Мavzu: Rivojlangan mamlakatlarda bank faoliyatining rivojlanishi va uni tartibga solish. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism


Download 164.56 Kb.
bet6/17
Sana22.06.2023
Hajmi164.56 Kb.
#1647159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
1-Rivojlangan mamlakatlarda bank faoliyatining rivojlanishi va uni tartibga solish

Germaniya Markaziy banki
Germaniyaning zamonaviy bank tizimi 3 pog‘onali hisoblanadi:
Birinchi pog‘onada YEvropa Markaziy banki turadi. Ikkinchi pog‘onada Germaniya Markaziy banki – Bundesbank turadi. Uchinchi pog‘onada esa, Germaniyaning tijorat banklari turadi.
Bundesbank 1957 yilda tashkil etilgan.
YEvropa Markazyi banki tashkil etilgunga qadar Bundesbank dunyo bo‘yicha mustaqillik darajasi eng yuqori bo‘lgan Markaziy bank hisoblangan. Ammo YEvropa Markaziy banki tashkil etilgandan keyin Bundesbankning ayrim muhim funksiyalari undan olib qo‘yildi. Masalan, naqd valyutani emissiya qilish funksiyasi, hisob stavkasini belgilash vakolati YEvropa Markaziy bankiga o‘tib ketdi.
Bundesbank hozirgi davrda quyidagi operatsiyalarni amalga oshiradi:
1. Tijorat banklariga garov bilan ta’minlangan kreditlar beradi;
2. Ochiq bozorda qimmatli qog‘ozlarni Repo sharti bo‘yicha joylashtirish operatsiyalari.
Repo operatsiyalarining ikki turi mavjud:
– to‘g‘ri Repo;
– teskari Repo.
To‘g‘ri Repo deganda, Bundesbank tomonidan qimmatli qog‘ozlarni tijorat banklariga qaytarib sotib olish sharti bilan sotish tushuniladi.
Teskari Repo deganda, Bundesbank tomonidan qimmatli qog‘ozlarni tijorat banklariga qaytarib sotish sharti bilan sotib olish tushuniladi.
3. Tijorat banklaridan muddatli depozitlar qabul qiladi.
4. Qimmatli qog‘ozlar shaklidagi aktivlarni saqlash uchun qabul qiladi.
5. Chyeklarni, trattalarni akseptlaydi.
6. Germaniya federal byudjetiga kassa xizmati ko‘rsatadi.
Bundesbankning sof foydasi quyidagicha taqismlaandi:
* sof foydaning 20 foizi, ammo 250 mln. yevrodan oshmaydigan qismi Zaxira fondiga jo‘natiladi;
* qolgan 80 foizi to‘liq mamlakat byudjetiga o‘tkaziladi.
Bundesbankning eng yuqori boshqaruv organi bo‘lib, Boshqaruvchilar kengashi hisoblanadi. Direktorlar kengashi esa, ijro etuvchi boshqaruv organi hisoblanadi.
Bundesbankning Boshqaruvchilar kengashiga uning 9 ta hududiy bo‘linmalari rahbarlari kiradi.
Bundesbank tijorat banklarini nazorat qilish vakolatiga ega emas. Chunki, Germaniyada tijorat banklarini nazorat qilish bilan shug‘ullanadigan Federal byuro bor.

Download 164.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling