Mavzu: rivojlangan o’rta asrlarda ros kirish mavzuning dolzarbligi


Download 56.67 Kb.
bet3/10
Sana18.06.2023
Hajmi56.67 Kb.
#1580772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
RIVOJLANGAN O’RTA ASRLARDA ROSSIYA

1.2. Rus davlatida siyosiy tarqoqlik
XII asrga kelib joylarda feodallar juda boyib ketdi. Ular o`zlarining drujinachilariga ega bo`lib, ekspluatatsiya qilinuvchilarni bostirib turish uchun yetarlicha kuchga ega bo`ldilar. Buyuk knyaz hokimiyati ularga malol kela boshladi. Markazdan qochish jarayoni kelib chiqdi va XII asrda Qadimgi Rus davlati inqirozga uchrab, bir necha knyazlik va o`lkalarga bo`linib ketdi. Bulardan eng yiriklari: Galich-Volin knyazligi, Vladimir-Suzdal knyazligi va Novgorod hamda Pskov respublikalari edi.
XII asr oxirida Galich va Volin yerlari Volin knyazi Roman Mstislavich (1199-1205 yillar) tomonidan birlashtirilib, yagona Galich-Volin knyazligi tashkil etiladi. Roman «buyuk knyaz» unvonini oldi.
Galich-Volin knyazligida Galich boyarlari muhim rol o`ynardi. Ular yirik votchinalarga va qaram dehqonlarga ega edi. Boyarlar ichida yer uchun, hokimiyat uchun kurash doimo bo`lib turadigan hodisa edi. Feodallarning boshqa guruhini xizmatchi feodallar tashkil etdi. Bular knyazlik mukofotlari evaziga yer olib turardi. Ko`pincha ular yerga xizmat davrida shartli egalik qilardilar. Xizmatchi feodallar knyazga qo`shin berib turishlari lozim edi. Galich knyazlari boyarlarga qarshi kurashda xizmatchi feodallarga tayanardi.
Cherkovning yirik zodagonlari ham hukmron tabaqa edi. Cherkov va monastirlar knyazlarning in`omi va mukofoti hisobiga yerga egalik qilardi. Galich-Volin knyazligida qishloq aholisining asosiy qismini dehqonlar tashkil etgan. Ozod dehqonlar ham, qaram dehqonlar ham smerdlar deb atalardi. Jamoa yerlari asta-sekin shaxsiy tomorqalarga bo`linib ketdi.
Xoloplik saqlanib qoldi, lekin ularning soni kamayib ketdi. Xoloplar-ning ko`pchiligi yerga biriktirib qo`yildi. Shaharlarda eng ko`p aholini hunarmandlar tashkil etdi.
Davlat tuzumining hususiyati shunda ediki, Galich-Volin knyazligi uzoq vaqt udellarga88 bo`linmagan edi. Roman Mstislavichning o`g`li Daniil Romanovich o`lganidan (1264 yilda) keyin u Galich va Volin yer-lariga ajraldi, keyin ular ham udellarga bo`linib ketdi. Bu davrda hoki-miyat amalda yirik boyarlar qo`lida edi. Galich-Volin knyazlari keng iqtisodiy va ijtimoiy asosga ega bo`lmay, ularning hokimiyati mustahkam emas edi. Knyazlik hokimiyati katta o`g`ilga meros bo`lib o`tardi.
Knyaz hokimiyati uncha kuchli emasdi. Galich boyarlari siyosiy ha-yotda muhim rol o`ynardi. Ular hatto knyazlarni saylashi, o`zlariga yoq-magan knyazlarni haydab yuborishlari mumkin edi. Knyazlarning asosiy tayanchi o`rta va mayda feodallar, shaharliklarning yuqori qismi edi.
Galich-Volin knyazlari ma`lum ma`muriy, harbiy, sud va qonun chiqarish vakolatlariga ega edi. Jumladan, ular shaharlar va viloyatlarda mansabdor shaxslarni tayinlar, xizmatlar evaziga yer berar, rasman qurolli kuchlar bosh qo`mondoni hisoblanardi. Lekin har bir boyar o`zining harbiy qo`shiniga ega edi. Galich boyarlari polkining soni knyazlarnikidan ko`p-roq edi. Knyazlar boshqarishga oid yorliqlar chiqarardi. Lekin ularni ko`pincha boyarlar tan olmasdilar.
Boyarlar o`z hokimiyatini Boyarlar Kengashi orqali amalga oshi-rardi. Unga yirik yer egalari, yepiskoplar va oliy mansabdor shaxslar kir-gan. Kengashning tarkibi, huquqi, vakolatlari aniq belgilanmagandi. Kengash boyarlar tashabbusi bilan chaqirilardi. Knyaz uni o`z holicha chaqira olmasdi. Knyaz Kengashning roziligisiz bironta ham qonun chiqara olmasdi. Kengash rasman oliy hokimiyat organi bo`lmasa ham, amalda knyazlikni boshqarib turardi. Unga butun davlat apparati bo`y-sunardi, chunki uning tarkibiga davlatning yirik mansabdor shaxslari kirardi.
Galich-Volin knyazligida ham ba`zan feodallar s`yezdlari chaqirilib turardi, shuningdek, saroy-votchina boshqaruvi vujudga kelgandi Unda saroybon muhim o`rin tutgan. Saroy dasturxonchisi (stolnik) ham bo`lib, knyaz stolini tashkil etgan, ovqatlanish vaqtida unga xizmat qilgan. Matbaachi, qush ovi amiri, otboqar, ovchi va boshqa saroy mansablari ham mavjud edi. Matbaachi devonxona ishlarini yuritib, xazinani saq-lagan.
Galich-Volin knyazligi dastlab mingliklarga va yuzliklarga, keyin-chalik voqevodlik va volostlarga bo`linadi. Ularni voqevoda va volost boshliqlari boshqarardi. Jamoalarda oqsoqollar saylanib, ma`muriy va mayda sud ishlarini yuritardilar.
Shaharlarni knyazlar tomonidan tayinlanadigan posadniklar bosh-qarardi. Ular ma`muriy, harbiy va sud funksiyalarini bajarardi hamda aholidan o`lpon va soliqlar yig`ib turardi.
Huquqi. Galich-Volin knyazligida Rus haqiqati normalari ba`zi o`zgarishlar bilan harakatda edi.
Galich-Volin knyazlari o`zlarining qonunlarini ham chiqarganlar, albatta. Bularning ichida 1134 yilgi knyaz Ivan Rostislavich Berladnikning yorlig`i muhim o`rin tutadi. Unda chet el savdogarlariga qator imtiyozlar berilgan edi. 1287 yilda knyaz Vladimir Vasilkovich tomonidan chiqaril-gan «Rukopisanie» (qo`lyozma)da meros huquqi normalari belgilandi. Unda merosxo`rlar ham dehqonlarni ekspluatatsiya qilishlari mumkinligi ko`rsatilgan, shuningdek, shahar va qishloqlarni boshqarish haqida ma`lu-motlar ham mavjud. 1289 yilda Volin knyazi Mstislav Romanovichning Ustav yorlig`i chiqariladi. Unda feodallarga qaram aholining majbu-riyatlari ko`rsatilgandi.
Mazkur knyazlik Oka va Volganing yuqori oqimi oralig`ida joylashgandi. Knyazlikning eng qadimiy shaharlari Rostov va Suzdal edi.
1097 yilgi feodallar syezdining qarori bilan Kiyev Rusining bo`lini-shi natijasida Suzdal yerlari Vladimir Monomaxga o`tadi. Lekin u bu yer-larni boshqarishni o`z o`g`li Yuriy Dolgorukiyga (1125-1157 yillar) bera-di. Yuriy Dolgorukiy Kiyevdan mustaqil birinchi knyaz edi. U Suzdalda yashab, katta yerlarni egallab oladi, knyazlik markazi qilib Suzdal shahrini tanlaydi. Dolgorukiy ko`p shaharlarga, jumladan 1147 yilda Moskvaga asos soladi. U o`lgandan keyin o`g`li Andrey Bogolyubskiy (1157-1174 yillar) Rostov-Suzdal knyazi bo`lib qoldi.
U poytaxtni Vladimir-Klyazma shahriga ko`chiradi. Shundan so`ng bu davlat Vladimir-Suzdal knyazligi degan nom oladi. Andrey Bogolyubskiy o`z hokimiyatini har tomonlama mustahkamlash choralarini ko`rib, boyarlarni terror qiladi. Natijada boyar-lar fitna uyushtirib uni o`ldiradilar (1174 yil). Shundan keyin ukasi va vo-risi Vsevolod Yurevich Katta Uya (1176-1212 yillar) boyarlarning chiqish-larini shafqatsiz bostirdi, boyarlarning fitnalarida qatnashganlarni ayovsiz jazoladi, Chernigov va Smolensk knyazliklarini o`ziga bo`ysundirdi.
Vladimir-Suzdal knyazligi ijtimoiy tuzumi bo`yicha Kiyev Rusi-dan kam farq qilardi. Hukmron sinflar: katta knyazlik drujinasi, kichik knyazlik drujinasi, «erkin xizmatchilar» (barcha yirik, o`rta, mayda yer egalari), dvoryanlar, ruhoniylar hisoblangan. Jamoachi-dehqonlar smerdlar deb emas, yetimlar (sirota) deb atalgan. Xoloplar ham mavjud edi. Shahar-larda hunarmandchilik va savdo rivojlanadi.
Vladimir-Suzdal knyazligida ham saroy-votchina boshqaruvi tizimi shakllanadi. Uning tepasida saroybon turardi. U buyuk knyazning xo`jalik va boshqarish ishlari bo`yicha birinchi yordamchisi hisoblanardi. Undan keyingi o`rinda harbiy ishlarni yurituvchi voevoda turardi. Bulardan tashqari otboqar, saroy dasturxonchisi va boshqalar mavjud edi. Ularning yordamchilari tiunlar deb atalardi. Mahalliy boshqaruv namestniklar va volost boshqaruvchilari qo`lida edi. Ularni buyuk knyaz tayinlardi.
Huquqi to`g`risida shuni aytish mumkinki, bu yerda ham asosan Rus haqiqati harakatda edi.
Ma`lumki, 1136 yilda Novgorod boyar-lari Kiyev knyazining noibi knyaz Vsevolod Mstislavichni haydab yuboradilar va musta-qillikni qo`lga kiritadilar. Novgorod boyarlar respublikasi - «Janob Buyuk Novgorod» bo`lib qoladi.
Pskov dastlab Novgorod tarkibida edi. XIV asr boshidan u Novgorod posadniklarini qabul qilmay qo`yadi va Pskov vechesi pskovlik boyarlar-dan posadniklar saylaydi. 1323 yilda nemislar Pskovga hujum qiladi. Pskov Novgoroddan yordam so`raydi. Lekin Novgorod yordam bermaydi. Shunga qaramay nemislar pskovliklar tomonidan haydab yuboriladi. Shu vaqtdan boshlab Pskov mustaqil ichki va tashqi siyosat yurita boshlaydi. Novgoroddan boshqa qo`shni davlatlar uning mustaqilligini tan oladi. 1348 yilda shvedlar Novgorodga hujum qiladi. Endi Novgorod Pskovdan yordam so`raydi va evaziga uning mustaqilligini tan olishga va`da beradi. Shvedlar mag`lubiyatga uchratilib, Pskov va Novgorod o`rtasida Bolotovo qishlog`ida bitim tuziladi va Pskov respublikasi mustaqil davlat bo`lib qo-ladi. Keyinchalik, markazlashgan Rus davlatining tashkil topishi jarayoni-da 1510 yilda Pskov siyosiy mustaqillikni yo`qotadi.
Novgorod va Pskovning ijtimoiy tuzumida hukmron tabaqalar «eng yaxshi kishilar» deb atalgan va boyarlar, yirik yer egalari, ruhoniylar va boshqa guruhlarga bo`lingan. Savdogarlar ham muhim o`rin tutardi, qol-gan barcha aholi qora yoki kichik kishilar hisoblanardi. Ular majburiyatlar o`tab soliqlar to`lardilar. Jamoachi-dehqonlar smerdlar deb atalardi. Feo-dallarga tutqunlikka tushib qolgan dehqonlar esa garovga qo`yilganlar si-fatida edilar. Ular yerga egalik qilar, lekin turli majburiyatlar o`tashlari lo-zim edi. Yeridan mahrum bo`lib, xo`jalik yuritishga mablag`i yetmaydigan smerdlarni polovniklar deyilardi. Polovniklar feodallardan qarz olib, ular-ning yerlarida ishlardilar. Ogorodniklar ham bo`lib, ular feodallarning to-morqalarida ishlardilar. Kochetniklar (ko`chmanchilar) baliqchilik bilan shug`ullanardi. Eng huquqsiz omma xoloplar edi. Ular ko`proq uy xo`jali-gida ishlardilar.
Davlat tuzumi bo`yicha Novgorod ham, Pskov ham aristokratik respublika edi. Hokimiyat feodallarning yuqori qismi qo`lida bo`lib, ular respublika institutlaridan ustalik bilan foydalanardilar.
Novgorod va Pskovda rasman oliy hokimiyat organi Veche hisob-lanardi. Unda faqat erkin va mulkdor kishilar qatnashar, boyarlar rahbarlik rolini o`ynardilar. Vecheda barcha mansabdor shaxslar saylangan, urush va tinchlik, elchilar qabul qilish, soliqlar miqdorini belgilash, shahar, cherkov qurilishi, og`irlik, uzunlik o`lchov birliklarini o`rnatish, oliy mansab-dorlarni sud qilish, shuningdek, eng muhim jinoyat ishlarini ko`rish kabi masalalar hal qilingan.
Lekin Novgorodda davlat hokimiyatining oliy organi amalda «Sovet gospod» - «Hukmronlar kengashi» edi. Unga Novgorod arxiyepiskopi, po-sadnik, mingboshi, sobiq posadniklar va mingboshilar va boshqa yirik yer egalari kirgan. Bu organ Vecheda ko`riladigan barcha masalalarni dastlab ko`rib chiqib, Vechega tayyor qarorlarni taqdim etardi. Kengash harbiy ishlarga, moliyaga, tashqi aloqalarga rahbarlik qilar, mansabdor shaxslarni yo`naltirib turar, vechega amaldorlar nomzodlarini taqdim etardi.
Novgorod va Pskovda oliy mansabdor shaxs posadnik edi. U res-publika boshlig`i hisoblanib, noma`lum muddatga saylanardi. Ikkinchi oliy mansabdor shaxs mingboshi edi. U urush vaqtida xalq lashkarlariga qo`modonlik qilgan, tinchlik vaqtida savdo ishlarini yuritgan va savdo ishlari bo`yicha sudni amalga oshirgan, shuningdek, politsiyachilik funk-siyalarini ham bajargan.
Novgorod va Pskovda knyaz oliy mansabdor shaxslardan biri edi. Uning asosiy vazifasi Novgorod va Pskovni tashqi hujumlardan himoya qilish hisoblangan. Knyaz faoliyati ustidan posadnik nazorat qilardi. Knyaz shahar mudofaasini tashkil etish, ba`zi sud funksiyalarini amalga oshirish ishlarini hal qilgan. Knyaz vecheda ishtirok etib, boshqa davlatlar bilan shartnomalarni ishlab chiqishda, elchilar qabul qilishda qatnashardi. Veche knyazni haydab yuborishi mumkin edi.
Novgorod besh qismga, Pskov olti qism (kontsail)ga bo`lingan. Ular-ning har birini vechesi chaqirilib turgan. Kontsa (konchan)lar ko`chalarga bo`linib, ularning oqsoqollari mavjud edi.
Novgorod va Pskovning butun hududi viloyatlarga (oblastlarga) bo`lingan. Ular pyatinalar deyilib, konchanlardan biriga bo`ysungan. Pyatinalar volostlarga, volostlar pogostlarga bo`lingan.

Download 56.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling