Mavzu: rivojlanish falsafasi. (Falsafa metodlari va kategoriyalari). reja


Download 135 Kb.
bet21/25
Sana09.10.2023
Hajmi135 Kb.
#1696109
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
5 mavzu Rivojlanish falsafasi Falsafa metodlari va kategoriyalari

ZARURIYAT deb, o‘z sababi o‘z doirasida bo‘lgan, narsa, hodisa, jarayonlarning o‘z mohiyatidan, ichki bog‘lanishlaridan, muqarrar qonuniy tarzda kelib chiqadigan holatni aytamiz. Zaruriyat hodisa, narsaning tub xususiyatlaridan kelib chiqadigan ichki, muhit bog‘lanishdir, muayyan sharoit bor bo‘lganda albatta muqarrar, yuz berishi lozim bo‘lgan hodisadir.
Masalan, organizmning yashashi nasl qoldirish uchun zaruriy shart modda almashinuvidir. O‘simlik, hayvonotning yashashi uchun Quyosh energiyasi bo‘lishi zaruriy shartdir. Jamiyatdan misol olsak, respublikamiz ravnaqi uchun albatta u mustaqil bo‘lishi va uni mustahkamlashi zaruriyatdir. Demak, moddiy, ma’naviy hayotda barcha asosiy qoidalar zaruriyat tufayli kelib chiqadi. U goho juda ko‘p zaruriyatlar orqali o‘ziga yo‘l ochadi. Masalan, fransuz fizigi Bekkerelning radioaktivlikni ochishi tasodifiy bo‘lgan. U uranning xususiyatini o‘rganib yurib kunlardan birida uni fotoplastinka solingan qutticha ustiga qo‘yib, yozuv stoli yaqiniga solib ketgan. Plastinkaga rasm tushirayotganda uning uran turgan joyi qorayib qolganini payqagan. Ma’lum bo‘lganki, undan chiqqan qandaydir nurlar quttichadan, qora qog‘ozga o‘tib emulsiyadagi xlorlik kumushni buzgan. O‘z-o‘zidan bunday nur sochishni radioaktivlik deb ataganlar. Demak, kashfiyot tasodifiy bo‘lgan. Biroq, unga zaruriyat o‘sha paytda tug‘ilgan edi.
IMKONIYAT deb, hozirgi paytda hali mavjud bo‘lmasada, biroq ayni narsaning taraqqiyot qonunlari ta’siri taqozasi bilan yuzaga keladigan, rivojlanadigan, voqelikka aylanadigan holatga, mumkinlikka aytamiz.
VOQELIK deb, yaqin orada yoki ancha oldin paydo bo‘lib, yashayotgan, mavjud bo‘lgan narsa, hodisa, jarayonga aytamiz.
Dialektika imkoniyat bilan voqelik o‘rtasida qonuniy, barqaror, doimiy bog‘lanish bor deb o‘rgatadi. Har qanday hodisaning taraqqiyoti jarayonida faqat unda imkoniyat sifatida bor bo‘lgan narsagina voqelikka aylanishi mumkin. Taraqqiyot imkoniyatlarining tug‘ilishi va ularning voqelikka aylanishining cheksiz jarayonidan iborat. Voqelikning o‘zi esa o‘zgarib, rivojlanib turadigan jarayondir. Har bir narsa, hodisa, jarayonda ko‘pdan-ko‘p imkoniyatlar bo‘ladi-yu, biroq narsa, hodisa, jarayonda ulardan faqat ba’zilari ro‘yobga chiqadi. Imkoniyatlarning yuzaga kelishi va voqelikning aylanishi qandaydir, g‘ayri-tabiiy kuchlarning ta’siri emas, ular narsa, jarayonga ichdan xos bo‘lgan rivojlanishga qodirlik, moyillik, intilish taqozasi bilan sodir bo‘ladi. Imkoniyat asosan, ikki xil: mavhum va real bo‘ladi.

Download 135 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling