Mavzu: rivojlangan o’rta asrlarda ros kirish mavzuning dolzarbligi


Download 56.67 Kb.
bet9/10
Sana18.06.2023
Hajmi56.67 Kb.
#1580772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
RIVOJLANGAN O’RTA ASRLARDA ROSSIYA

Dehqonlar. Petr I jon solig`i joriy etib, dehqonlarga ham, xoloplarga ham va boshqa turli daydi kishilarga ham bir xildagi soliq yukladi. Boshqa majburiyatlar ham mavjud edi.
XVIII asrda dehqonlar bir necha razryadlarga bo`lingan:
1. Davlat dehqonlari. Bular podshoga tegishli edilar.
2. Saroy dehqonlari. Saroy xo`jaligida ishlaydigan dehqonlar.
3. Iqtisodiy dehqonlar - sobiq cherkov va monastir dehqonlari.
4. Posession dehqonlar - pomeshchiklardan sotib olinib, fabrika va zavodlarga yozilgan dehqonlar.
5. Mayda xizmatchi kishilarning avlodlari. Bular asosan Rossiyaning chekka o`lkalarida yashab, Petr I islohoti natijasida shlyaxta tabaqasiga kirmay qolgan kishilar edi. Ular davlat dehqonlaridan kam farq qilardi.
6. Pomeshchiklarning dehqonlari. XVIII asrda ular butun dehqonlar-ning yarmidan ko`pini tashkil etgan. Bu dehqonlarni pomeshchiklar soti-shi, hadya qilishi, almashtirishi, garovga qo`yishi mumkin edi. Ularning zimmasidagi obrok va barshchinalarning miqdorini pomeshchiklarning o`zlari belgilardilar. Pomeshchiklar bularni sud qilish, jazolash huquqiga ega edilar.
Bu davrda Rossiya boshqarish shakliga ko`-ra, mutlaq monarxiya (samoderjavie) davlati bo`-lib qolgan edi. Bunda oliy hokimiyat butunlay va bo`linmasdan podshoga tegishli bo`lgan. Lekin bu jarayon birdaniga yuz bermadi. XVII asrning II yarmida hali Boyarlar dumasi mavjud bo`lsa ham, lekin ilgarigi ahamiyati-ni yo`qotgan edi. Boshqaruvda ilgarigidek nasliy boyarlar muhim rol o`y-nardi, joylarda dvoryanlarning o`zini o`zi boshqarish organlari saqlanib qolgandi, cherkov davlatga to`liq bo`ysundirilmagan edi. XVIII asrning bi-rinchi yarmida Petr I davrida samoderjaviyening yanada rivojlanishi va mustahkamlanishi, tabaqa-vakillik organlari qoldiqlarining tugatilishi sodir bo`ldi.
XVIII asr samoderjaviyasi Rossiya tarixida «ma`rifatli absolutizm» nomini oldi. Chunki chor hukumati hokimiyatni qo`lda saqlab qolish maq-sadida savdo va manufakturalarning rivojlanishini rag`batlantirdi, cherkov mulklarini davlat mulkiga aylantirdi, dunyoviy bilimlarni, fan va san`at-ning rivojlanishiga homiylik qildi.

Download 56.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling