Mavzu: rivojlanish falsafasi. (Falsafa metodlari va kategoriyalari). reja


Download 146.5 Kb.
bet9/25
Sana16.03.2023
Hajmi146.5 Kb.
#1273299
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
Bog'liq
7 mavzu. Rivojlanish falsafasi. (Falsafa metodlari va kategoriyalari)

Rezonans (sub’ektiv) dialektika — sub’ekt tafakkuri bo‘lib, u predmetdagi ziddiyatlarni ifodalaydi, biroq mavjud ziddiyatlardan ilgarilab ketadi. Sub’ekt faqat buni izohlash bilan kifoyalanadi, xolos.
Salbiy (ob’ektiv) dialektika rezonans dialektikadan ba’zi ustuvorlikka ega, chunki u boshlanishidan ancha ilgariroq harakat qiladi. “U tomon”, “Bu tomon” kabi izohlashlar mutlaq butunlikni inkor qiladi. Salbiy dialektika mustahkam narsalarni sindirishga intiladi. Uning kuchi aynan shundadir. Ojizligi esa, ularning o‘zidagi cheklanganlikni izohlar ekan, judayam kam maqsadga erishiladi. Uning natijasi nol, salbiy, tasdiqlash unda hali namoyon bo‘lgan emas.
Dialektikaning rezonans va salbiy shaklidan farq qiluvchi yuqoriroq shakli ichki (immanent) dialektikadir. Bu nafaqat rezonans va inkor qiluvchi, balki yaratuvchi dialektikadir. Chunki immanent dialektika predmetning immanent harakat birligidagi taraqqiyot mantig‘i sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga binoan, fan predmetni immanent o‘rganadi. Predmetni immanent o‘rganmoq nima? Bu mazmunni sof tushunchada isbotlamoq, ya’ni predmetning mohiyatini isbotlamoqdir. Gegel fikricha, dialektik ziddiyatlar — ruhning ziddiyati. Pirovard natijada mazkur ziddiyatlar real borlikdagi ziddiyatlarni aks ettiruvchi sub’ekt tafakkuridagi ziddiyatlar bo‘lib, Gegel uni g‘oyaning o‘z-o‘zini namoyon qilishidagi ziddiyatlar sifatida aks ettiradi. Gegel fikricha, dialektika mutlaqlikdan boshlanadi va u bilan tugaydi. Dialektik nuqtai-nazardan faqat mutlaqlik real bo‘lishi mumkin. Shuning uchun, Gegel dialektikasi mutlaq aql faoliyatining nazariyasi, mantig‘i va metodi sifatida namoyon bo‘ladi. Ta’kidlash joizki, idealistik dialektika bo‘lgani singari materialistik dialektika ham bor. U moddiylikning yashash tamoyillari, kategoriyalar va qonunlarining yagona, bir butun tizimini ifodalaydi.
Umuman olganda, dialektik metodga ko‘ra, agar ob’ektiv olamda doimiy rivojlanish, paydo bo‘lish va yo‘qolish, hodisalarning o‘zaro bir-biriga o‘tishi bo‘lar ekan, unda tushuncha, kategoriya va tafakkurning mavjud shakllari, harakatchan, o‘zaro bog‘liqlikda, ziddiyatlar birligida bo‘lib, rivojlanuvchi real haqiqatni to‘g‘ri aks ettirishi kerak. Shuning uchun dialektikaning asosiy tamoyili tarixiylik bo‘lib, u predmetning doimiy rivojlanishda, o‘zgarishda va harakatdaligini ifodalaydi.
Bizni o‘rab turgan olam yagona bir butunlik, aniq tizim bo‘lib, bir-biri bilan uzviy bog‘liq predmetlar xilma-xilligi yagonalikda, bir-biri bilan o‘zaro ta’sir va o‘zaro uzviy bog‘liqliqda namoyon bo‘ladi. Shunga mos ravishda dialektikaning yana bir tamoyiliga ko‘ra, har qanday narsani faqat undagi ichki va tashqi tomonlar mujassamligini tadqiq qilgandagina, to‘g‘ri tushunish mumkin. Dialektikaning ob’ektivlik, konkretlik, determinizm va boshqa tamoyillari ham mavjud.
METAFIZIKA” (yunon.— fizikadan keyin) - dialektika kabi universal metoddir. Bu so‘z ilmiy muomalaga er. av. I asrda Aristotelning shogirdi, uning she’rlari sharhovchisi Rodosskiy tomonidan kiritildi. Mutafakkir asarlarini bir tizimga solar ekan, u borliq va bilish haqidagi umumiy masalalarni fizikadan so‘ng “birinchi falsafa”ning (mohiyat, sabab va boshqa) ikkinchi falsafadan farqli xususiy-ilmiy bilimlarni o‘rganadigan qismi sifatida talqin qilgan.
Ko‘p hollarda, dialektikaga qarama-qarshi deb talqin etiladigan metafizika olamdagi narsa va hodisalarni o‘rganishda ularning muayyan vaqt davomida nisbatan o‘zgarmasdan, alohida turgan holatiga diqqatni ko‘proq qaratadigan usuldir. Bu usul qo‘llanganida olamning namoyon bo‘lish shakllari hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarning alohida qismi yoki holatiga asosiy e’tibor beriladi. Voqea, hodisa va jarayonlarni doimiy o‘zgarish holatida o‘rganish nihoyatda qiyin bo‘lganligidan, nafaqat faylasuflar, balki barcha fan mutaxassislari uning nisbatan tinch va o‘zgarmay turgan holatini o‘rganadilar, tadqiq etadilar.
Aslini olganda, olam garchand dialektik o‘zgarish va harakatda bo‘lsada, bu jarayon doim ham nihoyatda tez sodir bo‘lavermaydi. Biz esa dunyodagi narsa, hodisa va odamlarga shunchalik metafizik tarzda o‘rganib qolganmizki, go‘yo kechadan bugunning farqi yo‘qdek, kecha ko‘rgan kishiga bugun duch kelganimizda unda hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaganday tuyuladi. Shu ma’noda, hayotda ko‘p hollarda metafizik usulda fikr yuritamiz, nimalargadir ana shunday munosabatda bo‘lamiz. Aclida esa, ular ham azaliy o‘zgarishlar jarayoniga tushgan narsa va kishilar ekanligini juda kamdan-kam hollarda o‘ylab ko‘ramiz. Xuddi shunday, bizning umrimiz ham kechadan ertaga qarab oqib turadigan dialektik jarayondir. Biz ham ana shunday o‘zgarib boramiz, ammo ko‘p hollarda bunga unchalik ko‘p e’tibor berilavermaydi. Shu tariqa maktabni tugatib qo‘yganimizni, ulg‘ayganimizni, bolalikning ortda qolganini go‘yoki bilmay qolamiz...
Alohida ta’kidlash lozimki, metafizik usulning hayotda, ilmiy izlanishlar va falsafiy tadqiqotlarda ham o‘z o‘rni bor. Bizda haligacha metafizikaning tushunchalari, kategoriyalari, tamoyillari va ilmiy mohiyati izohlangan yoxud tadqiq etilgan asarlar, tadqiqotlar yo‘k,. Qolaversa, uni dialektika bilan butunlay qarshi qilib qo‘yish va bu farqni mutlaq ziddiyat darajasiga ko‘tarish ham maqsadga muvofiq emas. Aynan ana shunday yondashuv sobiq ittifoqda dialektikani mutlaqlashtirishga, metafizikani esa quruqva o‘lik ta’limot sifatida qarashga, uning imkoniyatlaridan foydalanilmasligiga sabab bo‘ldi.
Falsafa tarixida metafizika (dialektika kabi) hech qachon o‘zgarmasdan qolmagan. U turli tarixiy shakllarda namoyon bo‘lgan. Eski metafizika XVII—XIX acp falsafasi va fanida ayniqsa kamol topdi (metafizik materializm, naturfalsafa, falsafa tarixi va h.k.) Metafizikaning bu shakliga xoc xususiyat umumiy o‘zaro aloqadorlik va taraqqiyotni inkor qilish, olamga bir butun tizimli yondashuvning yo‘qligi, tafakkurning ikkilanuvchanligi, umumiy dunyoviy aloqadorlikning tugaganligiga ishonishdir.
Eski metafizik tafakkur uslubi shakllanishining ob’ektiv asoslari butunning alohida elementlari xususiylikni, alohida tomonlar (fikran) nima uchun bir butunlikdan ayri holda bo‘lishi va bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan holda rivojlanishini tushuntirish zaruriyatidir. Bu usul kundalik turmushda, aql darajasida, predmet taraqqiyotidagi munosabatlarda zarur va to‘g‘ridir. Shuning uchun metafizikaning bu shakli predmetlardagi barqarorlikni, ulardagi o‘zgarishlarni tizimli o‘rganish, taraqqiyotning manbalari va mexanizmlarini aniqlash bilan bog‘liq.
XIX—XX acplarda eski metafizikadagi keskin kurashda taraqqiyot g‘oyasining yangi dalillar bilan mustahkamlanishi ikki muhim natijaga olib keldi: dialektik tafakkurning yangi uslublari paydo bo‘ldi; XX asrda eski metafizikaning ilmiy dalillarini inkor qiluvchi yangi metafizika shakllandi.

Download 146.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling