojlanishi va uni tartibga solish. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 164.56 Kb.
bet2/17
Sana22.06.2023
Hajmi164.56 Kb.
#1647159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1-Rivojlangan mamlakatlarda bank faoliyatining rivojlanishi va uni tartibga solish

Kurs ishi predmeti. Rivojlangan mamlakatlarda bank faoliyatining rivojlanishi va uni tartibga solishlarning salmog’i, o’rni, kredit portfelidagi aktivlar sifati, mijozlarning kreditga layoqatlilik ko’rsatkichlari, kredit riskni pasaytirishni rivojlantirish usullari kurs ishining predmeti hisoblanadi.
Kurs ishi obyekti. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan tijorat banklari kredit operatsiyalari kurs ishining tadqiqot obyekti hisoblanadi.
Maqsadi va vazifalari. Kurs ishining maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida rivojlangan mamlakatlarda bank faoliyatining rivojlanishi va uni tartibga solish, hamda ijtimoiy va iqtisodiy sohani rivojlantirishda ularning tutgan o’rnini tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishiningvazifalari quyidagilardan iborat:
- Xorijiy va mahalliy investorlarning ishonchini qozonish maqsadida bank-moliya tizimi barqarorligiga erishish
- bank tizimidagi islohatlar umumiqtisodiy islohatlarning o`tkazilishi bilan mos kelishi
- bank-moliya tizimini bosqichma-bosqich takomillashtirish yo`li bilan jahon banki tizimiga yaqinlashtirish
- pul-kredit siyosatini olib borishda mamlakatning ichki ehtiyojini va uning iqtisodining xususiyatini hisobga olish
- banklar faoliyatida mijozlar manfaatini ustun quyish va boshqalar.
Jahon amaliyotidagi xozirgi mavjud banklarning rivojlanishini quyidagi ikki davrga bo`lish mumkin:
Mavzuning nazariy-amaliy ahamiyati. Rivojlangan mamlakatlarda bank faoliyatining rivojlanishi va uni tartibga solishlarini amalga oshirish sifatini yanada oshirish hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda bank faoliyatining rivojlanishi va ularidan keladigan daromad bilan u bilan bog’liq bo’lgan risklarning darajasi o’rtasidagi muqobil nuqtani ushlab turish, banklarining moliyaviy barqarorligini, xususan, likvidliligini ta’minlash hisoblanadi.
XII asrlarda Genuyada pul almashtiruvchilarni «bancherii» deb atalib, agar puldorlarning qaysi biri ishonchni oqlamasa va ishiga ma`suliyatsizlik qilsa, u o`tirgan stol sindirib tashlangan va uni «Banco rotto», ya`ni bankrot deb atashgan. Banklar paydo bo`lishining boshlang`ich nuqtasi bo`lib XVI asrda Florensiya va Venetsiyada tashkil qilingan kichik jiro-banklar xisoblanadi. Keyinchalik bunday banklar Amsterdamda (1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurenbergda, Genuyada vujudga kelgan. Bu banklar asosan o`z mijozlari – savdogarlarga xizmat qilgan, ular o`rtasida naqd pulsiz xisob-kitoblarni olib borgan.
Angliya bank tizimi (XVI asr) yuzaga kelgan va rivojlangan birinchi davlat hisoblanadi. Angliya bankirlari oltinni saqlab beruvchilar va savdogarlardan kelib chiqqan. Tarixda birinchi yuzaga kelgan bank Angliya banki hisoblanadi, u 1694 yilda aksioner bank sifatida tashkil bo`lgan. Keyinchalik sanoat rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakatlarda ham tashkil bo`lgan. .
Natural xo’jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotik munosabatlarining rivojlanishi pullik xisob-kitoblar olib borishga, kredit tizimini rivojlanishiga yo`l ochdi.
Ssuda kapitalisti asosan o`z bo`sh mablag`ini qarzga berib ssuda foizi sifatida daromadga ega bo`lsa, bankirlar asosan chetdan jalb qilingan mablag`larni kreditga berib foydaga ega buladi. Banklar korxona, tashkilot, davlat muassasalari, aholi bo`sh pul mablag`larini jalb qilish orqali katta hajmdagi mablag`ni jamlab uni xarakatini boshqaradi. Banklarni yiriklashuvi va ular faoliyatini takomillashuvi ularni maxsus korxonalar – kredit muassasalariga aylanishiga olib keldi.
Xozirgi vaqtda jahonda umum qabul qilingan bank tizimi ikki pog`onali bank tizimi bo`lib u markaziy bank va tijorat banklari tarmog`ini o`z ichiga oladi.
Bank tizimini bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib qayta tashkil etish quyidagi tamoyillarga asoslangan holda olib boriladi:

Download 164.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling