Mavzu: rivojlangan o’rta asrlarda ros kirish mavzuning dolzarbligi
Download 56.67 Kb.
|
RIVOJLANGAN O’RTA ASRLARDA ROSSIYA
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Butunrossiya dvoryanlariga erkinliklar berish haqida Manifest»
1722 yilgi «Rutbalar jadvali» ham dvoryanlar tabaqasining jipslashi-shiga, shuningdek, dvoryanlar uchun xizmat o`tashning yangi tartibini jo-riy etishga qaratilgan edi. Bunga ko`ra, armiyada, flotda, fuqarolik va sa-roy xizmatidagi barcha mansablar pog`ona yoki darajalarga bo`lindi. «Rut-balar jadvali»ga binoan xizmat o`tashda va mansabga o`tirishda endi nasl-nasabga qarab emas, balki dvoryanlarning shaxsiy qobiliyatlari, bilimi va amaliy malakasiga qaraladigan bo`ldi. Dvoryanlar xizmatni quyi mansab-lardan boshlab, xizmat zinapoyalaridan o`tib, keyin yuqori mansablarga ega bo`lishlari mumkin edi. Faqat maxsus o`quv yurtlarini tugatganlar bundan istisno qilingan.
Fuqarolik xizmatida oliy mansab kansler mansabi edi, quyi daraja-dagi mansab esa kollegiya registratori edi. Harbiy xizmatda oliy mansab - fendrik, keyinroq esa praporshchik bo`lgan. «Rutbalar jadvali» boshqa tabaqalarga ham dvoryanlik darajasiga erishish imkonini berardi: ular fuqarolik xizmatida 8-darajani va harbiy xizmatda 1-ofitser (ober ofitser) unvonini olib, avloddan-avlodga o`tadigan dvoryanin bo`lib qolar hamda bu tabaqaning hamma huquqlaridan foyda-lanar edilar. Yuqoridagi ikkala hujjat dvoryanlarning davlatdagi mavqeini mustahkamladi. Ma`lumki, Petr I davrida barcha dvoryanlar 15 yoshidan boshlab qariguncha yoki sog`ligini yo`qotguncha majburiy tartibda harbiy xizmat o`tashlari lozim edi. Anna Ivanovna harbiy xizmatga kirish yoshini 20 yoshdan qilib o`rnatdi va uni 25 yillik muddat qilib belgiladi. 1762 yilda Petr III «Butunrossiya dvoryanlariga erkinliklar berish haqida Manifest» chiqardi. Bunga ko`ra, dvoryanlar majburiy harbiy xizmatdan ozod qilindilar. Shu bilan birga dvoryanlar davlatga majburiy xizmat qilishdan ham ozod etildilar. Yekaterina II ning 1785 yilgi «Dvoryanlarga in`om yorlig`i» dvo-ryanlarning barcha huquq va imtiyozlarini bitta hujjatda rasmiylashtirdi. Shu vaqtdan boshlab dvoryanlar Rossiyaning imtiyozli tabaqasi bo`lib qol-di. Bu qonunga ko`ra, dvoryanlar davlatga majburiy xizmatlardan, soliq-lardan, turli majburiyatlardan, jumladan, rekrut yig`imidan, tan jazolaridan ozod qilindilar. Dvoryanlik unvoni xotin va bolalarga o`tadigan bo`ldi. Dvoryanlar shaxsiy va mulkiy daxlsizlikdan foydalandilar. In`om yorlig`i-ga asosan dvoryanlar podshoning tasdig`idan o`tgan sudlarning qarorisiz unvonidan, obro`-e`tiboridan, hayotidan va mulkidan mahrum etilishi mumkin emasdi. Bunda faqat sudyalari dvoryanlardan bo`lgan maxsus sudlargina dvoryanlarni sud qilishi mumkin edi. Dvoryanlar fabrika va za-vodlarga egalik qilishlari mumkin bo`ldi, shuningdek, o`zini o`zi boshqa-rish huquqini qo`lga kiritdilar. Uyezd va guberna dvoryanlari mansabdor shaxslarni saylash va o`z tabaqa ishlarini hal etish uchun har uch yilda uyezd va guberna dvoryanlar yig`ilishiga to`planib, o`zlari ichidan bosh-liqlarini saylardilar. Dvoryanlarning o`zini o`zi boshqarish organlari o`zlarining pul jam-g`armalari va mulklariga ega bo`lishlari mumkin edi. Dvoryanlar tabaqa ishlari bo`yicha gubernatorga, Senatga va hatto podshoga murojaat qilishga haqli edi. Download 56.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling