Mavzu: rivojlanish falsafasi. (Falsafa metodlari va kategoriyalari). reja


Download 146.5 Kb.
bet15/25
Sana16.03.2023
Hajmi146.5 Kb.
#1273299
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25
Bog'liq
7 mavzu. Rivojlanish falsafasi. (Falsafa metodlari va kategoriyalari)

ABDUKSIYA fikr yuritish orqali empirik faktlardan ularni tushuntiruvchi gipotezaga yuksalishni nazarda tutadi. Bunday fikr yuritish turmushda va amaliyotda ko‘p uchraydi. Har bir inson tushuntirish yo‘llarini izlashda beixtiyor abduksiyaga murojaat etadi. Masalan, vrach kasallik alomatlariga qarab, uning sababini, detektiv esa jinoyat izlariga qarab jinoyatchini qidiradi. Xuddi shuningdek, olim ham sodir bo‘layotgan hodisani tushuntirishda abduksiya metodidan foydalanadi. Mazkur atama induksiya va deduksiya singari mashhur, keng e’tirof etilgan bo‘lmasa ham, u yangi hamda samarali metodologik strategiyani ishlab chiqishda muhim rol o‘ynaydi.
Axborot sivilizatsiyasi davriga qadam qo‘yayotgan hozirgi zamon kishisi uchun jadal sur’atlarda o‘zgarayotgan dunyo haqidagi tasavvur uning dunyoqarashining ajralmas tarkibiy qismidir. Ammo rivojlanayotgan dunyoning yaxlit nazariy obrazini yaratish – og‘ir va mashaqqatli vazifa. Uni echishning falsafiy yo‘li ikki yarim ming yil muqaddam boshlangan bo‘lib, shundan beri o‘tgan davr mobaynida rivojlanish falsafasi shakllangan va bosqichma-bosqich atroflicha ishlab chiqilgan. Falsafaning mazkur bo‘limi rivojlanish muammosini turli nuqtai nazarlardan o‘rganuvchi konsepsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ularning orasida dialektika alohida o‘rin egallaydi. Dialektikani bilish, uning tamoyillari, qonunlari va kategoriyalaridan ijodiy foydalanish har qanday soha mutaxassisi aniq dunyoqarashi va metodologik intizomining muhim sharti hisoblanadi.
KATEGORIYA O‘ZI NIMA? Bu so‘z qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish», “guvoh”, “ta’rif”, “ifodalovchi” degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo‘nalishiga aylangan.
Falsafa tarixida ularni birinchi bo‘lib, Arastu ta’riflab bergan. U o‘zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni ob’ektiv voqelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.
Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o‘rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, ungacha Yunonistonda ko‘proq politika va ritorika (notiqlik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki o‘sha davrda qo‘shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Ammo o‘sha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, hali go‘yoki shakllanmagan fan bilan shug‘ullangani va yoshlarni bu ilm yo‘liga boshlab, ularning noto‘g‘ri tarbiyasiga sabab bo‘lganlikda ayblagan ham edilar. Bu hol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun turtki bo‘lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga ko‘targan. O‘sha davrdan boshlab falsafa o‘z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo‘lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar.
XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. Xususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, ko‘plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va harakat, o‘zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqelik va novoqelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Kantdan farqli o‘laroq, Hegel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me’yor), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (ob’ektiv, sub’ektiv, absolyut g‘oya) tarzida izohlagan.
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) ob’ektiv voqelikning in’ikosi; 2) narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o‘zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri.
Ko‘pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo‘shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir.
Har bir fan o‘zining kategoriya, ya’ni tushunchalar tizimiga ega bo‘lib, u orqali olamdagi narsa va hodisalar taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganadi. Falsafiy kategoriyalar - ob’ektiv mavjudlikdagi narsa hodisalarning umumiy, muhim tomonlarini, xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiruvchi tushunchalardir.
Falsafiy kategoriyalar, boshqa fanlar tushunchalaridan bir qator muhim xususiyatlari bilan farq qiladi. Ular quyidagilardan iborat:

Download 146.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling