Mavzu: rivojlanish falsafasi. (Falsafa metodlari va kategoriyalari). reja
Download 146.5 Kb.
|
7 mavzu. Rivojlanish falsafasi. (Falsafa metodlari va kategoriyalari)
- Bu sahifa navigatsiya:
- EKLEKTIKA”. Eklektika
Sofistika — qarama-qarshi fikrlar asosida ixtiyoriy tanlangan foydali mulohaza bo‘lib, uning yordamida har qanday narsa yoki fikrni isbotlay olish mumkin. Masalan, Aristotelning yozishicha, bir afinalik ayol o‘g‘liga, jamoa ishlariga aralashma, chunki agar to‘g‘ri gapirsang, seni odamlar; yolg‘on so‘zlasang — Xudolar yomon ko‘radi, degan ekan. Sofizmga ko‘ra afinalik ayolga shunday rad javobi berish mumkin: sen jamoa ishlarida ishtirok qilishing kerak, chunki to‘g‘ri so‘zli bo‘lasan va buning uchun seni Xudolar ham, odamlar ham yaxshi ko‘radi.
Sofistika mavjud bilimlar tizimidan ziddiyatlarni siqib chiqaradi, bu bilan eski va yangi bilimlarni murosaga keltiradi. Sofistika inson bilimi doirasida cheksiz relyativizmni ulug‘laydi. Predmet haqida har narsa deyish mumkin. Qanday maqsad ko‘zlanmasin, so‘zlar ifodasida hech qanday chegara yo‘q (masalan, asal — shirin; asal — achchiq; qo‘rg‘on — aylanasimon, qo‘rg‘on — to‘rtburchak va h.k.) Shunga ko‘ra sofist — mohir usta, so‘zamol donishmand ma’nolarini anglatadi. Sofistikaga faqat salbiy munosabatda bo‘lish noo‘rindir. U odatda yangi g‘oya, nazariya va turmush sharoitining paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Sofistika bilish tizimidagi mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash, eski bilim tizimini qayta qurishda zaruriy element sifatida namoyon bo‘ladi. Sofizm muayyan, yaxlit xususiyatga ega, chunki hodisaga ta’sirchan bo‘lib, eski narsa xavf ostiga olinadi. Shuning uchun har qanday sofizm o‘ziga xosdir. Sofistika qadimgi Evropa tafakkur uslubining asosi bo‘lib xizmat qildi. Ammo sofistikani tanqid qilish orqali antik davr falsafasi dunyoning yangicha konsepsiyasiga erishdi. Bu konsepsiya fikr va borliq ayniyligiga asoslanadi. U Aristotel falsafasida o‘zining nihoyasiga etdi va nasroniylikda mustahkamlandi. Shu ma’noda, sofistika insoniyat tafakkurining umumiy taraqqiyotida o‘z o‘rni va ahamiyatiga ega. “EKLEKTIKA”. Eklektika hech qanday bilim faoliyati bilan bog‘lanmagan, bir-biriga zid dalillarga asoslanadi va olamni buzib yolg‘on aks ettiradi. U bilim tizimi rivojidagi yo‘nalish, u hech qanday yagona nazariy asosga ega emas va ba’zida ob’ektni o‘rganishning ziddiyatli jihatlarini xarakterlovchi bilim elementlaridir. Metodologik usul sifatida eklektika birinchi marta qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘ldi va iqtiboslarga asoslangan o‘rta acp sxolastik bahslarida, yangi davr XV-VIII asrlar falsafiy bahslarida keng foydalanildi. U hozirgi davrda ham reklama va tashviqotda, ommaviy kommunikatsiya tizimida qo‘llanilib, inson psixikasidagi an’analar, ko‘nikmalar, intilishlarni bo‘rttiradi. Bunday usulning bema’niligini Suqrot va Aristoteldan boshlab, hozirgi davr mutafakkirlarigacha tanqid qiladilar. Ammo bu undan foydalanilmaslikni anglatmaydi. Eklektika olam, narsa va hodisalarning bir butunligini, umumiy asoslarini parchalab tashlash uslubiga tayanadi. Download 146.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling