Mavzu: rivojlanish falsafasi. (Falsafa metodlari va kategoriyalari). reja


Download 135 Kb.
bet20/25
Sana09.10.2023
Hajmi135 Kb.
#1696109
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
5 mavzu Rivojlanish falsafasi Falsafa metodlari va kategoriyalari

SABAB deb, muayyan shart-sharoitda boshqa bir narsa yoki hodisani yuzaga keltirgan (yoki o‘zgartirgan hodisa yoki narsa) harakati ta’siriga aytamiz. Bu sabab harakati, ta’sirning natijasi, mahsuli oqibatdir. Demak, biror narsa, hodisaning kelib chiqishiga olib kelgan omil, vaziyat, jarayon sababdir. Masalan, elektr toki lampochkaga o‘tsa, u nur beradi, organizmga infeksiya mikrobi kirsa, u kasal bo‘ladi. Olamni ilmiy falsafiy tushunish, ilmiy bilish hodisalarining sababiyatli, qonuniyatli ekanligini tan olishga asoslanadi. Buni tan olmaslik voqelik butunlay boshqacha manzarasini hosil etadiki, unda biron mo‘‘jizaga ishonish hosil bo‘ladi. Amaliy tajriba kuzatishlar, keyinchalik ilmiy tadqiqotlar olamda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning manbaini topish ya’ni boshqa hodisani keltirib chiqaruvchi hodisani aniqlash imkoniyatini beradi. Sabablar istagan oqibatni emas, o‘zgalariga muvofiq keladigan oqibatni tug‘diradi. Masalan, kartoshka ekinida kartoshka mevasi, limon daraxtidan limon mevasi, qora bulutdan yomg‘ir hosil bo‘ladi. Sabab bilan bahonani aralashtirib yubormaslik lozim. Chunki bulardan birinchisi falsafiy kategoriya, ikkinchisi oddiy tushuncha.
Sabab va oqibat orasidagi aloqadorlikni to‘laroq bilib olish uchun zaruriyat va tasodifiyat, imkoniyat va voqelikni dialektikasini bilishimiz darkor.
TASODIFIYAT deb, asosiy, sababi o‘z darajasida bo‘lmagan narsa, hodisa, jarayonlarda yo‘q bo‘lgan, bularning mohiyatida emas, balki boshqa doirada bo‘lgan, ichki bog‘lanish, munosabatlarda emas, balki ikkinchi darajali, tashqi, o‘tkinchi, nozaruriy aloqalardan kelib chiqadigan holatdir. Tasoddif yuz berishi mumkin bo‘lgan yoki mumkin bo‘lmagan, biror tarzda yuz beradigan yoki boshqachasiga sodir bo‘ladigan hodisadir. U muayyan hodisaning mohiyati bilan bog‘lanmagan qo‘shimcha omillar taqozasi tufayli yuz beradi. Tabiat, jamiyat, tafakkurda ba’zan tasoddifiy hodisalar yuz berib turadi. Masalan, urug‘ni qulay joyga eksangiz, zaruran o‘sib chiqadi. Agar nihol ikki uch quloq bo‘lganda do‘l yog‘ib, unga tegib, sindirib yuborsa do‘l urishi shu niholga nisbatan tasodif bo‘ladi. Parashyutchi samalyotdan o‘zini tashlasa, zaruran erga tushadi, biroq uning nuqtasiga tushishi tasodifdir. Ijtimoiy hayotda atoqli shaxsning tarix sahnasiga chiqishi ob’ektiv zaruriyatdir. Biroq, shu shaxsning rolini kim bajarishi shu zaruriyatga nisbatan tasodifiyatdir. Rahbar odam bo‘lishi zaruriyatdir, lekin uning xalq ishonchini oqlash oqlamasligi tasodiflarga ham bog‘liq.

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling