Mavzu: rivojlanish falsafasi. (Falsafa metodlari va kategoriyalari). reja


Download 146.5 Kb.
bet23/25
Sana16.03.2023
Hajmi146.5 Kb.
#1273299
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
7 mavzu. Rivojlanish falsafasi. (Falsafa metodlari va kategoriyalari)

«MOHIYAT VA HODISA» kategoriyasini olib ko‘raylik. Mohiyat-o‘zida alohidalik, maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. Hodisa esa, ularning bog‘lanishi, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon bo‘lishidir. Mohiyatni alohidalik, maxsuslik, umumiylik, butun, qismga mos kelishiga qarab, turkumlashtirib o‘rganish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, sub’ekt nazarida ahamiyatiga va funksiyasiga ko‘ra, asosiy va asosiy bo‘lmagan, nisbatan barqaror yoki o‘zgaruvchan mohiyatlarga ajratib, ularning rivojlanishi jarayonida o‘rnini almashtirib turishlarini e’tiborga olish zarur.
MAZMUN VA SHAKL. Falsafada mazmun va shakl kategoriyasi narsa, hodisalarning mavjudligi va rivojlanish jarayonini bilish usuli sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazmun - narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog‘lanishi bo‘lib, uni boshqa sistemalardan farqini belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini ifodalaydi.
Shakl esa – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy bog‘lanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir. Hozirgacha falsafiy adabiyotlarda mazmun va shakl o‘rtasidagi bog‘lanishlarni bir-biridan ajratib tahlil qilish an’anaviy xarakterga ega. Ya’ni, mazmunning o‘zgarishi shaklning o‘zgarishiga olib keladi, degan xulosa ustuvor bo‘lgan. Vaholanki, sistemaning elementlari strukturaviy bog‘lanishlarsiz, aloqadorliklarsiz mavjud bo‘lish mumkin bo‘lmaganligidek mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud bo‘la olmaydi. Biz faqat nisbatan mustaqil bo‘lgan mazmun va shaklni bilish xususiyatiga qarab, shunday mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin.
SABAB VA OQIBAT. Narsa va hodisalarning ichki birligi, yaxlitligi va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga ko‘ra, ularning mazmuni va shakli o‘zgarib turadi. O‘z navbatida, har qanday sistemaning elementlari o‘rtasidagi strukturaviy bog‘lanish konkret mazmunga ega bo‘lib, unga mos mazmunlarda o‘z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakl o‘rtasidagi aloqadorlik, bog‘lanish, munosabatning xarakteri muayyan sababga asoslanadi. Ya’ni, narsa va hodisalarning sistema shaklida namoyon bo‘lishi, muayyan sabab oqibatidir. Demak, narsa va hodisalarning tadrijiy rivojlanishi sabab-oqibat munosabatlari tarzida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra, sabab – biror narsa va hodisa rivojlanish jarayonining oqibatidir.

Download 146.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling