Mavzu: rivojlangan o’rta asrlarda ros kirish mavzuning dolzarbligi


Download 56.67 Kb.
bet5/10
Sana18.06.2023
Hajmi56.67 Kb.
#1580772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
RIVOJLANGAN O’RTA ASRLARDA ROSSIYA

2.2. Rossiyada mutloq yakka hokimlik
Rossiyada mutlaq yakka hokimlikning tashkil topish vaqti va rivojlanish bosqichlari haqida olimlar o`rtasida turlicha fikrlar mav-jud. Ba`zilar Rossiyada mutlaq yakka hokim-lik podsho o`zini hokimi mutlaq (samoderjets) deb e`lon qilishi bilan tashkil topgan deb ko`rsatishsa, boshqalar esa buni Ivan Grozniyning nomi bilan bog`laydi. Shuningdek, ayrim olimlar Romanovning hokimiyat tepasiga kelishidan Rossiyada absolut monarxiya boshlangan deb e`tirof etadilar. Yana bir guruh olimlar Rossiyada absolut monarxiya 1649 yilgi Sobor qonunlari bilan o`rnatilgan, deydilar. Va nihoyat, bir guruh olimlar XVIII asr boshlarida Petr I ning islohotlaridan so`ng absolut monarxiya tashkil topgan deb ko`rsatishadi.
Biroq, ko`pchilik olimlar Rossiyada absolut monarxiya umuman XVII asrning II yarmida kelib chiqqan deb, bizningcha, to`g`ri ko`rsa-tishadi. Chunki shu vaqtdan boshlab tabaqa-vakillik institutlari tugaydi va monarx hokimiyati haqiqatdan ham cheklanmaydigan bo`lib qoladi.
Fanda absolut monarxiyaning mohiyati haqida ham tortishuvlar mavjud. Ba`zilar absolutizm boshqa samoderjavie boshqa deb ko`rsatishadi. Samoderjavie deganda monarxning tashqi mustaqilligini, masalan, Oltin O`rdadan uning suverenligini tushunishadi, absolutizm deganda esa monarxning ichki to`la hokimiyatga ega ekanligini ko`rsa-tishadi. Ana shu yerda V.I.Lenin fikrlari to`g`riligini aytib o`tish kerak. U: «absolutizm», samoderjavie, «cheklanmagan monarxiya» iboralari sino-nim so`zlardir», deb ko`rsatgan edi. Rossiyada absolut monarxiyaning tashkil topishining sabablari quyidagilardan iborat edi: birinchidan, deh-qonlarning batamom krepostnoylashtirilishi, ularning hukmron tabaqalarga qarshi bosh ko`tarib chiqishlari, jumladan Stepan Razin boshchiligidagi qo`zg`olon, shaharliklar qo`zg`oloni, shuningdek, Petr I davridagi xalq harakatlari hukmron tabaqalarni cho`chitib qo`ydi va ular bu harakatlarni bostirib tura oladigan kuchli, cheklanmagan podsho hokimiyatiga ehtiyoj sezib qolgan edi; ikkinchidan, Rossiyaga qo`shni davlatlar (Recha Pospolita, Shvetsiya, Turkiya va boshqalar) tomonidan doimiy harbiy tahdidning mavjudligi absolut monarxiyaning tashkil topishini tezlash-tiruvchi omil bo`ldi.
Umuman Rossiyada absolutizmning vujudga kelishi qonuniyati Yevropadagi singari sanoat va savdoning rivojlanishi, burjua munosa-batlarining tug`ilishi, sinfiy ziddiyatlar va sinfiy kurashning o`sishi, doimiy qo`shinning, politsiyaning tashkil etilishi, byurokratik apparatning o`sishi bo`ldi.
Biroq Rossiya absolutizmining o`ziga xos xususiyatlari ham mavjud edi. Bular Rossiyaning iqtisodiy qoloqligidan va unda krepostnoylik munosabatlarining hukmronligidan kelib chiqqan. Bu yerda burjua muno-sabatlari kuchsiz rivojlanishi natijasida dvoryanlar bilan shaharliklar o`rta-sida tengsizlik mavjud edi.
Shaharliklarning burjua sinflariga aylanishiga hali ancha vaqt bor edi. Bu jarayon endigina boshlangandi. Shuningdek, rus samoderjaviesi krepostnoylik samoderjaviyasi bo`ldi. Shuni hisobga olish kerakki, XVII asrdagi samoderjavie hali to`la ma`nodagi samoder-javie emas edi, u hali tabaqa-vakillik monarxiyasi qoldiqlaridan xalos bo`lmagandi. Cherkovning ahamiyati ham yuqori edi. Absolutizmning batamom o`rnatilishi va shakllanishi XVIII asrning I choragi - Petr I davriga to`g`ri keladi.
Ma`lumki, oxirgi Zemstvo Sobori 1653 yilda to`plangan. Bundan keyin podsho faqat ayrim tabaqalarning vakillari bilan yig`ilishlar o`tkazib turgan. Boyarlar dumasi XVII asrning II yarmida ham hali mavjud edi, lekin juda ahamiyatsiz bo`lib qolgan edi va Petr islohotlarining eng boshi-dayoq tugatilgandi. Mahalliy o`zini o`zi boshqarish organlari - guba va zemstvo organlari ham tugatilgan. Cherkovning mavqei tushirilgan. Petr I patriarxlikni tugatdi. XVII asrning oxiridayoq monarx amalda cheklan-magan hokimiyatga ega bo`ldi.
Bu davrda tabaqalar yopiq, berk xarakter kasb eta boshladi. Ayniqsa past tabaqadagilarning yuqori taba-qaga kirishi deyarli mumkin bo`lmay qoldi. Petr I dav-rida tabaqa tuzumida eng yirik islohotlar o`tkazildi. Natijada butun aholi 4 tabaqa: shlyaxta (dvoryanlar), ruhoniylar, mesh-chanlar va dehqonlarga bo`lindi Bular o`lpon to`laydiganlar va o`lpon to`lamaydiganlarga ajratilgan edi.

Download 56.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling