Mavzu: rivojlanish falsafasi. (Falsafa metodlari va kategoriyalari). reja


Falsafa tarixida dialektika to‘g‘risida xilma-xil qarashlar bo‘lgan


Download 146.5 Kb.
bet8/25
Sana16.03.2023
Hajmi146.5 Kb.
#1273299
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
7 mavzu. Rivojlanish falsafasi. (Falsafa metodlari va kategoriyalari)

Falsafa tarixida dialektika to‘g‘risida xilma-xil qarashlar bo‘lgan.
Antik davr dialektikasi sodda va stixiyali bo‘lib, asosan, hayotiy tajribaga asoslangan. O‘sha davrda “Dialektika” so‘zini birinchi bo‘lib, Suqrot (er.av. 469—399 y.) o‘z falsafiy faoliyatida qo‘llagan. Suqrot dialektikani mayevtika (harflarni yaratish san’ati) bilan taqqoslagan. Zotan, mulohaza qilish shunday dialektik usuldirki, uning natijasida raqib nutqidagi ichki ziddiyatlar ochiladi yoki fikrlash jarayonida yangi ixtilofli fikr-mulohazalar paydo bo‘ladi. Suqrot boshqalarni haqiqatni izlashga da’vat etar ekan, o‘z onasi doya Fenareti ishini davom ettirayapman, deb izohlaydi.
Dialektika” so‘zi paydo bo‘lishiga qadar antik falsafada mazmuniga ko‘ra dialektik bo‘lgan nazariyalar shakllana boshlagan. O‘tmish mutafakkirlar o‘z vaqtida dunyoning yagona birligi sokinlik, bu bir butunlik ichida doimiy uzluksiz o‘zgarishlar, yaratish jarayoni sodir bo‘luvchi koinot haqidagi fikrlarni ilgari surganlar. Ular koinotni o‘zgaruvchanlik va barqarorlikning ziddiyati sifatida tasavvur qilganlar. Borliqning umumiy o‘zgaruvchanligi bir narsaning ikkinchi narsaga — erning suvga, suvning havoga, havoning olovga, olovning efirga aylanishi va qayta takrorlanishi bilan xarakterlanadi, deb hisoblaganlar.
Masalan, Geraklit (er.av 540—483y.) umumiy o‘zgaruvchanlikning universalligini shunday izohlaydi: “Ariqda oqayotgan muayyan suvga ikki marta tushib bo‘lmaydi, chunki yangi va yangi suvlar oqib kelaveradi. O‘zgaruvchanlikning manbai kurashdir”1. O‘zgaruvchanlik antik dialektik nazariyada yangini yaratmasdan bir-birini takrorlovchi jarayon sifatida mavhum tushunilgan. Aynan shundan biri ikkinchisini taqozo qiluvchi dunyoning yagona birligi sifatida cheksiz koinot obrazi yaratilgan. Shunga ko‘ra, Geraklit ziddiyatlarning ayniyligini yaxshilik va yomonlikning bir xil ekanligini ta’kidlaydi, Bu mutafakkir ijodining qonuniy natijasi bo‘lib, u reallikning nazariy modelini yaratadi.
Dialektik metod yangi davrda, xususan, nemis falsafasida, ayniqsa, Gegel tomonidan yanada chuqurroq tahlil qilingan. Yangi davrning o‘ziga xoc xususiyati shundaki, bu davrga kelib taraqqiyotga yangicha munosabat shakllandi. Dialektik metod predmetlarda emas, balki munosabatlarda o‘z aksini topa boshladi. Gegel dialektikani falsafa taraqqiyotining umumiy nazariyasi sifatida asoslab bergan. Ma’lumki, o‘rta acp ratsionalizmi tajribaning ahamiyatini va nazariyaning empirik paydo bo‘lishini tan olishi bilan xarakterlangan. Gegel fikrlari boshqacha xarakterga ega. U falsafa o‘z xususiyatlarini asoslovchi metodga ega bo‘lmas ekan, fan bo‘la olmaydi, deb hisoblaydi.
Gegel dialektik metodni mukammallashtirish mumkinligini va u yagona haqiqiy metodligini ta’kidlaydi. Falsafa metodi tabiat va ruh taraqqiyotini ifodalovchi fikr harakatiga adekvat bo‘lishi lozim. Gegel o‘z metodida shunday adekvatlikka erishilganligiga ishonadi. Gegel dialektikasini tushunish uchun dastavval, gegelcha dialektikaning rezonans, salbiy kabi shakllarini tahlil qilish lozim.

Download 146.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling